O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

Qonun loyihalarida ishtiroki

Aprel 10, 2014

 

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining O’zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtiroki

 

Banklar Assotsiatsiyasi faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklariga, ular faoliyatida vujudga keladigan muammolarni hal qilishda va ularning da’vo arizalarini Fuqarolik va xo’jalik sudlarida ko’rib chiqishda ko’maklashish, banklarga o’z xuquq va manfaatlarini himoya qilishda yuridik ko’mak berish hisoblanadi.

Bu borada Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan:

- “Garov reestri to’g’risida”gi;

- “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi;

- “Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida”gi;

- “Davlat mulkini boshqarish to’g’risida”gi;

- “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari ishlab chiqilishi va qabul qilinishida faol ishtirok etdi.

Hozirgi kunda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan “Bankrotlik to’g’risida”gi, “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonunlarining yangi tahririni, shuningdek “Ipoteka qimmatli qog’ozlari to’g’risida”gi, “Sek’yuritizatsiya to’g’risida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatimizda ishbilamonlik muxitini takomillashtirish «Doing Business» halqaro reytingining «Kreditlash» indikatorini yaxshilash maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar ishlab chiqildi.


O'qildi: 2032 marta
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :