O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

Jizzax viloyati muassasasi

Muassasaning to’liq nomi: O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Jizzax viloyati muassasasi.

Muassasaning qisqartirilgan nomi: O'BAning Jizzax viloyati muassasasi.

Muassasaning manzilgoxi: O’zbekiston Respublikasi, Jizzax sh., A.Navoiy kuchasi, 47 uy. Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Muassasa O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining alohida tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi, o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga, Ustaviga va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining farmoyishlariga tayanadi. Muassasa o’z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.

Muassasa Assotsiatsiya direktsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan smeta asosida faoliyat ko’rsatadi.

Muassasa O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Muassasasi deb nomlangan o’zining muxriga va burchak tamg’asiga, Assotsiatsiya emblemasi tushirilgan tovar belgisiga, shuningdek rekvizitlarga ega.

Muassasa faoliyatining maqsadi va mazmuni

Muassasa bevosita Assotsiatsiyaning ta’sis xujjatlari va o’z Ustavida belgilangan faoliyatning barcha yo’nalishlari bo’yicha ish olib boradi. Shu munosabat bilan Muassasa o’z hududida:

Assotsiatsiya manfaatlarini namoyon qiladi;

Assotsiatsiyaning normal faoliyati uchun zarur tijorat va boshqa axborotlarni yig’adi, qayta ishlaydi va Assotsiatsiyaga etkazadi;

Assotsiatsiyaning faoliyati to’g’risidagi axborotlarni tarqatadi;

iqtisodiy islohotlarni o’tkazish davrida pul tizimining barqarorligini ta’minlashda tijorat banklarining rolini oshirishga, xususiy sektorning vujudga kelishiga va xalq xo’jaligining ustivor sohasini rivojlantirish dinamikasini boshqarishga ko’maklashadi;

bank ishini rivojlantirishda xokimiyat va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan iqtisodning, pul muomalasining barqarorligi bo’yicha va pul-kredit siyosatini amalga oshirish yuzasidan o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashadi;

bank tizimining xizmat ko’rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga ko’maklashadi;

bozor iqtisodiyoti sharoitida xorijiy va maxalliy tajribalarni o’rganish asosida banklarning ishini tashkil qilishda yordam ko’rsatadi;

bank ishini halqaro andozalarga o’tkazishni amalga oshiradi;

yirik dasturlarni hal etish uchun banklarga ularning resurslarini birlashtirishga ko’maklashadi;

bank mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirishda qatnashadi;

o’zaro ishonchni, banklar nufuzini, ular raxbarlari va mutaxassislarining aloqalarini ishonchlilik va do’stona munosabatni, banklarning o’zaro va mijozlar bilan munosabatlaridagi ishchan hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni amalga oshiradi;

banklarning xalqaro hamkorlik qilishiga, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar, ularning ittifoqlari va boshqa birlashmalari bilan aloqalarini rivojlantirishga ko’maklashadi;

qonun chiqaruvchi va ijro qiluvchi organlarda, Markaziy bankda, huquqni muxofaza qiluvchi va moliya organlarida banklar manfaatini namoyon qiladi va himoya kiladi;

Assotsiatsiya raxbar organlarining qarorlariga muvofiq Assotsiatsiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan boshqa ishlarni bajaradi.

Direktor vazifasini bajaruvchi Tursunov Jasur G'ayratovich

tel. (+99898) 261-26-26  e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Muassasaning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish va Assotsiatsiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni bajarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Direktor:

Muassasa faoliyatining reja-istiqbolini, byudjetini ishlab chiqadi va ularni ko’rib chiqish, tasdiqlash uchun Assotsiatsiyaga taqdim etadi;

Muassasaning barcha ichki me’yoriy aktlari (nizom, yo’riqnoma va boshqalar)ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Assotsiatsiyaga taqdim etadi;

Assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi;

Muassasaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan moliya va xo’jalik ishlarini amalga oshiradi;

Assotsiatsiya vakolatlariga tegishyai bulgan masalalarni dastlabki tartibda ko’rib chiqadi, ular bo’yicha tegishli material va takliflar tayyorlaydi;

Direktor vakolatlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq Muassasa xodimlarining mexnatiga haq to’lash normasi, tizimi, miqdorini, shuningdek boshqa qo’shimcha to’lovlarni aniqlash kiradi.

Direktorning karori buyruk bilan rasmiylashtiriladi.

 

 O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Jizzax viloyati muassasasi 

TA'SIS HUJJATLARI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VAZIRLAR MAHKAMASINING 427-SONLI QARORI

JIZZAX VILOYATI MUASSASASINING USTAVI

 

O'qildi: 2154 marta
ушбу тоифадаги бошқа материаллар :