O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

Ichki tartib

Aprel 10, 2014

 

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xodimlari uchun ichki tartib


O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xodimlari uchun xaftasiga besh kunlik ish kuni ikki kunlik dam olish kuni bilan belgilangan bo’lib, har kunlik ish vaqti – 8 soat davom etadi (haftasiga 40 ish soati);

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining xavfsizlikni ta’minlash va aloqa bo’limi, shuningdek energetik va mexaniklar bo’limi umumlashtirilgan ish vaqti hisobida (bir yillik hisob bo’yicha). Ish va dam olish kunlarini ketma-ketligi navbatchilik jadvali bo’yicha aniqlanadi.

Quyidagi toifadagi xizmatchilarga haftasiga 36 soatdan ko’p bo’lmagan va ish xaqi kamaytirilmagan holda ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi o’rnatiladi (O’zR MK 116-modda):

-          18 yoshga etmagan xizmatchilarga (O’zR MK 242-modda);

-          I va II guruh nogironlari hisoblanadigan xizmatchilar (O’zR MK 220-modda);

Quyidagi toifadagi xizmatchilarga haftasiga 35 soatdan ko’p bo’lmagan va ish xaqi kamaytirilmagan holda, ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi o’rnatiladi :

-          3 yoshgacha bolasi bor ayollarga.

Yillik asosiy ta’til davomiyligi asosiy va qo’shimcha ta’tillar yig’indisi bilan belgilanadi.

Yillik asosiy ta’til davomiyligi quyidagicha belgilanadi:

15 ish kuni (qonunchilik bilan asosiy uzaytirilgan ta’tillar o’rnatilgan shaxslar bundan mustasno, O’zR MK 135 moddasi )

30 kalendar kuni:

-          18 yoshga to’lmagan shaxslarga;

-          Ishlayotgan I va II guruh nogironlariga.

O'qildi: 1771 marta
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :