O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

Soha qonunchiligi

Aprel 10, 2014

 

2011-2015 YILLARDA RESPUBLIKA MOLIYA-BANK TIZIMINI YANADA ISLOH QILISh VA BARQARORLIGINI OShIRISh HAMDA YuQORI XALQARO REYTING KO’RSATKIChLARIGA ERIShIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI TO’G’RISIDA

*  *  *

  BANK TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISh VA BO’Sh PUL MABLAG’LARINI BANK AYLANMASIGA JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

 *  *  *

PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

 *  *  *

Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to’lash bo’yicha imtiyozlarni qo’llash tartibi to’g’risida

 *  *  *

O’ZBEKISTON BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNING KOMPLEKS DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

 *  *  *

BANK TIZIMINI YANADA ISLOH QILISh VA ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

 *  *  *

BANK TIZIMINI ISLOH QILIShGA DOIR QO’ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

 *  *  *

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining o’z kuchini yo’qotgan qarorlari ro'yxati

*  *  *

ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA


_____________________________________________________________________________________________________________________________


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

2011-2015 YILLARDA RESPUBLIKA MOLIYA-BANK TIZIMINI YANADA ISLOH QILISh VA BARQARORLIGINI OShIRISh HAMDA YuQORI XALQARO REYTING KO’RSATKIChLARIGA ERIShIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 48-son, 442-modda; 2013 y., 20-son, 250-modda, 36-son, 477-modda)

Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar respublikaning moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilansin:

Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko’paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish;

omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish va bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo’llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida banklar va umuman bank tizimining butun dunyoda qabul qilingan yanada yuksakroq baholash ko’rsatkichlari darajasiga chiqish yo’lidan olg’a siljib borishini xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;

moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish;

tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo’yicha muammoli qarzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik borasida oldini olish choralarini ko’rish yo’li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o’sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash;

nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog’ini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar turi va ko’lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash;

(1-bandning ettinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 maydagi PQ-1965-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 20-son, 250-modda)

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning g’oyat muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasi rivojlanishini rag’batlantirish;

tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng ko’lamda foydalanishni ta’minlash;

respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 6 avgustdagi F-3476-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, O’zbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2011 — 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari Dasturi ma’qullansin, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

2011 — 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;

*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2011 — 2015 yillarda respublika mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar 2-ilovaga* muvofiq.

*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Dasturning maqsadli ko’rsatkichlari va chora-tadbirlarining o’z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik, mazkur qarorning 1 va 2-ilovalarida ko’rsatilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, nobank moliya institutlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa ijrochi mas’ul tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.

3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Banklari uyushmasi, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining 2011-2012 yillarda bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalarini, shuningdek nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich tatbiq etib borish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

tijorat banklarining kapitali etarliligiga nisbatan talablarni oshirish;

tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish;

nobank kredit tashkilotlari uchun qo’shimcha majburiy iqtisodiy normativlarni kiritish.

4. Belgilansinki, tijorat banklari ixtiyoriga o’tgan bankrot-korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan xo’jalik sub’ektlari:

strategik investorlarga sotilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2011 yilning 1 yanvaridan boshlab 2 yil muddatga bojxona to’lovlari to’lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) ozod etiladi.

5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010 yil 26 noyabr,

PQ-143


 


 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

BANK TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISh VA BO’Sh PUL MABLAG’LARINI BANK AYLANMASIGA JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y., 45-son, 454-modda; 2008 y., 44-45-son, 440-modda; 2009 y., 41-son, 441-modda; 2010 y., 35-36-son, 302-modda; 2013 y., 20-son, 250-modda)

Qayd etib o’tilsinki, mustaqillik yillari mobaynida bank tizimini izchil va aniq maqsad yo’lida isloh qilish banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi rolini kuchaytirishga, ularning kapitallashuv darajasini oshirishga, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash ko’lamlarini kengaytirishga hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash hajmlari oshib bormoqda, aholiga, shu jumladan yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari berish miqyoslari tobora kengaymoqda.

Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000 yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar ko’paydi. Aholining omonat qo’yilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablag’larining tushumlari — 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari — 5 baravar ko’paydi.

Shu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yo’q, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda o’z kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablag’lar to’siqsiz va to’liq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda.

Markaziy bank va tijorat banklari, soliq organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan bankdan tashqari aylanmani qisqartirish hamda naqd pullarni bank kassalariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar etarli darajada emas.

Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, tijorat banklarining raqobatdoshligi, moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, jumladan oziq-ovqat (dehqon) bozorlaridagi naqd pullarni bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ko’lamini kengaytirish maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi O’zbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

2007—2010 yillarda O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;

Bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga yanada jalb qilish va naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining o’sishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo’mitasi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda sifatli va to’liq bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini har chorakda o’z majlislarida ko’rib borsin.

* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

Oldingi tahrirga qarang.

(2-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1397-sonli qaroriga muvofiq 2011 yil 1 yanvardan boshlab o’z kuchini yo’qotgan— O’R QHT, 2010 y., 35-36-son, 302-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Belgilab qo’yilsinki, bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Bunda tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirishga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.

(3-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 oktyabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 44-45-son, 440-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va sug’urta kompaniyalariga bir oy muddatda quyidagilar bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin:

(4-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 maydagi PQ-1965-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 20-son, 250-modda)

bank muassasalari, shu jumladan mini-banklar, maxsus kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmoqlarini oziq-ovqat (dehqon) bozorlari hududlarida joylashtirgan holda kengaytirish hamda dam olish va bayram kunlarida belgilangan tartibda ishlashini majburiy ta’minlash;

oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini jamg’arma hamda muddatli depozitlarga, shu jumladan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan bo’sh pul mablag’larni omonatchilarga mablag’ saqlanadigan har bir kuni uchun foizli daromad qo’shgan holda vaqtincha saqlashga jalb etish;

dehqon xo’jaliklari, savdo-xarid firmalari va boshqa kichik biznes hamda tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar berish va mikromoliya, shuningdek oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etkazib berish, saqlash va sotish bilan bog’liq tavakkalchiliklarni sug’urtalash bo’yicha xizmat ko’rsatish.

5. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy banki va tijorat banklari bir oy muddatda hududlar doirasida har bir tushum manbalari bo’yicha pul oqimining o’zgarishi, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pul tushumini to’liq topshirgani va topshirishdan bo’yin tovlagani to’g’risidagi ma’lumotlar o’z aksini topishi ta’minlangan tezkor axborotni kundalik ayirboshlashning umumrespublika yagona elektron tarmog’ini joriy etsin.

6. Quyidagilar 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab 3 yil muddatga:

Oldingi tahrirga qarang.

(6-bandning ikkinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 oktyabrdagi PQ-1199-sonli Qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan— O’R QHT, 2009 y., 41-son, 441-modda)

Respublika inkassatsiya birlashmasi — bo’shaydigan mablag’larni inkassatsiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo’naltirish sharti bilan qo’shilgan qiymat solig’i va mulk solig’i to’lashdan ozod etilsin.

7. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S. Azimov va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007 yil 7 noyabr,

PQ-726-son

 

 


 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 38-39-son, 425-modda; 2006 y., 24-son, 219-modda; 2007 y., 33-34-son, 345-modda; 2008 y., 20-21-son, 177-modda; 2010 y., 16-son, 124-modda; 2011 y., 52-son, 561-modda)

Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni rag’batlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga haq to’lashda foydalanish, shuningdek pul mablag’larining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O’zbekiston Banklar uyushmasi va respublika tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1-ilovaga* muvofiq 2006 yil oxirigacha tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tarmog’ini kengaytirishning prognoz jadvali ma’qullansin.

* 1-ilova berilmaydi.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Banklar uyushmasi uch oy muddatda Banklararo protsessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat ko’rsatilishidan qat’i nazar, barcha savdo shoxobchalarida bank operatsiyalarini yagona rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi O’zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi YAgona umumrespublika protsessing markazini tashkil etsinlar.

(3-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2010 y., 16-son, 124-modda)

4. Belgilab qo’yilsinki, plastik kartochkalardan foydalanib tovarlarni sotishda va xizmatlar ko’rsatishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan beriladigan terminal cheklari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron tijorat chakana savdo to’lovlari tizimlarining tranzaktsiyalari («elektron cheklar»)dan ko’chirmalar kvitantsiyalar, talonlar, chiptalarga hamda tovarlar va xizmatlarga haq to’langanligini tasdiqlovchi ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi.

(4-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 21 maydagi 102-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2008 y., 20-21-son, 177-modda)

5. Chakana savdo korxonalariga yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo’yicha tovarlarni oylik tovar aylanishi hajmida sotuvlar ulushi cheklanmagan holda sotishga ruxsat berilsin.

6. Plastik kartochkalarning emitentlari bo’lgan tijorat banklari:

2005 yil 1 yanvargacha barcha filiallar, minibanklar va jamg’arma kassalarida to’lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo’yicha terminallar o’rnatsinlar;

aylanma mablag’lar taqchilligiga duch kelayotgan chakana savdo va xizmatlar sohasi tashkilotlarining to’lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo’yicha terminallar sotib olishi uchun o’z mijozlarining so’rovlari bo’yicha imtiyozli kreditlar bersinlar (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi stavkasi bo’yicha);

terminal tarmog’ining uzluksiz ishlashi va plastik kartochkalardan foydalangan holda o’z mijozlariga ko’rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ko’rsinlar.

7. Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi:

bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalardan, shuningdek dasturiy ta’minot sifatidagi mol-mulkdan 2005 yil 1 yanvardan 2014 yil 1 yanvargacha mulk solig’i to’lashdan;

(7-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 561-modda)

plastik kartochkalar, sarflanadigan materiallar, grafik va elektron shaxslashtirish qurilmalari, terminallar, bankomatlar va plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalarni import qilishda 2014 yil 1 yanvargacha bojxona to’lovlari to’lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig’imlaridan tashqari) ozod qilinsin.

(7-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 561-modda)

2007 yil 12 iyuldan boshlab 2014 yil 1 yanvargacha o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo’yicha mulk solig’idan, shuningdek ular import qilinganda bojxona to’lovlari to’lashdan;

(7-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 561-modda)

Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to’lash bo’yicha imtiyozlarni qo’llash tartibi to’g’risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, «O’zeltexsanoat» uyushmasi va O’zbekiston Banklar uyushmasi Mahalliylashtirish dasturi doirasida respublikada o’z materiallari negizida mikrochiplari bo’lgan plastik kartochkalar va to’lov terminallari ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona tashkil etish yuzasidan 2004 yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.

(9-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2010 y., 16-son, 124-modda)

10. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S. Azimov va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004 yil 24 sentyabr,

445-son

(2-ilova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2010 y., 16-son, 124-modda)


 

Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA

Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to’lash bo’yicha imtiyozlarni qo’llash tartibi to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, to’lov terminallari, o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalaridan va to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarni qo’llash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.

(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2007 y., 33-34-son, 345-modda)

2. Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi:

2005 yil 1 yanvardan boshlab 2014 yil 1 yanvargacha — bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalariga va to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarga, shuningdek dasturiy ta’minlashga oid qismi bo’yicha;

2007 yil 12 iyuldan boshlab 2014 yil 1 yanvargacha — o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo’yicha mulk solig’i to’lashdan ozod etilgan.

(2-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 52-son, 561-modda)

II. Mol-mulk qiymatini va soliq summasini hisoblab chiqish tartibi

3. Bankomatlar, terminallar, o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalari va to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar, shuningdek dasturiy ta’minlash bo’yicha imtiyozlarni qo’llash va bo’shab qoladigan mablag’larni hisobga olish maqsadida tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tegishli mol-mulkning qiymati hisob-kitobi tuziladi.

(3-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2007 y., 33-34-son, 345-modda)

4. To’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk tarkibiga balansda turgan quyidagi mol-mulk:

bankomatlar;

to’lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo’yicha terminallar;

o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish axborot kiosklari;

(4-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 avgustdagi 177-sonli qarori asosida to’rtinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 33-34-son, 345-modda)

to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish va ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar;

litsenziya to’lovlarini hisobga olgan holda to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minlash;

kommutatsiya uskunalari;

kart-riderlar (plastik kartochkalarni o’qish va yozish uchun qurilma);

shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qo’yish qurilmasi);

berilayotgan axborotni shifrlashda foydalaniladigan uskuna kiritiladi.

5. To’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymatini hisoblab chiqish tijorat banklari tomonidan banklarning barcha filiallarini hisobga olgan holda jamlashtirish asosida amalga oshiriladi.

6. To’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan ro’yxatdan o’tkazish joyi bo’yicha respublika soliq xizmati organlariga beriladi.

7. Mulk solig’ini hisoblab chiqish tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25-son va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2002-13-son qarori bilan tasdiqlangan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 11 martda 1107 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

III. Bo’shab qoladigan mablag’larni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi

8. Bo’shab qoladigan mablag’larning buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29-son, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2005-25-son va Davlat bojxona qo’mitasining 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 2 aprelda 1463 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona to’lovlari va byudjetga majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2007 y., 33-34-son, 345-modda)

9. Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi to’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkning qiymati va qo’llanilayotgan imtiyozlar summasi to’g’ri aniqlanishi uchun javob beradilar.

Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to’lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanuvchi mol-mulkdan soliq to’lash bo’yicha imtiyozlarni qo’llash tartibi to’g’risidagi nizomga
ILOVA

Tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazining to’lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanadigan mol-mulki ro’yxati

№‎

Mol-mulk nomi‎

Mol-mulkning
‎qoldiq qiymati‎

1.‎

Bankomatlar‎

2.‎

To’lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun terminallar‎

3.‎

To’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish hamda ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar‎

4.‎

To’lovlarni plastik kartochkalar bo’yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar‎

5.‎

Kommutatsiya uskunalari‎

6.‎

Kart-riderlar (plastik kartochkalarni o’qish va yozish uchun qurilma)‎

7.‎

Shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qo’yish qurilmasi)‎

8.‎

Berilayogan axborotlarni shifrlash uchun foydalanadigan uskunalar‎

9.‎

O’ziga o’zi xizmat ko’rsatish axborot kiosklari‎

Hammasi:‎

‎‎
‎200___y. «_____» ____________________________‎

‎‎Rahbar _____________________________________________________________‎

(imzo)‎

‎‎Bosh buxgalter‎______________________________________________________

(imzo)‎ ‎

(ro’yxat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 avgustdagi 177-sonli qarori asosida 9-band bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 33-34-son, 345-modda)


 


 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O’ZBEKISTON BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNING KOMPLEKS DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

O’zbekiston Respublikasi bank tizimini qabul qilingan xalqaro normalarga muvofiq yanada takomillashtirish va jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Banklari uyushmasining birinchi Ta’sis s’ezdida qabul qilingan O’zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar* ma’qullansin.

* Dasturni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar berilmaydi.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, «O’zistiqbolstat» davlat qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Aloqa vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Banklar uyushmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, kontsernlar va uyushmalar bilan birgalikda Dasturning har bir bo’limini bajarish bo’yicha aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.

Oldingi tahrirga qarang.

3. Moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyuldagi 362-son qarori amalda bo’lishi muddatini 1997 yil 31 dekabrgacha uzaytirish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo’yilsinki, banklarning soliq olishdan ozod qilingan mablag’lari O’zbekiston Banklari uyushmasi orqali Dasturni amalga oshirishni mablag’ bilan maqsadli ta’minlashga hamda tijorat banklarini rivojlantirishga teng ulushlarda yo’naltiriladi. Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad solig’i to’lashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (ko’rsatib o’tilgan mablag’lar ularning moddiy-texnika bazalarini mustaxkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yo’naltiriladi).

(3-bandning birinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 7 avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Markaziy banki bilan birgalikda ajratilayotgan mablag’larning Banklar uyushmasi va tijorat banklari tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.

4. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O’zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturiga muvofiq Banklar uyushmasi ishtirokida tashkil etiladigan tuzilmalar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, shu jumladan, tegishli binolarning birinchi navbatda ajratilishiga ko’maklashsinlar.

Oldingi tahrirga qarang.

(4-bandning ikkinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 oktyabrdagi 497-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995 yil 9 noyabr,

427-son

 

 


 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

BANK TIZIMINI YANADA ISLOH QILISh VA ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 15-16-con, 112-modda; 2008 y., 48-son, 470-modda)

Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tijorat banklarining ish samaradorligini oshirish, ularning kapitallashish darajasini ko’tarish, investitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o’zgarishlarida keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari etib belgilansin:

pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta va uning ayirboshlash kursi barqarorligini kuchaytirish, aholining bank depozitlariga qo’yadigan omonatlari ko’payishini rag’batlantirish, bankdan tashqari aylanmada qolayotgan moliyaviy mablag’lar va oqimlarni bank aylanmasiga jalb etish;

tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash va oshirish, banklarni kapitallashtirish, ularning ustav jamg’armalari va aylanma mablag’larini ko’paytirish, kredit portfellarini sog’lomlashtirish va daromadini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rish;

tijorat banklarini to’liq xususiylashtirish, bank va lizing xizmatlarining to’laqonli bozorini shakllantirish, xalqaro bank va moliya kapitalini keng ko’lamda jalb etgan holda qo’shma banklar tashkil qilish;

pul-kredit siyosati vositalarini, jumladan loyihalarni moliyalashni yanada takomillashtirish, naqd va naqdsiz pul muomalasini hamda hisob-kitoblar shaklini unifikatsiyalash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlariga xaridorlar talabini rag’batlantiruvchi turli xil iste’mol kreditlarini rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilish;

iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarda, investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, birinchi galda iqtisodiyotning real tarmoqlariga investitsiya kiritish uchun mablag’lar jalb etishda tijorat banklarining faol ishtirok etishi;

tijorat banklarining korxonalarni xususiylashtirish va aktsiyalashtirish jarayonlarida keng ishtirok qilishi, qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining operatsiyalarini va banklarning korxonalarni ishonchli boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish;

tijorat banklarini kasbiy jihatdan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, bank xodimlarining mas’uliyati va madaniyatini oshirish.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan 2005—2007 yillarda Bank sektorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Oldingi tahrirga qarang.

(3-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 noyabrdagi PF-4055-sonli Farmoni bilan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2008 y., 48-son, 470-modda)

4. Shunday tartib o’rnatilsinki, bunda tijorat bankining o’z kapitali (regulyativ kapitali)ning bank aktivlari umumiy miqdoriga nisbati 10 foizdan kam bo’lishi mumkin emas.

5. Tijorat va xususiy banklarning aktsiyadorlik jamiyatlarini ishonchli boshqaruvida faol hamda kengroq ishtirok etishlari ularning respublika hududidagi ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin.

Tijorat banklarining xususiylashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish uchun tijorat banklariga qimmatli qog’ozlarning birlamchi bozorida qatnashishlariga hamda xususiylashtiriladigan korxonalar aktsiyalarining 50 foizgacha miqdorini belgilangan tartibda sotib olishlariga ruxsat berilsin.

6. Tijorat banklari aktsiyalari (ulushlari) bo’yicha jismoniy shaxslarning dividend tarzida olgan daromadlari 2010 yilning 1 yanvariga qadar soliqqa tortishdan ozod qilinsin.

7. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi Moliya vazirligi va Markaziy bank ishtirokida 2005-2006 yillarda «Asaka» bankini xususiylashtirishni, 2005—2009 yillarda esa Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini xususiylashtirishni amalga oshirsin, davlat ulushi qismini etakchi xorijiy banklarga va xalqaro moliya institutlariga sotsin.

8. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining tijorat banklariga 2010 yilni ham o’z ichiga olgan davrda quyidagi soliq imtiyozlari berish to’g’risidagi takliflari qabul qilinsin:

banklar respublikamiz korxonalariga uch yildan ortiq muddatga investitsiya kreditlari berishdan olgan va banklarning o’z kapitalini ko’paytirishga yo’naltirilgan foydalarini foyda (daromad) solig’idan ozod qilish. Statistika va bank hisobotlarida banklarning berilgan uzoq muddatli kreditlardan olgan foydalari aks ettirilishi ta’minlansin;

tijorat banklarining tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq tashkil etiladigan kichik banklarni ochish bo’yicha sarf-xarajatlarini soliqqa tortiladigan bazadan chiqarish.

9. Tijorat banklariga xalqaro bank normalariga muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditlarni amaliyotga keng tadbiq qilish, jumladan xorijiy bank kapitalini jalb etish yo’li bilan investitsiya dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish tavsiya qilinsin.

10. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda:

tijorat banklarida investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va investitsiya kreditlari ajratish bo’yicha kollegial qarorlar qabul qilish tartibini kuchaytirsin;

banklarning loyihalarni investitsiyalash, investitsiya kreditlari berish va ularga xizmat ko’rsatish masalalari bilan shug’ullanuvchi tarkibiy bo’linmalarini yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin;

Bank-moliya akademiyasida loyihalarni moliyalash fakulteti va bank xodimlari malakasini oshirish kurslarini ochsin.

11. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:

tijorat banklarining kredit portfellarini, jumladan Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni kompleks tahlil qilsin;

har bir tijorat banki bo’yicha korxonalarning qarz majburiyatlarini diskont qiymati bo’yicha uchinchi shaxslarga sotish, bankrotlik taomillari jarayonida tugatilgan va sotilgan korxonalarning umidsiz kreditlari summalarini banklarning zarariga olib borish yo’li bilan hisobdan chiqarish nazarda tutilgan muammoli kreditlarni restrukturizatsiyalash dasturini ishlab chiqsin;

tijorat banklarining Hukumat kafolati bilan berilgan kreditlarini restrukturizatsiyalashni ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq 2005—2007 yillarda tijorat banklariga quyidagi huquqlar beriladi:

tugatilayotgan bankrot korxonalarning O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan berilgan kreditlar bo’yicha qarzini birinchi navbatda undirib olish;

bankrotlik to’g’risida bank tomonidan qo’zg’atilgan da’vo munosabati bilan tugatish jarayonida bo’lgan, kreditorlik qarzi tarkibida bank kreditlari bo’yicha qarz 70 foiz va undan ko’proqni tashkil etadigan korxonani, sud qarori bo’yicha bank mulkiga o’tkazish, shu jumladan bunday korxonani sotishdan olingan mablag’larni kreditorlik qarzini qoplashga yo’naltirgan holda uni mahalliy va xorijiy investorlarga sotish.

Belgilansinki, tijorat banklarining bankrotlik to’g’risida bank tomonidan qo’zg’atilgan da’vo munosabati bilan tugatish jarayonida bo’lgan korxonaning bank mulkiga o’tkazilishi natijasida qo’lga kiritilgan mol-mulki yangi mulkdorlarga sotilmaguncha mulk va er solig’iga tortilmaydi.

13. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tijorat banklari faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuviga, banklar va ularning filiallarini bank faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tadbirlar va ishlarni bajarishga jalb etishga yo’l qo’ymaslik borasida banklar to’g’risida amaldagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin. Qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan mansabdor shaxslar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilsin.

14. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin, ularda bank kreditlarini ta’minlash garovi sifatida rasmiylashtirilgan to’lovni mulk hisobidan undirishning suddan tashqari tartibi soddalashtirilishi ko’zda tutilsin.

o’zining me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005 yil 15 aprel,

 PQ-56-son

 

 


 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

BANK TIZIMINI ISLOH QILIShGA DOIR QO’ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

[Ko’chirma]

(O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami, 2000 yil, 3-son, 16-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida» 2000 yil 21 martdagi PF–2564-son Farmoniga muvofiq va bank tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish, bo’sh mablag’larni bank muomalasiga jalb qilish va banklarning iqtisodiyotning aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni kreditlash bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirish, banklarning mustaqilligini ta’minlash va aholining moliya-bank tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, fermer va dehqon xo’jaliklarini, kichik va o’rta biznesning boshqa sub’ektlariga kredit va mikrokredit berishda, investitsiya loyihalarini, erkin muomaladagi valyutada mablag’ bilan ta’minlashda tijorat banklariga ko’proq mustaqillik berishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar turkumi, shuningdek banklarda korporativ boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Moliya vazirligi, Davlat mulki qo’mitasi, Tijorat banklari Kengashlari bilan birgalikda banklarning kapitallashuvi darajasiga qarab 2000—2004 yillar mobaynida har yili soliqlar to’langandan keyin foydaning 10 foizidan 30 foizgachasini tijorat banklarining o’z sarmoyalarini ko’paytirishga yo’llashini nazarda tutuvchi me’yoriy talablarni bir oy muddatda ishlab chiqish va joriy etish tavsiya qilinsin.

3. Tijorat banklariga:

fermer va dehqon xo’jaliklariga, mikrofirmalarga, kichik va o’rta biznes korxonalariga, ishlab chiqarish korxonalariga berilayotgan investitsiya kreditlari miqdorini kengaytirishni nazarda tutish tavsiya qilinsin. Bunda dehqon va fermer xo’jaliklariga kredit berishning eng kam muddati, qoidaga ko’ra, kamida 2 yil bo’lishi belgilab qo’yilsin;

yirik investitsiya loyihalarini mablag’ bilan ta’minlash uchun sindikatlashtirilgan kreditlarni amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish tavsiya qilinsin. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari tomonidan bunday kreditlar berish tartibi to’g’risidagi tavsiyalarni ishlab chiqsin, kreditlashda qatnashuvchi banklarning javobgarligi va vakolatlarining aniq doiralarini belgilashni nazarda tutsin;

omonatlarning har xil turlari bo’yicha bank tomonidan belgilangan foiz stavkalarini, shuningdek berilayotgan kreditlar bo’yicha o’rtacha stavkalarni ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilish tavsiya etilsin.

4. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo’mitasi va Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga aholining muddatli depozitlari o’sishiga qarab tijorat banklari daromadlariga imtiyozli soliq solishni joriy etish to’g’risida ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.

5. Bank tizimini isloh qilish respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2000—2003 yillarda bank tizimini yanada isloh qilish dasturi va uning bo’yicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

6. Tijorat banklarining Kengashlari va boshqaruvlariga:

korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;

iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari o’sishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini rag’batlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;

kreditlar berish shartlarini, shuningdek bank kredit portfelining holatini banklar aktsiyadorlari manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan muntazam ravishda ko’rib borish tavsiya qilinsin.

7. O’zbekiston banklar uyushmasi va tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining reytinglari olingandan keyin:

mustaqil xalqaro audit natijalariga ko’ra, Jahon bankining moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi va O’zbekiston banklar uyushmasining «Axbor Reyting» kompaniyasi bilan birgalikda xalqaro reytinglar olish uchun tavsiya qilinayotgan tijorat banklarini aniqlasinlar;

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ishtirokida 2000 yil 1 iyulgacha reytingdan oldin o’rganish uchun «Tompson Financial Bank Watch» agentligini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar va tijorat banklari bilan birgalikda har bir bank bo’yicha reyting olish tadbirlarining aniqlashtirilgan jadvallarini ishlab chiqsinlar;

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2000-2001 yillarda strategik xorijiy investorlarni tijorat banklarining aktsiyadorlik sarmoyasiga jalb qilish maqsadida chet ellarda taqdimotlar o’tkazsinlar.

8. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlik tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan banklarning ustav sarmoyalaridagi davlat ulushini boshqarish bo’yicha, shtatdagi xodimlari soni 3 kishidan iborat bo’lim tashkil etsin.

Quyidagilar bo’limning asosiy vazifalari etib belgilansin:

banklarning kredit siyosati, shu jumladan, ustuvor davlat dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilishida qatnashish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;

banklarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda, xususiylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

davlat ulushi bo’yicha dividendlar hisoblanishini va ularning belgilangan tartibda yo’naltirilishini nazorat qilish.

9. Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan aktsiyadorlik-tijorat banki kengashi to’g’risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qo’mitasi bilan birgalikda ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan banklar kengashlari shaxsiy tarkibini bir oy muddatda o’rganib chiqsin va ular bo’yicha takliflar kiritsin.

10. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o’z me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.

11. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 3 va 3a-ilovalarga muvofiq qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari B.S. Hamidov va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000 yil 24 mart,

104-son

 

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi 104-son qaroriga
1-ILOVA

2000—2003 yillarda O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish

DASTURI

Mazkur Dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aktsiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 1998 yil 2 oktyabrdagi PF—2084-son Farmonini, Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» 1999 yil 15 yanvardagi 24-son qarorini va «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 1999 yil 10 iyundagi 296-son qarorlarini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.

Bank tizimini isloh qilish dasturi O’zbekiston Respublikasida bozor islohotlari siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.

BANK TIZIMINI ISLOH QILISh DASTURINING MAQSADLARI VA YO’NALIShLARI

Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarning moliya bozoridagi vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirish, va, pirovard natijada, banklarning ichki va xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligining yuqori darajasiga erishish Dasturning strategik maqsadi hisoblanadi.

Ko’rsatib o’tilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar Dasturning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:

banklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarini yanada aktsiyalashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aktsiyadorlarning rolini oshirish yo’li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash;

bank tizimini institutsional rivojlantirish, banklarning aktivlari, shu jumladan valyuta aktivlari sifatini yaxshilash hisobiga ularning moliyaviy barqarorligini oshirish, bank ishini yanada takomillashtirish va ko’rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

tijorat banklarining investitsiya jarayonlaridagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslari, shu jumladan, xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi bo’yicha kredit resurslari olishi mexanizmini takomillashtirish;

banklar faoliyatining tezkorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyalash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog’ining axborot-kompyuter infratuzilmasini yanada takomillashtirish;

korporativ boshqarish printsiplariga asoslangan banklar menejmentining bozor tizimini shakllantirish, banklarni bozor sharoitlarida ishlashga tayyor bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash usullarini takomillashtirish;

aholining bank tizimiga bo’lgan yuksak ishonchini ta’minlash, omonatchilar, investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini yanada rivojlantirish.

I. TIJORAT BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh VA DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh

Hozirgi vaqtda respublika hududida 34 ta tijorat banki faoliyat ko’rsatmoqda, ularning joylarda 800 tadan ortiq filiallari bor. 5 ta bank ustav sarmoyasida davlat ulushi 25 foizdan ortiqdir. Aktsiyalarning asosiy nazorat paketi davlatga qarashli bo’lgan korxonalar, uyushmalar, korporatsiyalar va kontsernlar yirik aktsiyadorlik-tijorat banklarining asosiy muassislari hisoblanadilar. Shu munosabat bilan aholining, xususiy tadbirkorlarning, kichik va o’rta biznes korxonalarining, shuningdek xorijiy investorlarning tijorat banklari sarmoyasida qatnashishini kengaytirish favqulodda muhim ahamiyatga egadir. Bu banklarni boshqarishda bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan xususiy mulkdorning manfaatini ishga tushirish imkonini beradi.

Dastur:

2000-2001 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini aktsiyalashtirish va aktsiyalarining 40 foizini hamda «Asaka» banki aktsiyalarining 50 foizini xorijiy investorlarga sotish;

2000—2003 yillarda mamlakatimiz investorlarini va chet ellik investorlarni jalb qilish hisobiga «O’zuyjoyjamg’armabank», «O’ztadbirkorbank» va «Zamin» banki ustav sarmoyalarida davlat ulushini kamaytirish yo’li bilan banklarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishni nazarda tutadi.

Bank sohasida xususiylashtirish jarayonini faollashtirish, tijorat banklari aktsiyalari sotilishini va ularning xaridorgirligini oshirishni ta’minlash uchun dastur fond birjalari, shu jumladan xorijiy fond birjalari orqali qimmatli qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida banklarning aktsiyalarini sotish mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutadi.

II. BANK TIZIMINI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRISh VA BANK IShINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh

Hozirgi vaqtda bank tizimi aktivlarining 80 foizdan ortig’i davlat va ixtisoslashtirilgan (tarmoq) banklar ulushiga to’g’ri kelmoqda. Banklar aktivlarining iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida notekis jamlanishi kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga, moliya bozorida banklar o’rtasida raqobatning kuchayishiga, banklar tavakkalchilik aktivlarining diversifikatsiyasiga, shuningdek bank faoliyatining monopoliyadan chiqarilishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Banklarning tavakkalchilik aktivlarini diversifikatsiyalash, bank faoliyatini amalga oshirishda ularning mustaqilligini ta’minlash, moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, bank tomonidan moliyalashtirishning bozor printsiplarini rivojlantirish, shuningdek, kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

ixtisoslashtirilgan banklar tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tarmoqlar sonini, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turlarini va sodir etilayotgan operatsiyalar sonini kengaytirish yo’li bilan ishlab turgan ixtisoslashtirilgan (tarmoq) tijorat banklarini universallashtirish va tijoratlashtirish;

bank aktsiyadorlarining huquqlarini boshqa xo’jalik jamiyatlari aktsiyadorlarining huquqlari bilan tenglashtirishni ta’minlash maqsadida tijorat banklariga soliq solish tartibini takomillashtirish (banklarni foydadan soliq olinadigan soliq to’lovchilar toifasiga o’tkazish);

banklar faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar ko’rish. 2000—2002 yillar mobaynida banklar tomonidan bajarilayotgan nazorat funktsiyalari tegishli davlat organlariga bosqichma-bosqich beriladi, shuningdek, banklarning mijozlari tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalar uchun ularning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari ko’riladi;

Banklar aktivlari tarkibini o’zgartirish agentligi ko’magida 2000-2001 yillar mobaynida banklarning muammoli aktivlar toifasidagi mavjud aktivlarining tarkibi o’zgartiriladi;

2001 yilda O’zbekiston banklar uyushmasi huzurida banklarni potentsial qarz oluvchilarning kredit tarixi to’g’risidagi axborot bilan ta’minlash uchun Kredit-axborot byurosi tashkil etish.

Garov sifatidagi kredit tavakkalchiligini ta’minlashning amaliy bozor vositasidan samarali foydalanish maqsadida Adliya vazirligi, Markaziy bank va Banklar uyushmasi tomonidan 2000 yilda garov to’g’risidagi qonun hujjatlariga qo’shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlanadi va tegishli organlarning ko’rib chiqishi uchun kiritiladi.

Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda bank muomalasiga qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish va bank sektoriga ishonchni oshirish maqsadida, naqd va naqdinasiz shakllardan foydalanish sohasini birxillashtirgan holda, hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ko’riladi.

Dasturning amalga oshirilishi tijorat banklarida jamg’arma ishini rivojlantirish, talab va taklif asosida depozitlar bo’yicha o’zgaruvchan foiz siyosatini joriy etish, shuningdek banklarning depozit bazasini mustahkamlash, aholining bo’sh mablag’larini amaliy muomalaga jalb qilish maqsadida mijozlarning pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlari va mol-mulkini saqlashga oid seyf operatsiyalarini joriy etish bilan bog’liqdir.

2000 yildan boshlab tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini va kapitallashuvi darajasini oshirish maqsadida ipoteka obligatsiyalari, depozit, jamg’arma sertifikatlar va boshqa qimmatli qog’ozlar singari banklarning uzoq muddatli qarz majburiyatlarining zamonaviy bozor vositalari joriy etiladi. Bunga qo’shimcha ravishda 2000—2004 yillar mobaynida foydaning 10 foizidan 30 foizgachasi, soliqlar to’langandan keyin, banklarning kapitallashuvi darajasiga qarab tijorat banklarining ustav sarmoyalarini ko’paytirishga yo’naltiriladi.

2000—2005 yillar mobaynida Xalq bankining resurs bazasini mustahkamlash va uning ustav sarmoyasi miqdorini mazkur bankning mayda omonatchilari manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun 10 mlrd so’mgacha etkazish chora-tadbirlari ko’riladi.

Aholi omonatlari bo’yicha banklar javobgarligining zarur sug’urta himoyasi Jamoa sug’urta jamg’armasi mablag’larini ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ qimmatli qog’ozlarga va bank depozitlariga investitsiya qilishning maqbul strategiyasini amalga oshirish hisobiga ta’minlanadi.

III. INVESTITSIYA JARAYoNLARINING FAOL QATNAShChILARI SIFATIDA TIJORAT BANKLARINING ROLINI OShIRISh

Hozirgi vaqtda yirik tijorat banklari investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari bo’lib qolmoqda. Bu kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalarini o’zlashtirishga ham to’liq darajada taalluqlidir.

Hukumatning investitsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishda barcha banklarning vositachilik rolini oshirish, kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kredit liniyalarni va byudjetdan tashqari fondlarning mablag’larini o’z vaqtida o’zlashtirish maqsadida mazkur Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun investitsiya jarayonlarida ayniqsa xalqaro moliyaviy tashkilotlar liniyasi bo’yicha moliyaviy vositachilikni faollashtirish maqsadida O’zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish;

2000 yildan boshlab yirik investitsiya loyihalarini kombinatsiyali (sindikatlashtirilgan) moliyalashtirish va kreditlash mexanizmi va vositalarini shakllantirish;

banklar foydasining 25 foizgachasini tijorat banklarida tashkil etilayotgan kichik va o’rta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xo’jaliklarini Imtiyozli kreditlash jamg’armasi mablag’lariga ajratish hisobiga kichik va o’rta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xo’jaliklarini imtiyozli kreditlashdan foydalanish.

IV. XUSUSIY TADBIRKORLAR VA AHOLINI MIKROKREDITLAShNI RIVOJLANTIRISh

Hozirgi vaqtda xususiy tadbirkorlarni, kichik va mikrokorxonalarni mikrokreditlash bozori to’liq banklarga tegishlidir, bu ushbu bozorda raqobatning darajasi etarli emasligiga olib keladi.

Dastur mikrokreditlash bozorida raqobatni kuchaytirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutadi:

Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliyaviy muassasalarning ko’magida kredit kooperativlari (uyushmalar) tashkil etish yo’li bilan kichik va o’rta tadbirkorlikni mablag’ bilan ta’minlashning bank kreditlashiga muqobil shakllarini rivojlantirish;

xususiy tadbirkorlar, kichik va mikrokorxonalarni mikrokreditlash mexanizmini doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida kredit kooperativlari uyushmalarning tijorat banklari bilan o’zaro hamkorligi mexanizmini rivojlantirish.

Shu bilan birga bank tizimida kichik va o’rta biznes sub’ektlarini, xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlashning vositalaridan keng foydalaniladi, shu jumladan qarz oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar, mahalla, qishloq, ovul fuqarolari yig’ini organlarining kafilligini berishdan foydalaniladi.

V. BANK AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISh

Respublika mustaqilligi yillarida bank tizimida mijozlarning pul mablag’larini o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlovchi elektron to’lov tizimi shakllantirildi. Biroq bank tizimi oldida yaqin yillarda turgan vazifalar uni yanada takomillashtirish va rivojlantirishni taqozo etadi.

Dasturda banklararo axborot-kompyuter infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida quyidagilar nazarda tutilgan:

Markaziy bank ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog’ining axborot-kompyuter infratuzilmasini hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishning ilg’or yo’nalishlariga muvofiq takomillashtirish. Buning uchun 2000 yil mobaynida Jahon banki loyihasi doirasida to’lov tizimining kontseptual dizayni ishlab chiqiladi;

Markaziy bank ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog’ini 2000-2001 yillar mobaynida bank tuzilmalari va boshqa moliyaviy tuzilmalarning axborot borasida o’zaro hamkorligini ta’minlovchi telekommunikatsiyalarning global respublika tarmog’iga aylantirish yo’li bilan rivojlantirish;

ma’lumotlarni uzatish tarmog’ida standartlarni va axborot ayirboshlash tartibotini takomillashtirish yo’li bilan elektron pochta ishini yanada yaxshilash;

plastik kartochkalar negizida naqd pulsiz hisob-kitoblar milliy tizimini yaratish.

VI. BANK MENEJMENTINI VA BANK KADRLARI TAYYoRLASh USULLARINI TAKOMILLAShTIRISh

Dastur bank menejmentini va bank kadrlari tayyorlash usullarini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutadi:

bank faoliyati natijalari, kreditlarning qaytarilishi uchun banklar Kengashlari va Boshqaruvlarining javobgarligini oshirish yo’li bilan banklarni korporativ boshqarishni mustahkamlash bo’yicha 1999 yilda boshlangan chora-tadbirlarni 2000 yilda davom ettirish;

tijorat banklarida ichki audit xizmatlarining rolini kuchaytirish, ularning ijro etuvchi organdan mustaqilligini ta’minlash va banklar ijro etuvchi organlari tomonidan ichki audit xizmatlarini ular faoliyatidagi muammolarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish uchun bankning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi ishonchli axborot bilan ta’minlash;

tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining reytinglarini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beruvchi bank kadrlari tayyorlash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida 2000 yilda va undan keyingi yillarda zamonaviy kompyuter texnikasi, bank ishi bo’yicha mamlakatimiz adabiyoti va xorijiy adabiyot bilan ta’minlash yo’li bilan bank ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kutubxona fondini mustahkamlash chora-tadbirlari ko’riladi;

ana shu maqsadda bank mutaxassislarini ilg’or jahon bank amaliyotiga muvofiq o’qitish maqsadida oliy o’quv yurtlari, bank kollejlari va sinflari uchun: darsliklar, qo’llanmalar va uslubiy adabiyotning yangi avlodini, shuningdek, birxillashtirilgan o’quv dasturlarini yaratish jarayoniga 2000—2002 yillarda alohida e’tibor beriladi;

professional o’sishni rag’batlantirish va ta’minlash, banklarning ijtimoiy infratuzilmasini, shuningdek rag’batlantirishning nomoddiy shaklllari tizimini rivojlantirish yo’li bilan bank xodimlari mehnati asoslanishining bozor usullari tizimini yanada takomillashtirish.

Tijorat banklari tomonidan konferentsiyalarda chiqishlar qilish, ommaviy axborot vositalaridan, bosma mahsulotlardan, «Internet» tarmog’idan, O’zbekiston Respublikasi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari imkoniyatlaridan foydalanish yo’li bilan chet elda taqdimotlar tashkil etish amaliyoti qo’llaniladi.

VII. BANK NAZORATINI KUChAYTIRISh VA YANADA RIVOJLANTIRISh

Bank faoliyatini tartibga soluvchi qabul qilingan qonunlarga muvofiq Markaziy bankda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning xalqaro standartlarga va Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga javob beruvchi ta’sirchan tuzilmasi yaratilgan.

Tijorat banklari hisob raqamlarining Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq bo’lgan va banklar faoliyati ochiqligini ta’minlovchi yangi rejasi amalga joriy etilgan. Shuningdek tijorat banklarida xalqaro e’tirof etilgan audit kompaniyalar tomonidan tashqi auditorlik tekshirishlari o’tkazish amaliyoti joriy etilgan.

Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish, jadal rivojlanayotgan bozor sharoitlarida bank nazoratining ta’sirchanligini qo’llab-quvvatlash bo’yicha Markaziy bankning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yo’li bilan tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish;

banklarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq takomillashtirish yo’li bilan tijorat banklarining axborotni tashqi foydalanuvchilar uchun oshkor qilish standartlarini yanada rivojlantirish.

VIII. KUTILAYoTGAN NATIJALAR

Bank tizimini isloh qilish dasturining asosiy yo’nalishlari milliy moliya-kredit tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarini ochib beradi va Dasturning mamlakatda amalga oshirilayotgan umumiy iqtisodiy qayta o’zgartirishlar, bank tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, milliy moliya tizimining barqarorligini, moliya bozorlarida erkin raqobatni qo’llab-quvvatlash bilan muvofiqligi printsiplariga asoslanadi.

Bank tizimini isloh qilish dasturi asosiy yo’nalishlarining amalga oshirilishi quyidagilarni ta’minlaydi:

davlat va nodavlat bank muassasalari faoliyat ko’rsatishining balansliligiga erishish maqsadida bank tizimi mol-mulki tuzilmasini maqbullashtirish;

bank tizimini rivojlantirishni raqobatbardoshlik darajasini oshirishga yo’naltirgan holda bank sektorini monopoliyadan chiqarishni kuchaytirish;

bozor va kredit tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda aktivlar va passivlarni samarali boshqarishni ta’minlovchi banklar kredit siyosatini takomillashtirish; tijorat banklarida ichki kredit nazorati tizimini rivojlantirish; kredit resurslarini iste’mol va investitsiya talabini rag’batlantirishga yo’naltirish;

banklarning bank vositalarining xaridorgirligini joriy etish va takomillashtirish yo’li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini (shu jumladan valyuta mablag’larini) omonatlarga jalb qilish ishlari faollashuvini ta’minlaydigan ularning depozit siyosatini rivojlantirish;

banklarning investitsiya vositachilari sifatida tijorat banklarining rolini oshirishga; real sektorning ustuvor tarmoqlarini kreditlash ko’lamlarini kengaytirishga; iqtisodiyotning xususiy sektorini, shuningdek kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning moliyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga; banklarning investitsiya loyihalari va dasturlarini mablag’ bilan ta’minlashda qatnashishining yangi shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan investitsiya siyosatini takomillashtirish;

bank xizmatlarini kengaytirish va diversifikatsiyalash, bank mijozlariga xizmat ko’rsatishning zamonaviy bank mahsulotlari va texnologiyalarini joriy etish asosida tijorat banklari bilan ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirish;

bankning barqarorligi va faoliyat ko’rsatishi ishonchliligi oshishiga ko’maklashuvchi bankning joriy va strategik faoliyatini boshqarishda sifat va samaradorlik oshishini ta’minlovchi zamonaviy xalqaro standartlar va huquqiy normalarga javob beruvchi tijorat banklarida korporativ boshqarishni institutsional mustahkamlash;

bank xizmatlari bozorining, shuningdek tijorat banklari faoliyatining ularning mijozlari, investorlar va hamkorlar uchun ochiq bo’lishini oshirish;

monetar siyosat, davlat krediti, fiskal siyosat, ichki nazorat va auditlash, tashqi auditni o’z ichiga oluvchi banklar faoliyatini davlat tomonidan va ichki iqtisodiy tartibga solish tizimini takomillashtirish;

jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitlarida mamlakat moliya tizimi uchun salbiy tizimli tavakkalchiliklarga yo’l qo’yilmasligini ta’minlovchi mamlakatimiz tijorat banklarining jahon bank tizimiga izchil integratsiyalashuvini amalga oshirish;

moliyaviy sektorning huquqiy negizini takomillashtirish;

bankdan tashqari moliya muassasalarining, ayniqsa ichki investitsiya resurslarini jamlash masalasidagi faoliyatini rivojlantirish;

to’laqonli bank nazorati ostida bo’lgan yaxshi boshqariladigan kredit muassasasi bo’lishi mumkin bo’lgan banklarning milliy tarmog’ini yaratish;

bank sektorining ta’minlovchi kichik tizimlarini rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasi Bank tizimini isloh qilish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun ancha rivojlangan moliyaviy muhitni ta’minlash, kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikning amaliy faolligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz korxonalarining raqobatbardoshligi oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish, mamlakat iqtisodiyotiga qo’yilayotgan jamg’armalar va investitsiyalar darajasi jiddiy ravishda o’sishiga ko’maklashish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sish tendentsiyalarini mustahkamlash yo’li bilan iqtisodiyotda bir qancha ijobiy natijalarga olib keladi.

Bank tizimini isloh qilish dasturini amalga oshirish tadbirlari

T/r

Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Bajarish uchun mas’ul

Izoh

1. Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarruvtidan chiqarish

1.

Moliya vazirligi huzuridagi tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha agentlik tashkil etish

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2000 yilning , II choragi

Moliya vazirligi, Davlat mulki qo’mitasi, Markaziy bank, Moliya sektorini rivojlantirish agentligi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida

2.

Banklar aktsiyalarining bozor qiymatini belgilash uchun tijorat banklari aktivlarini baholash tartibini ishlab chiqish

Tartib loyihasi

2000 yilning I yarmi

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida

3.

2000-2001 yillar davomida «Asaka» banki aktsiyalarining 50 foizini xorijiy investorlarga sotish

Chora-tadbirlar jadvali

2000 yilning II choragi

«Asaka» banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo’mitasi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi

4.

2001 yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini aktsiyalashtirish va 40 foizini xorijiy investorlarga sotish

Chora-tadbirlar jadvali

2000 yilning II choragi

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo’mitasi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi

5.

O’z investorlarimiz va xorijiy investorlarni jalb qilish hisobiga 2000 — 2003 yillarda «O’zuyjoyjamg’armabank», «O’ztadbirkorbank», «Zamin» banki ustav sarmoyasidagi davlat ulushini kamaytirishga doir tadbirlar ishlab chiqish

Chora-tadbirlar jadvali

2000 yilning II choragi

Tegishli banklar, tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo’mitasi, Markaziy bank

6.

Banklar aktsiyalarini mintaqaviy filiallar orqali sotishni faollashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish

Tadbirlar ishlab chiqish

2000 yilning II choragi

Tijorat banklari

7.

Banklarning qiymatli qog’ozlarini birlamchi va ikkilamchi bozorda sotish mexanizmini takomillashtirish maqsadida reklama faoliyatini faollashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish

Tadbirlar ishlab chiqish

2000 yilning II choragi

Tijorat banklari

2. Bank tizimini institutsional rivojlantirish va bank ishini yanada takomillashtirish

1.

Ixtisoslashtirilgan tijorat banklari faoliyatini universallashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlariga o’zgartirishlar va ko’shimchalar kiritish

Vazirlar Maxkamasining qarori loyihasi

2000 yilning II yarmi

Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

2.

O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining banklarni foydadan soliq to’lovchilar toifasiga o’tkazish qismiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish

Qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Qonun loyihasi

2000 yilning II yarmi

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, tijorat banklari

3.

O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga banklar tomonidan to’lovlar o’tkazishni amalga oshirishda soliq organlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga xos bo’lgan funktsiyalarni ularga bosqichma-bosqich berish bo’yicha o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish

Qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Qonun loyihasi

2000 yilning I yarmi

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

4.

Moliya vazirligi huzurida Banklar aktivlari tarkibini o’zgartirish agentligini tashkil etish

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2000 yilning II choragi

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Moliya sektorini rivojlantirish agentligi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida

5.

2001 yilda O’zbekiston banklar uyushmasi huzurida Kredit-axborot byurosini tashkil etish va byuro ish tartibini ishlab chiqish

Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar

2001 yil davomida

O’zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari

Banklarning kredit operatsiyalari bo’yicha tavakkalchiliklarni diversifikatsiyalash va pasaytirish hamda banklarni salohiyatli qarz oluvchilarning kredit tarixi to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlash

6.

Tijorat banklari kreditlari o’z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun garovni sotish mexanizmini takomillashtirish maqsadida «Garov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirishlar va ko’shimchalar kiritish

Qonun loyihasi

2000 yilning II choragi

Markaziy bank, O’zbekiston banklar uyushmasi, Adliya vazirligi, Er resurslari davlat qo’mitasi

7.

2000-2001 yillarda hisob-kit?blarning naqd pulli va naqd pulsiz shakllarini bosqichma-bosqich birxillashtirishni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksini ishlab chiqish

Vazirlar Maxkamasining qarori loyihasi

2000 yilning I yarmi

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi

Qo’shimcha moliya resurslarini bank oborotiga jalb qilish va bank tizimiga bo’lgan ishonchni oshirish

8.

Banklar tomonidan seyf operatsiyalarini, shu jumladan, mijozlarning hujjatlari va boyliklarini saqlash, omonatga qo’yish ishlarini rivojlantirish maqsadida seyflar va ixtisoslashtirilgan xonalarni ijaraga berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish

Tartib loyihasi

2000 yilning III choragi

Xalq banki, tijorat banklari, Markaziy bank

9.

Aholi jamg’armalarini jamoa tartibida sug’urtalash jamg’armasining faoliyat ko’rsatish tartibini ishlab chiqish

Tartib loyihasi

2000 yil, aprel

O’zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, Markaziy bank

10.

«Markaziy bankda majburiy zaxiralarni tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan deponentlashtirish tartibiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish

YAngi tartib loyihasi

2000 yilning II choragi

Markaziy bank

11.

2000 — 2005 yillar davomida ustav sarmoyasini 10 mlrd so’mgacha ko’paytirgan holda Xalq bankining resurs bazasini ko’paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish

Farmon loyihasi

2000 yilning III choragi

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki

Mayda omonatchilar manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish va Xalq bankining barqaror sarmoya bazasini ta’minlash

3. Investitsiya jarayonlarining faol qatnashchilari sifatida tijorat banklarining rolini oshirish

1.

Kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun investitsiya jarayonlarida, ayniqsa xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi bo’yicha moliyaviy vositachilikni faollashtirish maqsadida O’zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish

Farmon loyihasi

2000 yilning III choragi

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

«KfV» (Germaniya) bankining texnikaviy ko’magi doirasida

2.

Kichik .va o’rta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologik innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xo’jaliklarini imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi tartibini ishlab chiqish

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2000 yilning I choragi

Markaziy bank, tijorat banklari

3.

Tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini sindikatlashtirilgan mablag’ bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqish

Tartib loyihasi

2000 yilning I yarmi

Markaziy bank, tijorat banklari

4. Xususiy tadbirkorlarni va aholini mikrokreditlash tizimini rivojlantirish

1.

Kredit shirkatlari (uyushmalari)ning me’yoriy-huquqiy bazalarini shakllantirish

Qonun va me’yoriy hujjatlar

2000 yilning II choragidan boshlab

Markaziy bank, Adliya vazirligi

Osiyo taraqqiyot bankining yordami doirasida

2.

Kredit shirkatlari (uyushmalari)ning tijorat banklari bilan o’zaro faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish

Me’yoriy hujjatlar

2000 yilning II choragidan boshlab

Markaziy bank, mahalliy hokimiyat organlari

Osiyo taraqqiyot baikining texnikaviy yordami doirasida

5. Bank axborot tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish

1.

Banklararo axborot-kompyuter infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida: 2000 — 2003 yillar davrida to’lov tizimini takomillashtirish maqsadida mavjud raqamli bank telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha texnik loyihani ishlab chiqish; banklararo ma’lumotlarni uzatish tarmog’ini xalqaro banklar tarmoqlariga ulash bo’yicha texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish; 2001-2002 yillarda ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog’iga Respublika moliya tuzilmalarini ulash bo’yicha texnikaviy hujjatlarni tayyorlash; 2000-2002 yillar davrida Markaziy bankning elektron pochta tizimini zamonaviylashtirish tadbirlar kompleksini amalga oshirish

Texnik loyiha- Texnikaviy hujjatlar Texnikaviy hujjatlar Tadbirlar

2000 yilning II yarmi 2001 yilning II choragi 2001 yilning I yarmi 2000 yilning II yarmi

Markaziy bank, O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, tijorat banklari Markaziy bank, tijorat banklari, O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, .Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank

2.

Ikkita tijorat bankida boshqaruv axborot tizimi (BAT) pilot loyihasini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar kompleksini o’tkazish

BAT loyihasini tayyorlash va texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish

2001 yilning III choragi

Markaziy bank, tijorat banklari

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

3.

Plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarning milliy tizimini joriy etish maqsadida: plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyat ko’rsatishining me’yoriy huquqiy va uslubiy bazasini shakllantirish; tijorat banklari ishtirokida alohida olingan mintaqada pilot loyihasini joriy etish chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish

Me’yoriy hujjatlar Texnikaviy loyihani tayyorlash

2000 yilning III choragi 2000 yilning III choragi

Markaziy bank, Banklar uyushmasi, tijorat banklari Banklar uyushmasi, tijorat banklari, Markaziy bank

6. Bank menejmenti va bank kadrlari tayyorlash usullarini takomillashtirish

1.

Aktsiyadorlar, Banklar kengashlari, ichki audit xizmatlari, kredit qo’mitalari, xaridorgirlik boshqarmalari rolini kuchaytirishni nazarda tutadigan tijorat banklarida korporativ boshqarish va kreditlar berilishi va kreditlar qaytarilishi uchun ularning javobgarligini oshirish to’g’risidagi Nizomning yangi tahririni ishlab chiqarish

Nizom loyihasi

2000 yilning II choragi

Markaziy bank, Adliya vazirligi texnikaviy vazirligi, tijorat banklari ko’magida

«USAID» texnikaviy ko’magida

2.

Quyidagilar: 2000-2002 yillarda Banklarning markazlashtirilgan fondi mablag’lari hisobiga oliy o’quv yurtlari, bank kollejlari va sinflari uchun darsliklar, qo’llanmalar va uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini, shuningdek birxillashtirilgan o’quv dasturlarini shakllantirish bo’yicha;

Banklar uyushmasi s’ezdi qarori va ishlab chiqish dasturi Dasturlar loyihasi

2000 yilning I yarmi 2000 yilning II choragi

O’zbekiston banklar uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika bank o’quv markazi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tijorat banklari

AQSh, YAponiya Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya va boshqa xorijiy etakchi banklar bilan birgalikda bank mutaxassislarini tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo’yicha

O’zbekiston banklar uyushmasi, Bank moliya akademiyasi, Respublika bank o’quv markazi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish bo’yicha; banklar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, professional o’sishini rag’batlantirish va ta’minlashni, shuningdek rag’batlantirishning nomoddiy uslublari tizimini nazarda tutadigan bank xodimlari mehnatini asoslash bozor usullari tizimini yanada taqomillashtirish bo’yicha tadbirlar kompleksini tayyorlash

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2000 yilning I yarmi

O’zbekiston banklar uyushmasi, Markaziy bank, tijorat banklari

3.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlari bilan qo’shma loyihalarni amalga oshirish doirasida o’quv bankini tashkil etish

Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar

2000 yilning I yarmi

O’zbekiston banklar uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika bank o’quv markazi

7. Bank nazoratini yanada rivojlantirish

1.

Tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo’yicha Markaziy bank rolini takomillashtirish maqsadida «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish

Qonun loyihasi

2000 yilning I yarmi

Markaziy bank, Adliya vazirligi

2.

Tijorat banklarining bank aktsiyadorlarini salohiyatli investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ochiqligini ta’minlash maqsadida ularning e’lon qilinadigan hisobotlari to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish

Nizom loyihasi

2000 yilning III choragi

Markaziy bank

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi 104-son qaroriga
2-ILOVA

Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan aktsiyadorlik-tijorat banki kengashi to’g’risida

NAMUNAVIY NIZOM

1. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu Nizom «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida», «Banklar va bank faoliyati», «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, bank ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.

2. Nizom «__________» aktsiyadorlik-tijorat banki kengashi maqomini belgilaydi va ishini tartibga soladi, Kengash a’zolarini saylash tartibini, shuningdek Bank kengashi a’zosining huquqlari va vazifalarini belgilaydi.

3. «_________» aktsiyadorlik-tijorat banki kengashi (keyingi o’rinlarda Bank kengashi deb ataladi) bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Aktsiyadorlar umumiy majlisining mutlaq vakolatiga taalluqli masalalar bundan mustasno.

2. BANK KENGAShINING HUQUQLARI VA VAZIFALARI

4. Bank kengashi quyidagi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishda mutlaq huquqqa egadir:

bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash, shu jumladan, uning kredit siyosatini ishlab chiqish;

bankning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini tasdiqlash;

yillik hisobotni, foyda va zararlar hisob raqamlarini ko’rib chiqish va ularni Aktsiyadorlar umumiy majlisiga tasdiqlash uchun kiritish;

bank ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish hamda ularni Aktsiyadorlar umumiy majlisiga tasdiqlash uchun kiritish;

moliya yili uchun daromad va xarajatlar rejasini tasdiqlash to’g’risida qarorlar qabul qilish;

obligatsiyalar chiqarish va bankning boshqa qarz majburiyatlari to’g’risida, ularni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda sotib olish tartibi to’g’risida qarorlar qabul qilish;

yangi bo’limlar, filiallar, chet ellarda vakolatxonalar tashkil etish to’g’risida qarorlar qabul qilish;

tijorat, sho’’ba va aloqador korxonalar tashkil etishni nazarda tutuvchi investitsiyalar to’g’risida qarorlar qabul qilish;

Boshqaruv a’zolariga beriladigan mukofotlar va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;

Bank boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarini tasdiqlash.

5. Bank boshqaruv Bank kengashi bilan kelishgan holda quyidagilar to’g’risida qarorlar qabul qiladi:

bank aktsiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy majlislarini chaqirish;

bankning zaxira va boshqa jamg’armalaridan foydalanish bo’yicha qarorlar qabul qilish;

yirik bitishuvlar tuzish, shu jumladan, o’z vakolati doirasida korxonalarga (bitishuvlar yoki umumiy qiymati qaror qabul qilingan sanada bank sarmoyasining 15 foizidan ko’prog’ini tashkil qiladigan bir nechta o’zaro bog’liq bitishuvlar) mol-mulk sotib olish va ularni begonalashtirish bilan bog’liq kreditlar berish;

agar ilgari berilgan kreditlar qaytarilmagan bo’lsa, bitta qarz oluvchiga yangi kreditlar berish;

Bank ustavida Kengashga berilgan vakolatlarga oid boshqa masalalarni hal qilish.

6. Quyidagilar Bank kengashi vazifalari hisoblanadi:

o’z vakolatlarini bank aktsiyadorlari manfaatlarini ko’zlab amalga oshirish;

bankka vakolatli rahbarlikni ta’minlash;

bank faoliyati, kreditning to’g’ri berilishi va mablag’larning investitsiyalanishi ustidan joriy nazoratni amalga oshirish (omonatchilar, kreditorlar va aktsiyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida);

bankning teng ravishda kapitallashuvini saqlab turish;

bank faoliyati strategiyasini shakllantirish;

bankni rivojlantirishga oid qabul qilingan biznes-rejalarning bajarilishini nazorat qilish;

bank daromadlari ustidan monitoringni amalga oshirish;

ichki audit xizmati faoliyat ko’rsatishini tashkil etish;

har chorakda bank faoliyati natijalarini eshitish.

3. BANK KENGAShINI SAYLASh VA UNI O’TKAZISh TARTIBI

7. Aktsiyadorlarning umumiy Majlisi, Bank kengashi hamda Bank boshqaruvi bankni boshqarish organlari hisoblanadi. Aktsiyadorlarning umumiy Majlisi boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.

8. Bank kengashi tarkibida a’zolarning vakilligi aktsiyadorlar ulushlariga mutanosib bo’lishi kerak.

9. Bank kengashi raisi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Bank kengashi raisining o’rinbosari Kengash a’zolari orasidan Bank kengashi raisi tomonidan tayinlanadi.

10. Bank boshqaruvi a’zolari hamda Boshqaruv raisi Bank kengashiga saylanishlari mumkin emas.

11. Bank kengashi raisi Moliya vazirligidan davlat ishonchli vakili hisoblanadi, unga davlatga tegishli aktsiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklanadi.

12. Bank kengashi tarkibiga saylangan shaxslar uning tarkibiga cheklanmagan marta saylanishlari mumkin.

13. Aktsiyador o’ziga tegishli aktsiyalar bo’yicha ovozlarni Bank kengashi a’zoligiga nomzodlardan biriga to’liq yoki bir necha nomzodga taqsimlab berishga haqlidir.

14. Bank kengashi raisi:

Kengash ishini tashkil etadi;

Kengash majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;

majlislarda protokol yuritilishini tashkil etadi;

Aktsiyadorlarning umumiy majlisini ochadi va uning hay’ati tarkibiga kiradi, bank nomidan Boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomasi tuzadi;

bank ustavida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.

15. Bank kengashi raisi joyida bo’lmagan taqdirda uning funktsiyalarini qonun hujjatlarida va bank ustavida belgilangan tartibda tayinlanadigan Kengash a’zolaridan biri amalga oshiradi.

16. Bank kengashi Majlisi Kengash raisining o’z tashabbusiga ko’ra yoki:

bank ustav sarmoyasidagi davlat ulushini boshqarish vakolati berilgan organ sifatidagi Moliya vazirligi;

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki;

Kengashning ikki va undan ortiq a’zolari;

Taftish komissiyasi;

Boshqaruv;

bank ichki audit xizmati rahbari;

bank tashqi auditorining talabiga ko’ra chaqiriladi.

17. Bank kengashi majlisini chaqirish va uni o’tkazish tartibi ustavda belgilanadi (Bank kengashi majlislari, qoidaga ko’ra, Kengashning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq chaqiriladi).

18. Bank kengashi majlisini o’tkazish uchun kvorum bank ustavida belgilanadi, lekin u Bank kengashining saylangan a’zolarining 2/3 qismidan kam bo’lmasligi kerak. Kengashning ayrim a’zolari kelolmagan taqdirda ularning ovozlari yozma ravishda so’rov yo’li bilan hisobga olinadi.

19. Kengash a’zolarining soni ustavda nazarda tutilgan a’zolar sonining 2/3 qismidan kam bo’lib qolgan taqdirda bank Bank kengashining yangi tarkibini saylash uchun Aktsiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy majlisini chaqirishga majbur. Bank kengashining qolgan a’zolari faqat Aktsiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy majlisini chaqirish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.

20. Bank kengashi majlisida qarorlar qatnashayotganlarning ko’pchilik, kamida 2/3 qismining ovozi bilan qabul qilinadi.

21. Bank kengashi bir a’zosi ovozining Kengashning boshqa a’zosiga berilishiga yo’l qo’yilmaydi.

22. Bank kengashi majlisida protokol yuritiladi, u Kengash Majlisi o’tkazilgandan keyin 10 kundan kechikmay tuziladi va tasdiqlanadi.

23. Majlis protokolida:

majlis o’tkazilgan joy va vaqt;

majlisda qatnashgan shaxslar;

majlis kun tartibi;

ovozga qo’yilgan masalalar, ular bo’yicha ovoz berish natijalari;

qabul qilingan qarorlar ko’rsatiladi.

24. Bank kengashi majlisining protokoli majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi, u protokolning to’g’riligi uchun javob beradi.

25. Bank kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda ovozlar teng bo’lib qolgan taqdirda Bank kengashi raisi hal qiluvchi ovozga ega bo’ladi.

26. Bank kengashi qarorlari bilan bank aktsiyadorlari tanishtirilishi mumkin (tijorat siri bo’lgan qarorlar bundan mustasno).

4. BANK KENGAShI A’ZOLARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

27. Bank kengashi a’zosi quyidagi huquqlarga ega:

Bank kengashi majlisida shaxsan qatnashish, ish tartibiga muvofiq ajratilgan vaqt doirasida majlisda muhokama qilinayotgan masala bo’yicha so’zga chiqish;

bankning muayyan davr mobaynidagi faoliyati natijalari, bankni rivojlantirish rejalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborot olish;

yuklangan funktsiyalarni bajargan holda Bank kengashida ishlaganligi uchun muayyan miqdorda mukofot olish.

Kengashning har bir a’zosi uchun aniq funktsiyalar Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash a’zosining har biri uchun mukofotlar va kompensatsiyalar miqdori Aktsiyadorlarning umumiy Majlisi tomonidan belgilanadi.

28. Bitishuv tomonlaridan biri bank bo’lgan bitishuvdan Kengash a’zosi moliyaviy manfaatdor bo’lgan taqdirda, shuningdek Kengash a’zosi va bank manfaatlari o’rtasida boshqa nizo paydo bo’lganda Kengash a’zosi bitishuv sodir etilgunga qadar oldindan Kengashni o’z manfaatdorligi to’g’risida xabardor qilishi kerak, bitishuv to’g’risidagi qaror esa bunday manfaatdorlikka ega bo’lmagan Kengash a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan yoxud aktsiyadorlarning umumiy majlisida ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinishi kerak. Bunda Kengashning manfaatdor a’zolari bunday bitishuv bo’yicha muhokamada ham, qaror qabul qilishda ham qatnashmaydilar.

29. Kengash a’zolari Kengash tomonidan u yoki bu tusdagi qaror qabul qilishga ta’sir o’tkazganliklari uchun bevosita yoki bilvosita mukofot olish huquqiga ega emaslar.

30. Kengash a’zolari bankning imkoniyatlari (bankning mulkiy va nomulkiy huquqlari, xo’jalik faoliyati sohasidagi imkoniyatlari, faoliyati va rejalari to’g’risidagi axborotlar)dan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish huquqiga ega emaslar.

5. BANK AKTSIYADORLARINING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISh

31. Bank aktsiyadorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish Kengash tomonidan:

bank faoliyatini aktsiyadorlar manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etish;

Aktsiyadorlar umumiy majlislarining tayyorlanishi va o’tkazilishini nazorat qilish;

ovoz berish, ovozlarni hisoblash va qarorlar qabul qilish tartibotlari;

ustav fondini ko’paytirish yohud kamaytirish, qo’shimcha qimmatli qog’ozlar chiqarish va boshqalar bilan ustav sarmoyasi ulushlari o’zgartirilganda aktsiyadorlar huquqlari cheklanishiga yo’l qo’ymaslik;

bankning samarali dividend siyosatini ishlab chiqish;

bank aktsiyadorlarining o’zaro munosabatlari bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish;

Boshqaruvning noqonuniy va asoslanmagan xatti-harakatlari ustidan aktsiyadorlarning takliflari va shikoyatlarini qabul qilish va ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi.

6. BANK FAOLIYATINI NAZORAT QILISh

32. Bank kengashi Boshqaruvdan vaqti-vaqti bilan (kamida har chorakda bir marta) bankning moliyaviy ahvoli va faoliyati, shu jumladan ularni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar to’g’risida qisqacha ma’lumotlar va yozma hisobotlar oladi, shuningdek, Boshqaruv raisi va ichki audit xizmati rahbarining axborotlarini eshitadi.

Kengash a’zolari bu hisobotlarning to’g’riligini va tavsiyalarni amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadida ularni sinchiklab tekshiradilar.

33. Xususan, quyidagi moliyaviy koeffitsientlar Kengash tomonidan muntazam nazorat qilinadigan ko’rsatkichlar hisoblanadi:

aktivlarga nisbatan daromad;

oddiy aktsiyalar bo’yicha daromad;

umumiy foiz marjasi miqdori;

bankning aktivlarga nisbatan foizlar to’lash bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlari;

barcha kreditlarga nisbatan shubhali va ishonchsiz kreditlar ulushi;

barcha kreditlarga nisbatan hisobdan chiqarilgan kreditlar ulushi;

yirik kreditlar summasi va bank bilan bog’liq shaxslarga berilgan kreditlar.

7. KADRLAR SIYoSATINI AMALGA OShIRISh

34. Bank kengashi bankning kadrlar siyosatini, yuqori malakali bank rahbarlari va xodimlarini jalb qilish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

35. Kadrlar siyosati qonun hujjatlariga muvofiq:

bank xodimlarini mukofotlash, rag’batlantirish va jazolash tizimini;

o’qitish va qayta o’qitish dasturini;

bo’sh o’rinlar paydo bo’lganda rahbarlikka ko’tarish tartibini;

bank rahbariyati ishdan bo’shatilishi majburiy bo’lgan holatlarni belgilashni o’z ichiga oladi.

36. Bank kengashi Bank boshqaruvi raisi va rais o’rinbosarlari nomzodlarini lavozimga tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

37. Bank kengashi:

Bank boshqaruvi a’zolari hamda asosiy xizmatlar rahbarlari ishini baholash mezonlarini;

axloq kodeksini va manfaatlar qarama-qarshiliklarini bartaraf etish chora-tadbirlarini;

omilkor bo’lmaganligi, vijdonan ishlamaganligi, manfaatlar qarama-qarshiligi tufayli bankning mansabdor shaxslari yuklangan vazifalardan chetlatiladigan shart-sharoitlar ro’yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

8. BANKNING TENG KAPITALLAShUVINI SAQLAB TURISh

38. Bank kapitalini saqlash va uning operatsiyalar ko’lami tavakkalchilik darajasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida Bank kengashi:

bank tomonidan vujudga kelishi mumkin bo’lgan boy berishga qarshi Markaziy bank belgilagan miqdorlarda maxsus zaxiralar yaratilishini nazorat qiladi;

Bank boshqaruvidan bank tavakkalchiliklari darajasi Markaziy bank belgilaganidan yuqori bo’lmasligini ta’minlashni talab qiladi;

bank aktsiyalarini joylashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

bankning kapital va umumiy zaxiralari etarli darajada saqlab turilishini ta’minlaydi.

9. BANKNI RIVOJLANTIRISh BIZNES-REJASINI ShAKLLANTIRISh VA UNI AMALGA OShIRISh

39. Bank kengashi bankni rivojlantirish biznes-rejasini (ham mustaqil ravishda, ham chetdan maslahatchilar va ekspertlarni jalb qilgan holda) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biznes-reja:

kredit berish to’g’risida qaror qabul qilish siyosatini;

kreditlarni nazorat qilish tartibotini;

aktivlar va passivlarni boshqarish tizimini;

investitsiyalash tartibini o’z ichiga oladi.

40. Kengash bankni rivojlantirish biznes-rejasi uning Boshqaruvi tomonidan amalga oshirilishini ta’minlaydi.

41. Bankni rivojlantirish biznes-rejasi, qoidaga ko’ra, unga zarur o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish maqsadida, yiliga kamida bir marta qayta ko’rib chiqiladi.

10. BANK KENGAShI A’ZOLARINING JAVOBGARLIGI

42. Bank kengashi a’zolari bank va uning aktsiyadorlari oldidagi o’z majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va bank ustaviga muvofiq javob beradilar.

43. Kengash yig’ilishida ovoz berishda qatnashmagan yoki bankka zarar etkazishga olib kelgan qaror uchun qarshi ovoz bergan Bank kengashi a’zolari javobgarlikdan ozod qilinadilar.

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi 104-son qaroriga
3-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining o’z kuchini yo’qotgan qarorlari

RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada kassa a’mollarini tartibga solishning kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida» 1992 yil 24 iyuldagi 346-son qarorining 9-bandi.

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Aholining O’zbekiston jamg’armalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari bo’yicha yangi foiz stavkalarini tasdiqlash haqida» 1993 yil 16 yanvardagi 36-son qarori.

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoya qilishni kuchaytirish to’g’risida» 1993 yil 5 maydagi 204-son qarorining 6-bandi.

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul muomalasini barqarorlashtirishga oid qo’shimcha choralar to’g’risida» 1993 yil 6 noyabrdagi 533-son qarori.

5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 1994 yil 18 martdagi 146-son qarori.

6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika bank tizimi boshqaruvi tuzilmasini va uning amaliy faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 1994 yil 3 maydagi 234-son qarorining 2-bandi.

7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan pul tushumi tushishi ustidan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» 1994 yil 29 iyundagi 331-son qarori.

8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida» 1994 yil 11 iyuldagi 356-son qarorining 1 va 4-bandlari.

9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi byudjetining ijrosini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 1997 yil 31 iyuldagi 379-son qarorining 8-bandi.

10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo’jaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» 1998 yil 7 fevraldagi 61-son qarorining 6-bandi.

11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «YAngi tashkil etilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» 1999 yil 30 martdagi 146-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.

 

 

ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA  

(yangi tahriri)

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 

Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

2-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 

Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 

3-modda. Elektron tijorat 

Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir. 

4-modda. Elektron tijoratning asosiy prinsiplari 

Elektron tijoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;

elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;

elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi. 

5-modda. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati 

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgandir. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik sohasiga investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta’minlash;

elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlik. 

6-modda. Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solish 

Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u elektron tijorat sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi. 

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

 
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari 

Maxsus vakolatli davlat organi:

elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

boshqa manfaatdor davlat organlari va o‘zga tashkilotlar bilan birgalikda, o‘z vakolatlari doirasida elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;

elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda va ularning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;

elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va monitoringni tashkil etadi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

 
9-modda. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning yuridik kuchi 

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot (bundan buyon matnda elektron xabarlar deb yuritiladi) o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.

Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijoratda oferta elektron hujjat tarzida tuziladi.
Elektron tijorat ishtirokchisining oferta qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni sodir etish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 

10-modda. Elektron tijorat ishtirokchisi 

Elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron tijorat ishtirokchisidir.

Elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, uning ishtirokchisiga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qo‘shimcha talablar yoki cheklovlar belgilanishi uchun asos bo‘la olmaydi. 

11-modda. Elektron tijorat ishtirokchisining huquq va majburiyatlari 

Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:

elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish (taklif etish);
elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish;

elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga saqlash uchun topshirish.

Elektron tijorat ishtirokchisi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi:

elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda raqobat to‘g‘risidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

qonun hujjatlariga muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini ta’minlashi;
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi shart.

Elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 

12-modda. Axborot vositachisi 

Elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs axborot vositachisidir.

Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;

elektron tijorat ishtirokchilarining to‘lov tizimlaridan foydalanilishini va to‘lovlar o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi banklar;

elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.

Axborot vositachilari jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin. 

13-modda. Axborot vositachisining huquq va majburiyatlari 

Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:

o‘z vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish;

elektron tijorat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.

Axborot vositachisi:

elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;

o‘zining to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularni ko‘rsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;

elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirmasligi (bundan elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno);

elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlashi;

elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi (bundan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar mustasno) shart.

Elektron tijorat ishtirokchilarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlari va elektron xabarlari mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar bo‘lmaydi.
Axborot vositachisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 

14-modda. Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari 

Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan kiritiladigan alohida shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat o‘tganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini ta’minlashi shart. 

15-modda. Elektron tijoratdagi shartnomani tuzish va bajarish 

Elektron tijoratdagi shartnoma akseptni amalga oshirish yo‘li bilan:

elektron hujjat tarzida;

elektron xabar tarzida;

ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni sodir etish orqali tuzilishi mumkin.
Elektron tijoratdagi shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etiladi.

Elektron tijoratdagi shartnomani bajarish bilan bog‘liq hujjatlar elektron hujjat tarzida yoki qog‘ozda rasmiylashtirilishi mumkin. 

16-modda. Elektron tijoratda ofertaga qo‘yiladigan talablar 

Elektron tijoratda oferta:

oferta qiluvchi elektron tijorat ishtirokchisining to‘liq nomini;

oferta qiluvchi elektron tijorat ishtirokchisining pochta va elektron manzilini;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi);

elektron tijoratdagi shartnomani tuzish tartibini;

elektron tijoratdagi shartnoma shartlarini kelishib olish chog‘ida unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish imkoniyati hamda tartibini;

akseptni yuborish va chaqirib olish tartibini;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va ularga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ular uchun taklif etilayotgan narxlarni (tariflarni);

hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga taalluqli qaydlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.

Elektron tijoratda oferta qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 

17-modda. Elektron tijoratda davlat xaridlari va korporativ xaridlarni amalga oshirish 

Elektron tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

18-modda. Elektron tijoratda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish 

Agar taraflarning kelishuvida va (yoki) qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijoratda shaxsga doir ma’lumotlardan shartnoma maqsadidan o‘zga maqsadlarda foydalanish hamda ularni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.

Shaxsga doir ma’lumotlardan ofertani va (yoki) reklamani tarqatish, shu jumladan elektron hujjatlarni yoki elektron xabarlarni ommaviy tarzda yuborish orqali tarqatish uchun ushbu ma’lumotlar egasining roziligisiz foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

19-modda. Nizolarni hal etish 

Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 

20-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 

Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda ma’qullangan 

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi 613–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 82-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
I. KARIMOV

Toshkent shahri, 

2015-yil 22-may 

№ O‘RQ—385

 

 


 

 

Plastik kartochkalar bo'yicha yagona tariflar rejasi (2012 yil 1 maydan kuchga kiradi)

 

«TASDIQLAYMAN»

«UZKART» Banklararo to'lov tizimi Banklararo muvofiqlashtirish Kengashi Raisi

(Imzo) S.P. Abdullaev

«11» aprel 2012 y.

«TASDIQLAYMAN»

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining birinchi o'rinbosari

(Imzo) U.M. Mustafoev

«11» aprel 2012 y.

Banklararo to'lov tizimida mijozlarga xizmat ko'rsatishda "So'm” plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari tomonidan amal qilinishi lozim bo'lgan tariflar

Rejasi

T/R

Xizmat turlari

O'rnatilgan Tarif

Izoh

1

Bank plastik kartochkalarini emissiya qilishda bank xizmatlari haqi:

1.1 Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya loyihalari asosida plastik kartochka emissiya qilishda bepul
1.2 Jismoniy shaxs plastik kartochkasi (1.1-bandda keltirilgan holatlardan tashqari) mijoz bilan kelishuv asosida
(5 € gacha)
O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha
1.3 Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor plastik kartochkasi mijoz bilan kelishuv asosida
(20 € gacha)
O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha
1.4 To'lov terminali savdo kartasi bepul O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha

2

Plastik kartochka yo'qotilganda yoki shikastlanganda uni yangisiga almashtirilganda undiriladigan bank xizmatlari haqi:

2.1 Jismoniy shaxslarga yo'qotilgan yoki shikastlangan plastik kartochkalari o'rniga yangisi berilganda 5 € O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha
2.2 Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning yo'qotilgan yoki shikastlangan korporativ kartochkalari o'rniga yangisi berilganda mijoz bilan kelishuv asosida
(25 € gacha)
O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha

3

“So'm” plastik kartochkaga texnik xizmat ko'rsatishda undiriladigan bank xizmatlari haqi:

3.1 So'm plastik kartochkaning amal qilish muddatini uzaytirish bepul
3.2 Plastik kartochkani blokirovka holatidan chiqarish bepul
3.3

Plastik kartochkani “Stop-list”ga qo'yish (barcha turdagi plastik kartochkalar uchun)

1000 so'm

4

Bank tomonidan savdo, umumiy ovqatlanish va pullik xizmat ko'rsatish ob'ektlariga o'rnatilgan to'lov terminallariga tushgan mablag'larni inkassatsiya qilinganda olinadigan komission to'lovlar haqi:

4.1 - bankning o'z mijozlari uchun bepul
4.2 - boshqa bank mijozlari uchun bepul

5

Bank tomonidan to'lov terminallari ijaraga berilganda olinadigan komission to'lovlar:

5.1 Yuridik shaxslardan to'lov terminallari uchun ijara haqi (oylik) mijoz bilan kelishuv asosida
(10 € gacha)
O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha
5.2 Yakka tartibdagi tadbirkorlardan to'lov terminallari uchun ijara haqi (oylik) mijoz bilan kelishuv asosida
(5 € gacha)
O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha
5.3 To'lov terminalini ta'mirlab bo'lmaydigan darajada ishdan chiqarish yoki uni yo'qotish hollarida qo'llaniladigan jarima sanktsiyalari to'lov terminalining qoldiq qiymati va qo'shimcha ravishda to'lov terminali turidan kelib chiqqan holda mijoz bilan kelishuv asosida (40 € gacha)

O'zR Markaziy banki kursi bo'yicha yo'qotilgan terminal narxi miqdorida

6

Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalariga mablag'lar kirim qilinishida (mablag'lar manbasi va bank emitentidan qat'iy nazar) olinadigan komission to'lovlar:

bepul*

7.

Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan mablag'lar ishlatil-ishida undiriladigan komission to'lovlar:

7.1 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan mablag'lar to'lov terminallari orqali ishlatilganda bepul
7.2 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan mablag'lar infokiosk va bankomatlar orqali ishlatilganda bepul
7.3 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi mablag'lar (bank emitentidan qat'iy nazar) naqd pul shaklida berilganda bepul

Izoh: Ushbu tariflar rejasi 2012 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi va barcha tijorat banklari tomonidan amal qilinishi lozim.
Shuningdek, ushbu tarifda ko'zda tutilmagan boshqa xizmat turlari bo'yicha komissiya miqdori tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

* Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalardan kelib tushgan mablag'larga taaluqlidir.

 

 

O'qildi: 3361 marta Eng so'ngi o'zgarish kiritilgan sana: Juma, 28 Avgust 2015 17:51
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :