O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

Qo'mitalar

O’zbеkistоn banklari Assоtsiatsiyasi qo’mitalari.

Bank sоhasidagi mavjud muammоlarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shuningdеk bank faоliyatini yanada takоmillashtirishning dоlzarb yo’nalishlarini aniqlash maqsadida O’zbеkistоn banklari Assоtsiatsiyasi va tijоrat banklarining samarali o’zarо hamkоrligini tashkil etish maqsadida banklar Assоtsiatsiyasi qoshida bank tizimini islоh qilish bo’yicha quyidagi 11 ta Qo’mita tashkil etilgan.

Qo'mitalar doimiy tarkibga ega bo'lmay, uning ishidga tijorat banklarining qo'mita faoliyati bilan bevosita bo'liq bo'lgan tegishli bo'linmalarining rahbar hodimlari va etakchi mutaxassislari ishtirok etadi. Qo'mitada bank sohasidagi dolzarb masalalarni ko'rib chiqish davra suhbati tarzida olib boriladi.

Qomitalar yig'lishlarini tashkil qilish maqsadida O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining mas'ul xodimlari biriktirilgan.

 

BANK QONUNCHILIGI BO’YICHA QO’MITA

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Huquqiy ta'minot va TIF bo'yicha departament direktori

Asrorov Hurshid Qobilovich. tel.: 238-69-67 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi pul muomilasi sohasida tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlarga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish masalalarini muhokama qilish hamda tijorat banklari faoliyatida huquqiy ta’minotning rolini oshirishdan iborat.

 

 QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA BANKLAR FAOLIYATINI RIVOJLANITIRISH BO’YICHA QO’MITA

 Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank tizimini isloh qilish va zamonfviy mahsulot va texnologiyalarni joriy qilish departamenti bosh mutaxassisi Hakimov Muxsin Muftaxovich. tel.: 238-69-73 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi qimmatli qog’ozlar bozorini davlat tomonidan boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari ishtirokini yanada faollashtirish, shuningdek qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish borasida tegishli takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

 

 BANKLARNI SOLIQQA TORTISH BO’YICHA QO’MITA

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank tizimini isloh qilish va zamonfviy mahsulot va texnologiyalarni joriy qilish departamenti I-toifali mutaxassisi Gindulina Aleksandra Olegovna. tel.: 238-69-73 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi soliqqa tortish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etishning optimal yo’llarini muhokama qilish, tijorat banklarining muddatli omonatlari bo’yicha imtiyozlarni qo’llash, tijorat banklarni soliqqa tortish borasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

 

 TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA QO’MITA

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Infratuzilmaviy bo'linmalar faoliyatini tahlil qilish departamenti direktori Musahodjaev Sanjar Anvarovich. tel.: 238-69-63 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi tijorat banklariga kapitallashuv darajasi va kreditlash xajmlarini oshirish, hamda investitsion faoliyatini faollashtirish, depozit, kredit hamda investitsion siyosatini amalga oshirish masalalarida ko’mak ko’rsatish, shuningdek investitsion faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni tayyorlashdan iborat.

 

XALQARO FAOLIYAT BO’YICHA QO’MITA

 

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Huquqiy ta'minot va TIF bo'yicha departament direktori

Asrorov Hurshid Qobilovich. tel.: 238-69-67 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi chet el banklari Assotsiatsiyalari bilan bank tizimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni mustaxkamlash va tajriba almashish yuzasidan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, ilg’or xorijiy tajribani o’rganish uchun manfaatdor xalqaro hamkorlar bilan bank mutaxassislari bilan almashishni tashkil etishdan iborat.

 

CHAKANA BANK XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA QO’MITA

 

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Huquqiy ta'minot va TIF bo'yicha departamenti eksperti

Ikramov Hamza Inogamovich. tel.: 238-69-64

 

Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi tijorat banklari tomonidan chakana bank xizmatlarini (riteylni) kengaytirish va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etishning maqsadlari, vazifalari va tartibini aniqlash, chakana faoliyatidagi muammolarni o’rganish, shuningdek O’zbekiston bank tizimida chakana xizmatlarni rivoshlantirish va joriy etish kontseptsiyasini ishlab chiqishda hamkorlik qilishdan iborat.

 

 BANK KADRLARNI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH BO’YICHA QO’MITA

 

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash departamenti direktori Malikov Abdurashid Jalilovich. tel.: 238-69-68 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi bank-moliya sohasi mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirish sohasida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni xal etishda ko’mak ko’rsatish, bank tizimi ehtiyojlari va uni rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan xolda bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek banklarning rahbar xodimlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirishdan iborat.

 

 KORPORATIV BOSHQARUV VA BANK AHLOQI BO’YICHA QO’MITA

 

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining bank ishi bo'yicha bosh ersperti

Imomhodjaev Abdullo Irkinovich. tel.: 238-69-67

 

Qo’mitaning asosiy maqsadi tijorat banklarida korporativ boshqaruvning mavjud holatini o’rganish va uni yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, xizmat, ishga doir, xizmatdan tashqari xolatlarda bank xodimlarining professional xulqi normalarini joriy qilish masalalari bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

 

 RISKLARNI BOSHQARISH BO’YICHA QO’MITA

 

Mas'ul xodim: Bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash departamentietakchi mutaxassisi

Mamanazarov Abdulla Habibullaevich. tel.: 238-69-68 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi - bank nazoratini takomillashtirish masalalari bo’yicha tijorat banklarining faoliyatinini muvofiqlashtirish, bank tizimining barqarorligi, ishonchliligi va shaffofliligini oshirish, bank risklarini oldini olishni baxolash usullarini takomilllashtirish hamda bank nazorati bo’yicha me’yoriy-huquqiy xujjatlarni takomillashtirishdan iborat.

 

TO’LOV TIZIMLARI, IT-TEXNOLOGIYALARI BO’YICHA QO’MITA

 

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank tizimini isloh qilish va zamonfviy mahsulot va texnologiyalarni joriy qilish departament direktori Ibragimov Sarvar Azizovich. tel.: 238-69-73 e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi to’lov tizimlarini, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish va ularning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etishda banklar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

 

AUDIT, BUXGALTERIYA HISOBI VA HALQARO MOLIYAVIY HISOBOTLAR STANDARTLARINI

JORIY ETISH BO’YICHA QO’MITA

Mas'ul xodim: O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining bank ishi bo'yicha bosh ersperti

Imomhodjaev Abdullo Irkinovich. tel.: 238-69-67

Mazkur Qo’mitaning asosiy vazifasi buxgalteriya hisobini va auditni rivojlantirish, Halqaro moliyaviy hisobotlar standartini joriy qilish masalalarini muvofiqlashtirish, bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishdan iborat.


O'qildi: 4160 marta
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :