O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida nizom

Iyun 05, 2017

 

I. Umumiy qoidalar

 1. O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida (keyingi o’rinlarda Assotsiatsiya deb юritiladi) jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida nizom (keyingi o’rinlarda Nizom deb юritiladi) «Jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (keyingi o’rinlarda Qonun deb ataladi) va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi Namunaviy nizom» (keyingi o’rinlarda Namunaviy nizom deb юritiladi) asosida ishlab chiqilgan.

2. Nizom Assotsiatsiyada jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o’rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.

3. Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va юridik shaxslari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar Assotsiatsiyaga murojaat qilish huquqiga ega.

4. Ushbu Nizomning amal qilishi:

ko’rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo’jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

Assotsiatsiyaning idoraviy yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

5. Murojaatlar og’zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.

Assotsiatsiyaning «ishonch telefoni»ga kelib tushgan murojaatlar og’zaki murojaat sifatida, rasmiy veb-sayti orqali yoki rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida hamda O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.

6. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo’lishi mumkin.

Jismoniy va юridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo’lib murojaat etishlari mumkin.

7. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

8. Mazkur Nizomda keltirilmagan holatlar Qonun va Namunaviy nizom asosida tartibga solinadi.

II. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi

9. Assotsiatsiyada murojaatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va ko’rib chiqish uchun юborish, shuningdek, uning ko’rib chiqilishini nazorat qilish Assotsiatsiyaning murojaatlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimi (keyingi o’rinlarda murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

10. Elektron murojaatlar tushgan kunida qog’ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo’lgandan keyin tushgan taqdirda esa navbatdagi ish kunida qog’ozga bosib chiqarilishi kerak.

11. Yozma va elektron (qog’ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar ro’yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, xamda muvofiq shakl bo’yicha nazorat kartochkasini to’ldirish yo’li bilan murojaatlar bilan ishlovchi mas’ul xodim tomonidan ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga olish jurnali xamda nazorat kartochkasi elektron xolatda yoki qo’l yozma xolatida olib borilishi mumkin.

Murojaatlarni ro’yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, юridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, nazoratga olingan to’g’risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan Assotsiatsiya xodimi, ijro etish muddati to’g’risidagi belgi ko’rsatiladi.

Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.

12. Murojaat pochta orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.

Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlangan, shuningdek, murojaatda ko’rsatilgan ilovalarning yo’qligi aniqlanganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natiladi.

Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning jo’natilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.

13. Og’zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va юridik shaxslarning vakillari murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin og’zaki murojaat sifatida ro’yxatga olinadi.

14. Ro’yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay Assotsiatsiya bosh direktoriga kiritiladi, u mas’ul ijrochini belgilagan holda murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha rezolюtsiyani (topshiriqnomani) qo’yadi.

15. Rezolюtsiya (topshiriqnoma) qo’yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim murojaatni tegishli mas’ul xodimlarga etkazadi.

16. Qo’yilgan masalalarni hal etish Assotsiatsiyaning vakolati doirasiga kirmaydigan kelib tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay Assotsiatsiya bosh direktori tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga юboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga юborish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.

17. Agar murojaatda bir nechta tarkibiy bo’linmaga tegishli masalalar mavjud bo’lsa, ularning barchasi murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo’lib ko’rsatilgan tarkibiy bo’linma boshqa tarkibiy bo’linmalar bilan birgalikda murojaat ko’rib chiqilishini ta’minlaydi.

18. Murojaatni to’liq, xolis va o’z vaqtida ko’rib chiqish uchun qo’shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat юzaga kelgan taqdirda belgilangan tartibda boshqa davlat va xo’jalik юrituvchi tashkilotlardan qo’shimcha axborotni so’rab olishi mumkin.

19. Agar murojaatda joyning o’zida o’rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan bo’lsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda murojaatni joyning o’zida ko’rib chiqishni ta’minlashi mumkin. Murojaatni joyning o’zida ko’rib chiqish Assotsiatsiya bosh direktorining topshirig’i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

20. Zarur hollarda murojaatlarni ko’rib chiqish uchun Assotsiatsiya  tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

21. Murojaatlarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha Assotsiatsiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.

Murojaatni qoniqtirmasdan qoldirish to’g’risidagi qarorni Assotsiatsiya bosh direktori qabul qiladi.

Murojaatga javob xatida murojaatda ko’rsatilgan har bir masala bo’yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) bo’lishi kerak.

22. Murojaatga javob xati Assotsiatsiya bosh direktori tomonidan imzolanadi.

Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.

23. Oraliq javoblar berilgan va to’liq ko’rib chiqilmagan murojaatlar ijrodan yoki nazoratdan olinmaydi.

24. Agar murojaatni ko’rib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda ko’rib chiqiladi hamda natijasi bo’yicha yagona javob beriladi.

Agar murojaatning dublikati murojaat ko’rib chiqilgan va javob юborilgandan keyin kelib tushsa, u holda davlat organi murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.

25. Jismoniy va юridik shaxslar o’z murojaatlarini ular ko’rib chiqilgunga qadar va ko’rib chiqilayotgan vaqtda murojaat юzasidan qaror qabul qilingunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yo’li bilan qaytarib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni ko’rib chiqish to’xtatiladi va uch kun mobaynida murojaat Assotsiatsiyaning xati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.

Murojaatni qaytarib olish to’g’risidagi ariza Assotsiatsiya tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilishini istisno etmaydi.

26. Ko’rib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bog’liq materiallarni saqlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

27.  Murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari Qonunda belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilishi shart.

III. Murojaatlarni ko’rmay qoldirish

28. Quyidagi murojaatlar ko’rib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

jismoniy va юridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda;

qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar.

29. Murojaatni anonim deb e’tirof etish murojaatni ko’rib chiquvchi tarkibiy bo’linma tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko’rsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish to’g’risidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi bo’linma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Assotsiatsiya «ishonch telefoni»ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.

Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.

30. Jismoniy va юridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.

Agar murojaatda jismoniy va юridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo’lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.

Jismoniy va юridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to’g’risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko’rib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.

 

IV. Jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini
qabul qilishni tashkil etish

31. Assotsiatsiyada belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.

Jismoniy shaxslar va юridik shaxslarning юridik vakillarini qabul qilish Assotsiatsiya bosh direktori hamda boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Jismoniy va юridik shaxslar hamda ularning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratiladi.

32. Qabul qilish jadvallari va uni o’tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to’g’risidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi Assotsiatsiya veb-saytda e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo’lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga etkaziladi.

Jismoniy shaxs og’zaki murojaat etayotganda o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, юridik shaxsning vakili esa o’z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek, o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatishi kerak.

33. Murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim kelgan jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek, jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog’liq ishlarni tashkil etadi.

34. Assotsiatsiyada jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim va tegishli xodimlar ishtirokida amalga oshiriladi.

35. Jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar yoki vakolatli shaxsning ko’rsatmasi bo’yicha Assotsiatsiyaning boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.

36. Agar jismoniy shaxslarni va юridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish Assotsiatsiyaning vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va юridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.

V. Murojaatlarni ko’rib chiqishda jismoniy va юridik shaxslarning huquqlari va Assotsiatsiyaning majburiyatlari

37. Jismoniy va юridik shaxslar murojaatlarni ko’rib chiqishda tegishli qonun hujjatlariga muvofiq huquqlardan foydalanadilar.

38. Assotsiatsiyaning murojaatni ko’rib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:

jismoniy va юridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirlarini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, jismoniy va юridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;

murojaatni ko’rib chiqish natijalari юzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki юridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon etkazilgan bo’lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o’rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rishi;

murojaat etuvchiga ko’rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko’rib chiqilganidan so’ng zudlik bilan yozma yoxud elektron shaklda xabar qilishi shart;

agar jismoniy yoki юridik shaxs qarorga rozi bo’lmasa, uning юzasidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

VI. Murojaatlar ko’rib chiqilishini nazorat qilish.
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
 

39. Murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim murojaatlar ko’rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o’z vaqtida va zarur tarzda ko’rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi.

Murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo’linmalar tomonidan buzilishi to’g’risida Assotsiatsiya bosh direktorini darhol xabardor qiladi.

Murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim monitoring natijalari bo’yicha har oyda Assotsiatsiya bosh direktoriga murojaatlar ko’rib chiqilishining holati to’g’risidagi axborotni, zarurat bo’lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini ko’rish юzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.

40. Assotsiatsiya jismoniy va юridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi.

Tahlil natijalari bo’yicha murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim Assotsiatsiya bosh direktoriga murojaatlarni ko’rib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va юridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish юzasidan takliflar kiritadi.

 

VII. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari va tartibi buzilgani uchun javobgarlik

41. Jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko’rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob юbormaslik, jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va юridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi yoxud юridik shaxslarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va юridik shaxsni murojaat qilgani munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek, jismoniy va юridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.

42. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etishni ta’minlash uchun javobgarlik Assotsiatsiya bosh direktori, murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodim va tegishli ijrochi mas’ul xodimga юklanadi.

 



O'qildi: 254 marta
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :