O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

Toshkent, 100027, A.Hodjaev ko'chasi, 1.  Tel.: (99871) 238 69 60,  Faks: (99871) 238 69 62  e-mail: office@uba.uz   e-xat: uba@exat.uz

yagona ishonch telefoni:  (99871) 238-69-01     yagona ma'lumotlar telefoni:  (99871) 238-69-61
gf

Developed in conjunction with Ext-Joom.com

vppm1


epigu2 


opendata 


punkti


teldover 


telsprav 


 uzibor

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat etuvchilarga banklar tomonidan eksperiment tariqasida yangi sxema bo’yicha taqdim etiladigan mikrokreditlarni rasmiylashtirish hamda biznes-rejalarni tayyorlash bo’yicha maxsus amaliy seminar

May 25, 2017

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 yanvardagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2746-sonli qaroriga muvofiq, tasdiqlangan reja-jadvalga asosan O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Toshkent shahar xokimiyati, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston Savdo-sanat palatasi bilan birgalikda murojaat etuvchilarga banklar tomonidan ekseriment tariqasida mikrokreditlashning yangi sxemasi bo’yicha taqdim etilayotgan mikrokreditlarni rasmiylashtirish hamda biznes-rejalarni tayyorlashda amaliy yordam ko’rsatish maqsadida Toshkent shahrining barcha tumanlarida mavzuga oid maxsus amaliy seminarlarni o’tkazmoqda.

            Seminarlar ishida O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, tijorat banklari filliallarining kreditlash va investitsiya faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutasaddi xodimlari, shuningdek Toshkent shahar tumanlarida oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi aholi, tadbirkorlik sohasida ish boshlamoqchi bo’lgan va mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolar, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari ishtirok etishmoqda.
O'qildi: 273 marta