O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 2021 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotini eʼtiboringizga taqdim etmoqda.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi respublika tijorat banklarining ko‘ngilli birlashmasi bo‘lib, u banklarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil topgan notijorat, jamoat tashkilotdir. Hozirgi kunda Assotsiatsiya respublikaning 33 ta tijorat banklaridan, 20 ta tijorat banklarini birlashtiradi.O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 2021 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotini eʼtiboringizga taqdim etmoqda.
O‘tgan 2021 yil davomida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamkorligida 50 dan ortiq tadbirlar, shu jumladan matbuot anjumani, brifing, davra suhbati, sammit, rasmiy uchrashuvlar, press turlar o‘tkazildi. Jumladan:
-O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi:
- “Meva-sabzavotchilik sohasida fermer ayollarning salohiyatini oshirish va ularning o‘rnini kuchaytirish” mavzusida bo‘lib o‘tadigan Fermer ayollar III –Forumi;
2021 yil 19 mart kuni - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda va Xalqaro Moliya Korporatsiyasining ko‘magida videokonferensiya (ZOOM platformasi) shaklida bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 8-9 aprel kunlari - Tijorat banklari xodimlari uchun “O‘zbekiston sharoitida Mahsulot yetkazib berish oqimini moliyalash” (Supply Chain Finance in Uzbekistan) mavzusida ikki kunlik vebinar bo‘lib o‘tdi. vebinar O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magi asosida tashkil etildi.
2021 yilning 22 aprel kuni - Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida navbatdagi "Yoshlar tadbirkorligi vatan iqtisodiyoti rivojlantirishning faktori" mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy va amaliy konferensiyasining ochilish marosimi va birinchi ishchi kuni bo‘lib o‘tdi.
BS/2 kompaniyasi O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda «Zamonaviy banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va kassa ishi amaliyotlari» mavzusida ixtisoslashtirilgan seminari tashkil etildi.
2021 yilning 16 iyun kuni - Toshkent viloyatidagi agroxizmatlar markazida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarining milliy markazi hamda “AKIS – Agrar sohada bilim va innovatsiyalar tizimi” bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligidagi zamonaviy innovatsion yondashuvlar va ularni moliyaviy qo‘llab – quvvatlash” mavzusida Ilmiy – amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 7 iyul kuni - Xorazm viloyatida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xorazm viloyati Bosh boshqarmasi va viloyat tijorat banklari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va puxta bajarilishi muhimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bu boradagi vazifalarni yuqori saviyada bajarilishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
2021 yilning 19 iyul kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda “Ipoteka” ATIB bilan hamkorlikda baliqchilik xo‘jaliklari faoliyati o‘rganish bo‘yicha press-tur tashkil etildi. Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan Toshkent viloyati suv omborida o‘z faoliyatini tashkil etgan «SAIDOVUL» fermer xo‘jaligi, hamda O‘rta Chirchiq tumani O‘rtasaroy QFYda joylashgan “GOLDEN FISH GROUP” MCHJ faoliyati o‘rganildi. Bu bo’yicha maxsus film tayyorlandi va OAV orqali efirga uzatildi
2021 yilning 8 avgust kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda Mikrokreditbank hamkorligida press-tur tashkil etildi. Unda Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi parrandachilik xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi.
2021 yilning 14 avgust kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda AT “Xalq banki” hamkorligida press-tur tashkil etildi. Toshkent viloyatida bank tomonidan kredit olgan yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati o‘rganildi
2021 yilning 8 sentyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Singapur Menejmentni Rivojlantirish instituti asoschilari bo‘lgan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bitiruvchilarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 9 sentyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “Al Huda" islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi vakillarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 9 sentyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi axborot hamkorligi doirasida poytaxtimizda "O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori" 3 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 14-15 sentyabr kunlari - Respublika tijorat banklari xodimlari, tadbirkorlar uchun qator seminar treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Jumladan, 2021 yilning sentyabr oyida ““O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 – 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli hamda “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab–quvvatlashni yana-da kengaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 21 oktyabrdagi PF– 6091 - sonli Farmonlariga asosan hamda Faktoring xizmatlarining kichik biznes subyektlari hamda moliya tashkilotlari o‘rtasida foydali moliyaviy vosita sifatida xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan va 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida” “Tijorat banklarida faktoring operatsiyalari va buxgalteriya hisobini tashkil qilish”” mavzusida o‘tkazilgan seminarda 100 dan ortiq bank xodimlari ishtirok etishdi.
2021 yilning 30 sentyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda TIF “Milliy bank”ining Namangan viloyati faoliyati o‘rganildi. Bu bo’yicha maxsus film tayyorlandi va OAV orqali efirga uzatildi
2021 yilning 19 oktyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda Mikrokreditbank hamkorligida press-tur tashkil etildi. Unda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Quyi Chirchiq tumanlaridagi quyonchilikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
2021 yilning 22 oktyabr kuni - Yaponiyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari institutining bosh direktori Testudji Tanakani bilan O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Xamidov o‘rasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
2021 yilning 26 oktyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda TIF “Milliy bank”i Navoiy viloyatining Qiziltepa va Karmana tumanlarida bankdan kredit olib, o‘z biznesini rivojlantirib, yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan tadbirkorlar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bu bo’yicha maxsus film tayyorlandi va OAV orqali efirga uzatildi
2021 yilning 27 oktyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 27 oktyabr kuni AOKAda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi.
2021 yilning 11 noyabr kuni - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentlida 11 noyabr, payshanba kuni soat 14 00 da O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hadiya Abdullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.
2021 yilning 17 noyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Qozog‘iston respublikasining ““Almaty Management University” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 19 noyabr kuni - O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Qozog‘iston Respublikasining «Astana» xalqaro moliya markazi qoshidagi Yashil moliya markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 25 noyabr kuni - O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2021/2022 o‘quv yili uchun maxsus korporativ taʼlim MBA dasturi bo‘yicha o‘quv jarayonlarini boshladi.
Shuningdek, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Anor” ko‘rik tanlovi ham o‘tgan 2021 yilning avgust noyabr oylarida o‘tkazildi. 19-noyabr kuni uchta nominatsiya bo‘yicha eng faol, yangicha fikrlaydigan, tadbirkor ayollarimiz bo‘yicha taqdirlandilar.
Yana bir muhim tadbirlardan biri, 2021 yil 25 oktyabrda poytaxtimizda "MDH mamlakatlari 2- Islom bankchiligi va Moliyasi Forumi"bo‘lib o‘tdi.
Unda 20 dan ortiq davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Xalqaro Forum «Al Huda» Islom bankchiligi va Iqtisodiyoti Markazi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tashabbusi bilan, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy bozorni o‘rganish, mintaqadagi islom bankchiligi va moliya sohasidagi tendensiyalar, imkoniyatlar va sohadagi uchrayotgan qiyinchiliklarni tahlil etishdan iboratdir.
Mazkur xalqaro forum doirasida 22-23 oktyabr kunlari O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida "Islom bankchiligi, Takaful va Islom mikromoliyasi" mavzulariga bag‘ishlangan ikki kunlik maxsus intensiv seminar trening tashkil etildi.
O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi aholi, tadbirkorlar hamda tijorat banklari hamkori rukni ostida OAV vositalarida chiqishlar qilindi.
Jumladan:
102 ta radio xabar
34 ta Televideniyeda materiallar tayyorlandi.
Internet tarmoqlaridagi axborot saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda 1000 dan ortiq matn va rasm shaklida yangiliklar joylashtirildi.
2021 yilda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasining 71 kodli 238 69 01 ishonch telefoniga 994 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan. Ularning 283 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan bo‘lsa, 711 ta murojaat o‘rganilib tahlil etilgan.
O‘ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASINING INFRATUZULMAVIY TASHKILOTLARI
«Ahbor-REYTING» REYTING AGENTLIGI
«Ahbor-Reyting» Reyting agentligi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 9 noyabridagi 427 sonli Qarori ijrosi yuzasidan tijorat banklariga, sug‘urta, baholash va lizing korxonalariga, qimmatli qog‘ozlar emitentlariga, lombardlarga, mikrokredit va boshqa korxonalarga reyting xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingan O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligidir. 2005 yil dekabrʼ oyida «Ahbor-Reyting» Reyting agentligi Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasining (Assosiation of Sredit Rating Agensiyes in Asia - ASRAA) aʼzoligiga qabul qilindi, va bugungi kunda Osiyo, Evropa, Amerika va SNG davlatlaridagi etakchi xalqaro reyting agentliklari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. «Ahbor-Reyting» reyting agentligi keng ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatadi, jumladan, kredit reytingi, moliyaviy, boshqaruv va strategik konsalting, moliyaviy bozor segmentlari va makroiqtisodiyot bo‘yicha tadqiqotlar, shuningdek iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha turli xil axborot-tahliliy ishlarni bajaradi. Milliy reytingni berilishi va uning doimiy monitoringi «Ahbor-Reyting» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Markaziy banki, hamda Moliya Vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilgan reyting bahoni aniqlash va monitoring o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar va tartiblar doirasida amalga oshiriladi. «Ahbor-Reyting» Reyting agentligi tomonidan qo‘llaniladigan barcha reyting usullari va tartiblari Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi (Assosiation of Sredit Rating Agensiyes in Asia - ASRAA) hamkorligida ishlab chiqilgan hamda eng yaxshi halqaro amaliyotning qo‘llanilishiga asoslangan. «Ahbor-Reyting» Reyting agentligining metodologik bazasi iqtisodiyotning bank, sug‘urta, lizing, investitsiya va boshqa tarmoqlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida «Ahbor-Reyting» institutsional va produktiv reyting yo‘nalishini izchil rivojlantirmoqda, maʼlumotlarni yoritish tizimini yaxshilanishiga yordam bermoqda, hamda O‘zbekiston moliya xizmatlari bozorida reyting izlanishlar olib bormoqda.
2021 yil davomida Agentlik tomonidan 20 ta tijorat banki, 16 ta sug‘urta korxonasi, 3 ta qimmatli qog‘ozlar emitenti, 1 ta lizing korxonasi, 18 ta lombard va 7 ta mikrokredit tashkiloti bilan milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini berishga shartnoma tuzildi va milliy shkala bo‘yicha kredit reytingi berildi.
Tijorat banklari, sug‘urta va lizing korxonalari, qimmatli qog‘ozlar emitentlari va boshqa korxonalar reytinglari xaqidagi maʼlumotlar respublikamizning yetakchi matbuot manbalari bo‘lmish “Bankovskiye vesti”, “Bank axborotnomasi” gazetalarida hamda «Ahbor-Reyting» Reyting agentligining (www.ahbor-reyting.uz), O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasining (www.uba.uz), O‘zEOAVMA radio axborot markazi va unga aʼzo 17 radiostansiyalarida keng yoritildi.
“BARAKA” Universal lizing kompaniyasi
“BARAKA” Universal lizing kompaniyasi 25 yildan buyon Respublika lizing bozorida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu kunga qadar Kompaniya tomonidan mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga o‘z mablag‘lari hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 400 dan ortiq lizing loyihalari moliyalashtirilib, 5 000 ga yaqin doimiy ishchi o‘rinlari tashkil qilindi.
Barchaga maʼlumki 2020 yilda Butun dunyo mamlakatlari qatori Respublikamizda Koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin chora tadbirlari ko‘pgina sohalar kabi lizing bozorida jumladan “BARAKA” Universal lizing kompaniyasi moliyaviy holatiga ham oz bo‘lsada o‘z salbiy taʼsirini o‘tkazmay qolmadi. Biroq Respublika miqyosida Hukumat tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish borasidagi muhim farmon va qarorlar hamda Kompaniya o‘z ichki imkoniyatlarini oqilona amalga oshirishi natijasida Kompaniya moliyaviy holatining juda salbiy natijalari oldi olindi.
2021 yilda Kompaniya lizing bozorida iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash hamda moliyaviy ko‘rsatgichlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan chora tadbirlar natijasida jalb qilingan va o‘z mablag‘lari hisobidan 13 mlrd. 720 mln. so‘mlik 26 ta moliyaviy ijara va lizing loyihalari amalga oshirildi.
Kompaniya balansidagi 1 mlrd. 150 mln. so‘mlik ko‘chmas mulk obyektlari 1 mlrd. 430 mln. so‘mga realizatsiya qilinishiga erishildi.
Kompaniya tomonidan muammoli lizing loyihalarini kamaytirishi borasida ham samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan lizing loyihalarining xatarini tahlil qilish va loyihalarning eng samarali, ishonchli boshqaruvga ega bo‘lgan loyihalarni tanlab olishi hamda lizing portfelining diversifikatsiyasining taʼminlanishi natijasida muammoli lizing loyihalarining kamayishiga erishildi. 2021 yilning boshiga muamoli lizing loyihalari lizing portfelining 10%dan ortig‘ini tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib lizing loyihalari va investitsion portfeli 22 mlrd 318 mln. so‘mni tashkil qilib, shundan muammoli lizing loyihalari summasi 678 mln. so‘mni yaʼni jami portfelning 3 % tashkil qildi.
Bugungi kunda Kompaniya uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu rejada binoan Kompaniyaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari quyidagilarda iborat.
- Lizing xizmatlarini ko‘rsatishning samarali tizimini shakllantirish;
- Rentabelligi yuqori bo‘lgan shu bilan birga xatarlari kam bo‘lgan yangi moliyaviy mahsulotlarni yaratib, salohiyatli mijozlarga taklif qilish;
- Bugungi kundagi davr talabidan kelib chiqib, Kompaniya to‘g‘risida hamda taklif qilinayotgan xizmatlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish va mijozlar oqimini taʼminlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda faolligini oshirib borish;
- Yirik moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, Kompaniyaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi tomonidan 2021 yil faoliyat yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha maʼlumot (01.01.2022 y. holatiga)
O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari talablari asosida respublikamizda kredit axboroti almashinuvi tizimini yana-da rivojlantirish, undan foydalanishda, birinchi navbatda, tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasiga muvofiq ushbu tizimni takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021 yil davomida “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidagi (keyingi matnda “Kredit byuro”) kredit axboroti subyektlari soni 12 foizga o‘sib, 2022 yil 1 yanvar holatiga 13 mln. 431 mingtaga yetdi, shundan 94 foizi (12 mln. 657 mingtasi) jismoniy shaxslar va 6 foizi (774 mingtasi) yuridik shaxslar hisobiga to‘g‘ri keladi (1-chizma).
1-chizma
Kredit byurodagi kredit axboroti subyektlari soni
Kredit axboroti almashinuvida ishtirok etuvchi kredit axboroti foydalanuvchilari soni 2021 yil mobaynida 126 taga ko‘payib, 2022 yil 1 yanvar holatiga 355 tani tashkil etdi (2-chizma).
2-chizma
Kredit axborotidan foydalanuvchilar soni
Shuningdek, 2021 yil davomida kredit axborotini yetkazib beruvchilar soni 132 taga ko‘payib, 2022 yil 1 yanvar holatiga 368 tani tashkil etdi (3-chizma).
3-chizma
Kredit axborotini yetkazib beruvchilar
Bugungi kunda, Kredit byuro tomonidan bank va nobank tashkilotlarga jami 40 dan ortiq har xil turdagi kredit hisobotlari taqdim etib kelinmoqda.
Jumladan, 2021 yil davomida bank va nobank tashkilotlar tomonidan Kredit byurodan jami 11 mln. 874 mingta kredit hisobotlari olingan bo‘lib, shundan 8 mln. 456 mingtasi tijorat banklari, 3 mln. 418 mingtasi nobank kredit tashkilotlari, riteyler va jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelgan (1-jadval).
(мингда)
Кредит ахбороти фойдаланувчилари |
2018 й. |
2019 й. |
2020 й. |
2021 й. |
||||
дона |
фоиз |
дона |
фоиз |
дона |
фоиз |
дона |
фоиз |
|
Тижорат банклари |
825,4 |
99,94% |
2 482,5 |
95,64% |
2 614,9 |
80,40% |
8 456,2 |
71,21% |
Нобанк кредит ташкилотлар (микрокредит ташкилот, ломбард, лизинг, суғурта ва ритейлер ташкилотлар) |
0,4 |
0,05% |
112,9 |
4,35% |
637,4 |
19,60% |
3 271,7 |
27,55% |
Жисмоний шахслар |
0,1 |
0,01% |
0,1 |
0,01% |
0,2 |
0,0% |
146,2 |
1,24% |
Жами |
825,9 |
100% |
2 595,6 |
100% |
3 252,5 |
100% |
11 874,1 |
100% |
Bunda, 2021 yilning davomida olingan maʼlumotlarning 98,9 foizi jismoniy shaxslar va 1,1 foizi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi (4-chizma).
4-chizma
(mingda)
Kredit byuro tomonidan fuqarolarga yana-da qulaylik yaratish, aholining moliyaviy savodxonligini va ommaboplikni oshirish maqsadida 2021 yilning fevral oyida yangi formatdagi kredit tarixi (“Skoring KIAS” bilan birgalikda) maʼlumotini masofadan turib onlayn tarzda Kredit byuro veb sayti orqali (identifikatsiyadan o‘tish orqali) olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi (www.infokredit.uz).
2021 yilning iyul oyidan esa mazkur hisobotni Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) orqali ham onlayn ravishda olish imkoniyati yaratildi. Mazkur saʼyi harakatlar natijasida bugungi kunga kelib, fuqarolar tomonidan ushbu saytlar orqali olingan kredit tarixining soni 146,2 ming donani tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2021 yilda Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida yangi ishga tushirilgan jami 100 ta elektron xizmat turlari orasida Kredit byuroning “Kredit tarixini olish” xizmati foydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng ommabop Top-10 talikda 3-o‘rinni egalladi (https://t.me/MyGovUz/1041).
Банклараро суғурта компанияси «IShONCh»
O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI ISLOH QILISH VA UNI JADAL RIVOJLANTIRISHNI YIL BO‘YI QILINGAN SAMARALARINI RAQAMLI HISOBOTI BO‘YICHA OXIRGI BESh YILLIK O‘SISH DINAMIKALARI.
Besh yil davomida sug‘urta shartnomalarining o‘sish surʼati
Yuridik tashkilotlar va Jismoniy shaxslar ajratma shakilda
Umumiy yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari