O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

Ko'rsatkichlar

Aprel 10, 2014

 BANK MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISh

 2013 yil davomida Markaziy bank va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tijorat banklari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi tizimli ishlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438–sonli Qarorining tegishli bandlarini bajarishga yo’naltirildi. Xususan:

- O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining qo’shma farmoyishiga asosan respublikamizning barcha viloyatlarini chekka tumanlarida “Tadbirkorlik – obod turmush poydevori” mavzusida qator seminarlar o’tkazildi;

- Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida dolzarb yo’nalishlar bo’yicha yangi fakultetlar ochish borasida Sanderland universiteti bilan hamkorlikda:“Buxgalteriya va moliyaviy menejment”, “Biznesda axborot texnologiyalari” kabi bakalavriatning yangi yo’nalishlari, shuningdek “Menejment va biznes boshqaruv”, “Moliya” va “Marketing” kabi yangi magistratura yo’nalishlari, hamda Bangor (Buyuk Britaniya) universiteti bilan hamkorlikda: “Bank ishi va moliya”, “Iqtisod”, “Sanoat menejmenti” va “Biznes boshqaruv” kabi bakalavriatning yangi yo’nalishlarini ochish bo’yicha bayonnoma imzolandi;

- Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti bazasida tijorat banklari bosh buxgalterlari va ularning o’rinbosarlari uchun “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari tizimi asosida xalqaro buxgalterlik hisobi” mavzusida 3 oylik maxsus kurs tashkil etildi;

- O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank o’quv markazi, Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bazasida bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha o’quv kurs va maxsus seminarlar tashkil etildi:

2013 yil davomida bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha tashkil etilgan
o’quv kurslar va maxsus seminarlar kesimida tahsil olgan bank xodimlari to’g’risida ma’lumot.

(jami tahsil olganlar soniga nisbatan foizda)

 

O’quv kurslari nomi

     2013 yilda jami tahsil olgan bank xodimlarining soniga nisbatan %da

1

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: nazariya va amaliyot asoslari”

5,75%

2

“Tijorat banklarida investitsion faoliyatini tashkil etish”  

1,27%

3

MXXS ga asosan tijorat banklari faoliyatini baholash

2,97%

4

"Bank ishida xalqaro standartlar"

2,73%

5

Tijorat banklarida yangi bank xizmatlari sifatini oshirish yo’llari

1,90%

6

“Tijorat banki risklarini boshqarish ”  

3,95%

7

“Banklarning kredit amaliyotlari”

7,84%

8

“Ipoteka kreditlashni amalga oshirish usullari”

2,00%

9

"Loyihaviy moliyalashtirish”

3,51%

10

“Moliyaviy-kredit tahlili”

2,09%

11

“Xodimlarni boshqarish”

2,92%

12

“Zamonaviy bank ishi”

3,95%

13

“Banklarning valyuta operatsiyalari”

3,56%

14

“Bank va moliyaviy qonunchilik”

2,63%

15

“Tijorat banklarini soliqqa tortish”

4,38%

16

“Bank buxgalteriya hisoboti va auditi”

4,68%

17

“Bankning aktiv va passivlarini boshqarish”

2,53%

18

“Mijozlar bilan samarali ishlash bank raqabotbardoshligining muhim omili sifatida”

2,92%

19

Horijiy tajribadan kelib chiqqan holda tijorat banklarini soliqqa tortish tartibi

2,19%

20

“ Plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz amaliyotlar ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish”

14,27%

21

Tijorat banklarida MXXS ga asosan ichki audit uslubiyoti

2,92%

22

Bank boshqaruv tizimida strategik menejment

1,07%

23

Investitsion loyihalarni uzoq muddatli kreditlash

1,32%

24

Halqaro valyuta - moliya operatsiyalari

3,51%

25

"MXXSga binoan xalqaro buxgalterlik hisobi"

5,94%

26

"Tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish yo’llari"

2,29%

27

O’zbekistonda kredit axboroti almashinuvi tizimini rivojlantirish

4,72%

 

 


new-1


 

Shu bilan birga, bank xodimlari o’z kasbiy darajasini Milliy bank, Agrobank, Xalq banki va Asaka bank o’quv markazlari bazasida ham oshirib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 30 yanvardagi “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1914 - sonli Qaroriga asosan Mintaqaviy bank o’quv markazi bazasida maxsus o’quv kurslari tashkil etilib, ularda vakolatli tijorat banklarning konversion bo’limlari va valyuta ayriboshlash shoxobchalari xodimlari o’z malakasini oshirdi.

“Xususiy banklar va moliya institutlari hamda ularning faoliyati kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Toshkent moliya institutida Markaziy bank bilan hamkorlikda mazkur qonunning mazmun mohiyati va talablarini ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek xususiy banklar va moliya institutlari mutaxassislariga keng tushuntirish bo’yicha halqaro tashkilotlar ishtirokidagi seminar-trening tashkil etildi.

2013 yilning 30 may kuni Markaziy bank bilan hamkorlikda tijorat banklari xodimlari uchun “Jamg’arma amaliyotlari bo’yicha Germaniya tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Markaziy bank bilan hamkorlikda Toshkent iqtisodiyot universiteti , Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda Mintaqaviy bank o’quv markazi bazasida bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha 7 ta halqaro hamda respublika ilmiy – amaliy konferentsiyalar va davra suxbatlari o’tkazildi.

Rahbar xodimlar zaxirasini tayyorlash bo’yicha

tashkil etilgan uch oylik kurslarda 1996-2013 yillarda tahsil olgan bank xodimlarining soni
(jami tahsil olganlar soniga nisbatan foizda)

Bank nomi

Xodimlar soni (foizda)

1

Xalq banki

36 %

2

Agrobank

11%

3

Ipoteka bank

8%

4

Mikrokreditbank

14.4%

5

Qishlok qurilish bank

5.4%

6

Ipak Yo’li bank

3.6%

7

Savdogar bank

5.4%

8

Turon bank

3.6%

9

Hamkor bank

1.8%

10

TIF Milliy banki

2.4%

11

O’zSanoatqurilishbank

1.8%

12

Asaka bank

5.4%

13

Boshqa banklar

3.6%

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-sonli Qaroriga binoan Bank-moliya akademiyasining Malaka oshirish fakulteti bazasida bank-moliya tizimi rahbar xodimlari zaxirasini tayyorlash bo’yicha uch oylik kurslar tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 Ko’rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar sifatini baholash va mavjud muommolarni aniqlash uchun tijorat banklari mijozlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda tijorat banklarining konsalting xizmatiga bo’lgan talabini aniqlash borasida hamda tijorat banklari mijozlariga xizmat ko’rsatish sifatini tahlil qilish bo’yicha maxsus so’rovnoma – anketalar ishlab chiqilib, tijorat banklariga yuborildi. Banklardan kelib tushgan anketalar «Axbor-Reyting» reyting agentligi bilan hamkorlikda umumlashtirildi va tahlil qilindi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Ijtimoiy fikr” jamoat fikrini o’rganish Markazi bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini o’rganish bo’yicha ijtimoiy tadqiqot o’tkazildi, so’rov natijalariga ko’ra unda ishtirok etganlarning 95 foizi mamlakatimiz banklariga ishonchi yuqori ekanligini hamda jamg’armalarini banklarda saqlashlarini bildirganliklarini alohida ta’kidlash joizdir.

Plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar

tizimini yanada rivojlantirish

O’tgan davr mobaynida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli Qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi «Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-433-sonli, 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1325-sonli va 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438 - sonli Qarorlari talablarini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish davom ettirildi.

new-2new-3new-4


 

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2014 yilning 1 yanvariga tijorat banklari tomonidan 2004 yil ko’rsatkichlariga nisbatan 27,3 marta ko’p plastik kartochkalar emissiya qilindi, ularga xizmat ko’rsatish uchun o’rnatilgan terminallar soni esa 46,6 barobarga oshdi.

Bundan tashqari, aholiga plastik kartochkalardan foydalanishlarida qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joylarda o’rnatilgan bankomatlar va infokiosklar sonining o’sish sur’atlari ham 11,5 barobarni tashkil etdi.

Terminallar o’rnatilgan barcha ob’ektlarda to’lovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qilinishini izohlovchi «UZKART» logotipining o’rnatilishini ta’minalash maqsadida tijorat banklarining birinchi talabi 2008 yildan buyon tarqatilgan logotiplar miqdori ham 7,3 martaga oshdi.

new-5

 

 

To’lov terminallari orqali to’lovlarni uzluksiz qabul qilishni rag’batlantirish maqsadida “Namunaviy savdo yoki pullik xizmat ko’rsatuvchi shoxobcha” nominatsiyasi bo’yicha tanlov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkaziladigan “Tashabbus-2013” ko’rik-tanlovining qo’shimcha nominatsiyalari qatoriga kiritildi va mazkur tanlov g’oliblari joriy yilning 29 martida Turkiston saroyida tantanali ravishda taqdirlandi.

 

Shu bilan bir qatorda, aholiga hisob-kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirilishini qulaylik va afzalliklari yuzasidan olib borilayotgan tushuntirish ishlarini faollashtirish maqsadida:

- Banklar Assotsiatsiyasining www.uba.uz saytida yaratilgan «O’zkart» axborot-ma’lumotlar Internet portalida so’m plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi to’g’risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib borishi yo’lga qo’yildi;

- o’tgan davr mobaynida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda aholining plastik kartochkalardan foydalanishdagi bilim darajasini, hamda savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan 25 000 donadan ziyod o’quv qo’llanma hamda risolalar chop etildi va ular mutasaddi tashkilotlar, shuningdek tijorat banklarga bepul ravishda tarqatildi.

«O’zkart» banklararo chakana to’lov tizimining texnologik platformasini xalqaro EMV standartlari bilan muvofiqlashtirilishi respublikada internet va mobil bankingni, hamda elektron tijoratni rivojlantirishga zamin yaratdi.

Natijada, 2013 yilda bank plastik kartochka egalari nafaqat kartaning o’zidan balki Internet, shuningdek uyali aloqa operatorlarining imkoniyatlaridan foydalangan holda elektron tijorat doirasida tovar va xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar foydasiga to’lovlarni amalga oshirish, hamda o’z karta hisobvaraqlarini masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

 

2014 yilning I - choragi boyicha

 

Respublikamiz tijorat banklari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda tijorat banklari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha 2014 yilga tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank o’quv markazi, O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida bank faoliyatining 19 ta dolzarb yo’nalishlari bo’yicha 27 ta o’quv kurs va maxsus seminarlar tashkil etildi. 2014 yilning 1 aprel xolatiga ko’ra mazkur seminar va kurslarda tijorat banklarining 442 ta xodimi tahsil olib, tegishli sertifikatlarga ega bo’ldilar. Joriy yilning 1-choragi davomida bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari hamda o’quv muassasalari va markazlari kesimida tahsil olgan respublikamiz tijorat banklarining xodimlari to’g’risidagi statistik ma’lumotlar keltirilmoqda.

O'quv kurslarida tahsill olgan bank xodimlari soni (2013 yil hamda 2014 yil I-kvartali)

YILLIK HISOBOT

 

O'qildi: 3965 marta
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :