Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Londonda ICBC Standard investitsiya banki bilan muzokaralar o‘tkazildi
29 Sep 2023

Londonda ICBC Standard investitsiya banki bilan muzokaralar o‘tkazildi

     O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki delegatsiyasi London shahrida ICBC Standard investitsiya banki bilan O‘zbekiston moliya bozorida zaruriy infratuzulmani joriy qilish va normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.

     ICBC Standard investitsiya banki ekspertlari tomonidan yirik xorijiy institutsional investorlarni mahalliy moliya bozorlariga jalb qilish imkoniyatlarini oshirishda xalqaro depozitariylar bilan aloqalarni o‘rnatish, mahalliy va xalqaro hisob-kitob tizimlarini bog‘lash va shartnomaviy-huquqiy muhitni yaratish lozimligi haqida fikrlar bildirildi.

     Shuningdek, ICBC Standard investitsiya banki tomonidan yaqin kunlarda O‘zbekiston moliya bozorlarida milliy valyuta – so‘mda hisob-kitoblar va davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishni boshlashning texnik tomonlari ham kelishib olindi.

https://t.me/centralbankuzbekistan/8773

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 460
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech