O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

AKT va Elektron hukumat tizimi

Aprel 10, 2014

 

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasida "Elektron hukumat" tizimi hamda ahborot kommunikatsiya texnologiyalarni yo'lga qo'yish borasida olib borilayotgan faoliyat to'g'risida 

           AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bo’yicha mas’ul bo’linmaning pasporti, hamda AKTni joriy etish bo’yicha savolnomalar doimiy ravishda to'ldirib kelinmoqda. Yagona portal orqali tushgan murojaatlar o'z vaqtida ko'rib chiqilib, murojaat qiluvchilarga yordam ko'rsatib kelinmoqda. 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989-sonli “O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choralari to’g’risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida:

- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida YAgona hisob kitoblar markazini tashkil etish bo’yicha takliflar (31.07.2013 y.dagi 07/252-onli xat), hamda “O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimi faoliyati to’g’risidagi Nizomga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Qaror loyihasi Markaziy bankka yuborildi (06.08.2013y.dagi 04/262 – sonli xat). Mazkur o’zgartirishlar 2013 yilning 2 sentyabrida Adliya Vazirligi tomonidan 2369-1-son bilan davlat ro’yxatiga olindi;

- Respublika Markaziy bankining 2013 yil 29 iyundagi 710-sonli Farmoyishi bilan O’zbekiston Respublikasi “Kliring” axborot tizimi majmuasi bo’yicha tegishli muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etildi;

- qaror bilan tasdiqlangan 2013 – 2020 yillarda respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturining 11 – bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi “Kliring” axborot tizimi majmuasini o’z vaqtida amaliyotga joriy etish bo’yicha Nazorat rejasi tasdiqlandi;

- respublika tijorat banklarining to’lov tizimlarini birlashtiruvchi YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan plastik kartochkalar orqali chakana to’lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirilishini ta’minlovchi maxsus billing markazi faoliyati tashkil etilganligi to’g’risidagi ma’lumot O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi. Hozirda ushbu markaz bir qator korxona va tashkilotlarning billing tizimi bilan integratsiyalashgan bo’lib, plastik kartochkalar egalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha to’lovlar ushbu korxonalarning hisobvaraqlariga real vaqt rejimida kirim qilinishi ta’minlandi. Shuningdek tijorat banklari va yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan banklararo chakana to’lov tizimining amaldagi texnologik platformasi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan bo’lib, hozirda yangi turdagi plastik kartochkalar egalariga shaxsiy hisobvaraqlardan to’lovlarni Internet tarmog’i orqali amalga oshirilishi ta’minlash maqsadida Internet – banking, mobil - bankning va elektron tijorat xizmatlari amaliyotga joriy etildi;

- tashkil etilayotgan hisob kitoblar kliring tizimini tijorat banklarining avtomatlashtirilgan tizimlari, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarning billing tizimlari va YAgona umurespublika protsessing markazi bilan o’zaro faoliyat ko’rsatishi bo’yicha texnologik yo’riqnomani sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida 2013 yil 30 avgustda 07/295-sonli xat bilan Tizim ishtirokchilarining o’zaro axborot aloqasi Reglamenti loyihasi Markaziy bankka yuborildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2013 yilning 16 sentyabridan “O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimining Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank vazifalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Axborot tizimlari va “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlar bazasini yaratish bo’yicha loyihalar va choralar ro’yxati” 2-ilovaning 11 bandiga muvofiq yaratilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning “MUNIS” to’lov tizimi orqali amalga oshirilishi boshlandi.

“Elektron xukumat” tizimini yanada rivojlantirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari U.Ro’ziqulovda yig’ilishlar o’tkazish Kalendar rejasining 4 va 7 bandlari 3 xatboshida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida aholiga chakana to’lov xizmatlarini ko’rsatish sohasida, shu jumladan plastik kartochkalar orqali on-layn rejimida jarima va bojlarni to’lash imkoniyatini beruvchi tizimni joriy etish bo’yicha o’zaro hamkorlikni o’rnatish to’g’risidagi takliflar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Adliya Vazirliklariga yuborildi (30.08.2013 y.dagi 07/293 – sonli xat).

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar Davlat Qo’mitasining o’zaro topshirig’iga (28.08.2013 y.dagi MA/21-01-32-290/1082 va №18-8/43-03 – sonli xat), hamda O’zbenkiston Respublikasi Bosh Vazir o’rinbosarining topshirig’iga (16.08.2013 y.dagi 08/02-4-37-son) muvofiq O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan amaldagi harajatlar smetasiga o’z infratuzilmasida AKTni yanada rifojlantirishga yo’naltirilgan tegishli o’zgartirishlar kiritildi va O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar Davlat Qo’mitasining NIS.UZ tizimida ixtisoslashtirilgan bo’linmalar pasportlarida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi hisobot yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 avgustadagi 08/02-17 – sonli topshirig’iga muvofiq O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining amaldagi rasmiy www.uba.uz veb – sayti takomillashtirilib, unga bloglar, forumlar va ingliz tilidagi versiyalar kiritildi. Mazkur veb-saytni rasman 2013 yilning 10 oktyabrdan ishga tushirildi.

O'qildi: 3205 marta Eng so'ngi o'zgarish kiritilgan sana: Payshanba, 10 Aprel 2014 03:37
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :