O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

Xalqaro aloqalar

 O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari


Xalqaro bank kengashi. MDH, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari bank uyushmalarini o’ziga birlashtirgan Xalqaro bank kengashi bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2006 yil 26 aprelda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi XBK a’zosi bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori XBK Raisi o’rinbosari hisoblanadi.

2007 yil may oyida “Chakana bank biznesini rivojlantirish” Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi. Konerentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjonning 16 xalqaro moliya institutlari, ilmiy izlanish va ta’lim institutlari, Singapur Menejmentni rivojlantirish institutidan 40dan ortiq vakillar, shuningdek respublikaning qator vazirlik va idoralari rahbarlari, jumladan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi qoshidagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, tijorat banklari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. Tashkiliy qo’mita tomonidan konferentsiya ma’ruzalari tezislari to’plami chop etilib barcha ishtirokchilarga tarqatildi. Xalqaro konferentsiya yakunlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. “Bozor, pul, kredit” jurnalining maxsus soni tayyorlanib, chop etildi. Konferentsiya ishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Xalqaro konferentsiya doirasida MDH, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari banklar Assotsiatsiyalarining Xalqaro muvofiqlashtirish Kengashining (XBK) navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi, unda chakana bank biznesini MDH mamlakatlarida rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi.

 

Singapur bilan hamkorlik. 2007 yil 15 mayda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan Singapur banklar Assotsiatsiyasi o’rtasida o’zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

O’BA va SBA o’rtasidagi hamkorlikning asosiy yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ma’lumot almashish va assotsiatsiyalar ishtirokchi banklar o’rtasida loyihaviy moliyalashtirish sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, korrespondent munosabatlarni o’rnatish, kredit liniyalari ochish, savdoni moliyalashtirish orqali o’zaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • YAngi bank mahsulotlari, bank operatsiyalari va to’lov tizimini avtomatlashtirish, majburiyatlar bozori va moliyaviy vositalarni rivojlantirish, riskni boshqaruv usul va instrumentlarini rivojlantirish sohalarida O’BA infratuzilmaviy tashkilotlari va SBA qo’mitalari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
  • O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi faoliyatini mustahkamlash maqsadida Singapur bank-moliya tizimidagi tajribali maslahatchilarni jalb qilgan holda ekspert qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 13 fevraldagi №PQ-581 sonli “Singapur Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi” Qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturi bandlarini bajarish maqsadida Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik o’rnatildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti o’rtasida imzolangan ta’lim xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi Umumiy shartnomaga asosan bank mutaxassislari uchun Singapurda qisqa va o’rta muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. 2007 yil 20 fevraldan 20 maygacha O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining 30 mutaxassislari Singapurda 3 oylik kurslarni muvaffaqiyatli bitirishdi.

2007 yilning 24 sentyabridan 26 dekabrigacha 30 nafar bankirlarning ikkinchi guruhi Singapurda malaka oshirishdi.

Umumiy shartnomaning 4 bandiga muvofiq 2007 yilning 3-16 iyulida O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasining 12 tinglovchisiga Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida yozgi tajriba orttirish tashkil etildi. Tajriba orttirish moliyaviy tahlil, xalqaro moliyaviy operatsiyalar, bank menejmenti, qimmatli qog’ozlar bozori va birja ishi yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi.

11 nafar tijorat banklari va moliyaviy institutlar mutaxassislaridan tashkil topgan guruh Singapur menedjmentni rivojlantirish institutiga yuborildi. Trening dasturi Singapurda 2007 yil 25-28 aprelda o’tkazilib, “Xalqaro buxgalteriya hisobi va bank xodimlari uchun investitsiyani baholash usullari” mavzusiga bag’ishlandi.

Shu bilan bir qatorda tijorat banklari mutaxassislari uchun Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida doimiy ravishda qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda.


Malayziya bilan hamkorlik. O’zbekiston Respublikasi va Malayziya bank institutlari o’rtasida hamkorlikni o’rnatish va rivojlantirish maqsadida 2009 yil 25 avgustda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Malayziya banklar Assotsiatsiyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O’zbekiston bank tizimi bilan hamkorlik o’rnatish hohishini bildirgan Malayziya banklari vakillari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Unda «Malayan Bank Berhad», «CIMB Bank Berhad», «AffinBank», «Public Bank», «Standard Chartered Bank Malaysia Berhad», «HSBS Bank Malaysia Berhad», «AmBank Group», «Hong Leon Bank» kabi 19 bank vakillari ishtirok etishdi.

Malayziya Milliy bankining (Bank Negara Malaysia) tarkibiy tashkiloti hisoblangan va bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan Malayziya bankirlar instituti (Institute of bankers Malaysia – IBBM) bilan o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatildi.

Loyihaviy moliyalashtirish, investitsion bank ishi, g’aznachilik operatsiyalari, risklarni boshqarish, xalqaro savdoni moliyalashtirish, audit va boshqa yo’nalishlarda qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish bo’yicha kelishuvga erishildi.


Koreya Banklar Federatsiyasi bilan hamkorlik. O’zaro hamkorlikni o’rnatish va Anglashuv memorandumini imzolash maqsadida Toshkentda Osiyo Taraqqiyot Banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik yig’ilishi doirasida tashrif buyurgan Koreya Banklar Federatsiyasi delegatsiyasi bilan 2010 yil 3 mayda uchrashuv o’tkazildi. Unda KBF Raisi Dong Kyu Shin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, Banklar Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Koreya va O’zbekiston tijorat banklari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish, KBFning Bank institutida tijorat banklari mutaxassislari uchun qisqa va o’rta muddatli kurslar tashkil etish, KBFning Bank instituti va O’zbekiston Respublikasi Banko moliya akademiyasi o’rtasida talabalar almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijalari bo’yicha O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Koreya Banklar Federatsiyasi o’rtasida o’zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Bank tizimi faoliyatini islohot qilish va tartibga solish, tijorat banklari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakaviy darajasini oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlarini bajarish maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan etakchi o’quv yurtlari va markazlari bilan birgalikda quyidagi choralar amalga oshirilmoqda:

Bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy konerentsiyalar, seminarlar va “davra suhbatlari” o’tkazilmoqda;

Bank-moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank o’quv markazi, shuningdek Moliyaviy iqtisodiy rivojlanish xalqaro Markazi bazasida doimiy ravishda bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha seminar va kurslar tashkil etilmoqda;

Bank mutaxassislariga O’zbekiston banklari va rivojlangan xorijiy davlatlarning etakchi moliyaviy institutlarida tajriba orttirishlari tashkil etilmoqda;

Tajriba almashish, istiqbolli takliflarni ko’rib chiqish va manfaatli aloqalar o’rnatish uchun ko’rgazma-seminarlar o’tkazilmoqda;

Dolzarb ta’lim yo’nalishlarini, shuningdek bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida muvjud muammolarni aniqlash maqsadida tijorat banklari o’rtasida so’rovlar o’tkazilmoqda.


O'qildi: 2452 marta Eng so'ngi o'zgarish kiritilgan sana: Payshanba, 10 Aprel 2014 01:21
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :