Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Rahbar:

Kotibiyat mudiri - xodimlar bilan ishlash bo'yicha inspektor
Ismailova Nafisa Amangeldievna

Aloqa uchun:

Tel.: (99871) 238-69-73, e-mail: ismailova@uba.uz,
ish vaqti: 9-00 dan 18-00 gacha (dam olish kunlaridan tashqari)

O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI KOTIBIYATI TO’G’RISIDAGI

NIZOM 

Kotibiyat O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining alohida bo’lim maqomiga ega tarkibiy tuzulmasi bo’lib, bevosita Bosh direktorga bo’ysunadi.

Kengash raisi va Bosh direktorga Assotsiatsiya ijro apparati hamda infrastrukturasi tuzulmalari faoliyatini operativ boshqarishni muvaffaqiyatli tashkil etishda ko’maklashish Kotibiyatning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.

Kotibiyat o’z faoliyatini Assotsiatsiya Ustavi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Kotibiyat ishini, bo’lim boshlig’i maqomiga tenglashtirilgan, Kotibiyat mudiri boshqaradi.

Kotibiyat tuzilmasi va shtat birligi O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi shtat jadvaliga ko’ra tasdiqlanadi.

KOTIBIYAT VAZIFA VA FUNKTSIYALARI

Xujjatlar bilan ishlash

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Assotsiatsiya Kengashi Raisi, respublika tijorat banklari, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari, davlat boshqaruv organlari, korxona tashkilotlari hamda xorijiy tashkilotlarga jo’natiladigan hujjatlar bilan ishlash.

Kengash Raisi va Bosh direktor nomiga kelib tushgan yozishmalar Kotibiyatda albatta ro’yxatdan o’tkazilishi shart.

Kotibiyat Bosh direktor nomiga kelib tushgan barcha yozishmalarni qabul qiladi va qayta ishlaydi. Shoshilinch ko’rib chiqish lozim bo’lgan hujjatlar, Bosh direktorga zudlik bilan taqdim etiladi

Bosh direktor yo’qligida, O’zbekiston Respublikasi Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, Assotsiatsiya Kengash Raisi, shuningdek boshqa davlat boshqaruv organlaridan cheklangan muddati bilan hujjatlar, materiallar, xatlar, telefonogrammalar va topshiriqlar kelib tushgan taqdirda, Kotibiyat kelib tushgan hujjatlarni bevosita Assotsiatsiya Departamentlarga yoki tarkibiy tuzulmalariga ijro uchun taqdim etadi. Kotibiyat, mumkin qadar tez kelib tushgan hujjat, u bo’yicha yuklatilgan topshiriq va tegishli Assotsiatsiya tuzilmasi tomonidan uning ijrosini amalga oshirilishi to’g’risida Bosh direktorga hisobot taqdim etadi. Tijorat banklari, vazirliklar va boshqa idoralardan kelib tushgan ma’lumot xarakteriga ega hujjatlar, ish olib borishning tegishli Yo’riqnomasiga ko’ra ro’yxatdan o’tkaziladi hamda tegishli departamentlarga bevosita taqdim etiladi

Assotsiatsiya departamentlari va tarkibiy tuzilmalardan Bosh direktor imzosi uchun hujjatlar qabul qilinayotgan Kotibiyat mudiri quydagilarni tekshiradi:

· Tegishli tartibda rasmiylashtirilganini;

· Departament rahbarlari, tarkibiy tuzilma rahbarlari imzolarining mavjudligini;

· Agar moliyaviy to’lov hujjati bo’lsa, to’lov maqsadini aks ettiruvchi hujjatning mavjudligini;

· Agar shartnoma (kontrakt) bo’lsa, YUrist va ushbu hujjatni tayyorlagan Departament direktorining imzolari mavjudligini.

To’lov uchun taqdim etilgan hujjatlarni Bosh direktor imzolaganidan so’ng Assotsiatsiya buxgateriyasiga taqdim etiladi, so’ng buxgalteriya bir ish kuni mobaynida to’lov hujjatlarini tayyorlaydi va keyingi bank ish kunida to’lovni amalga oshiradi.

Bosh direktor yo’qligida Respublika tashkilotlari va muassasalariga yuboriluvchi, Assotsiatsiyaga moliyaviy majburiyatlarni yuklamaydigan hujjatlarni Kotibiyat mudiri imzolaydi.

Xodimlar bilan ishlashni tashkil etish.

Kotibiyat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, o’tkazish va lavozimidan ozod etish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi. Xodimlarni hisobga olish bo’yicha yo’riqnomalar, ko’rsatmalar va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi, mehnat daftarchalari va shaxsiy varaqalarni yuritish va saqlash, xodimlar harakatini hisobini yuritadi, mehnat intizomi xolati to’g’risida hisobot yuritadi. Bevosita Bosh direktorga bo’ysinadi. O’z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:

• O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari;

• O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ustavi;

• Rahbariyat farmoishlari, buyruqlari (topshiriqlari);

• Kadrlar bo’yicha me’yoriy-uslubiy materiallar;

• Mazkur lavozim yo’riqnomasiga

Bosh direktor qabulxonasi ishini tashkil etish.

Bosh direktor qabuliga quyidagi shaxslar taklif qilinadi:

• Bosh direktor tomonidan bevosita tayinlanganlar

• Uchrashuvi dastlabki rejalashtirilgan va Bosh direktor bilan kelishilganlar

Bosh direktor huzurida mehmon borligida uning xonasiga quyidagilar kirishlari mumkin:

• bosh buxgalter, ish bo’yicha zarurat tug’ilganda va dastlabki ruxsat olingandan keyin

Banklar Assotsiatsiyasi mehmonlari va xodimlari qabuli navbati Bosh direktor tomonidan belgilanadi. Kotibiyat boshlig’i Bosh direktor ko’rsatmalariga muvofiq mexmonlar ro’yxatini tuzadi.

Assotsiatsiyaning tarkibiy bo’linmalari vakillari, respublika banklari, vazirlik va idoralar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Kotibiyat bilan bog’lanishlari kerak (telefon orqali yoki shaxsan) va :

tashrifning maqsadi, sanasi va vaqtini tushuntirishi;

tashrif muddatini muhokama qilishi.

Kotibiyat mudiri Bosh direktor bilan kelishgandan so’ng mexmonlarning aniq tashrif muddatini belgilaydi.

Shaxsiy masalalar bo’yicha mehmonlar Bosh direktor bilan kelishiladi. U qabul kuni va vaqtini belgilaydi hamda Kotibiyat mudiri bu haqda mehmonga xabar qiladi.

Telefon qo’ng’iroqlariga javoblar:

qabulxonaga telefon qo’ng’iroqlar bo’lganida Kotibiyat mudiri masalaning mohiyatini aniqlashtiradi, agar abonentga ma’lumot kerak bo’lsa ma’lumot beradi yoki mazkur savolga javob bera oladigan xodim bilan ulab beradi.

Agar abonent uni Bosh direktor bilan bog’lab berishni so’rasa, Kotibiyat mudiri quyidagilarni yozib oladi:

abonentning familiyasi, ismi, sharifini;

tashkilot nomini;

telefon raqamini.

Agar masala shoshilinch bo’lsa, Kotibiyat mudiri Bosh direktor bilan kelishmasdan Departament direktorlariga yuridik yoki jismoniy shaxs murojaat qilgan masalani ko’rib chiqishni taklif qilishi mumkin. Agar masala shoshilinch bo’lmasa, Kotibiyat mudiri ushbu qo’ng’iroq xaqida Bosh direktorga bayon qiladi. Kelishgandan so’ng mazkur abonentni Bosh direktor bilan ulab beradi.

Telefonogrammalar kelganda Kotibiyat mudiri xabar matnini telefonogrammalarni ro’yxatga olish jurnaliga quyidagilarni ko’rsatgan holda yozib oladi:

xabar kelgan tashkilot;

xabar yuborgan shaxs;

Xabar qabul qilingan sana va vaqt.

Ijro intizomini tashkil etish va nazorat qilish.

Kengash Raisi, Bosh direktorning ma’lum topshiriqlari doirasida Kotibiyat departament va tuzulmaviy bo’linmalar tomonidan topshiriqlar va vazifalarni bajarilishini nazorat qiladi va tizimli ravishda rahbariyatga etkazadi.

Kotibiyat Kengash Raisi, Bosh direktorning barcha og’zaki va yozma topshiriqlarini quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatgan holda komp’yuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi:

ijro kimga topshirilganligini;

topshiriq matni;

ijro muddati;

hujjat qaerdan kelganini;

Agar topshiriq telefonogramma ko’rinishida berilgan bo’lsa, xabar qoldirgan shaxsning familiyasi.

Topshiriq bir nechta xodimlarga berilganda, familiyasi birinchi yozilgan xodim barcha ijrochilar nomidan javob tayyorlaydi va ulardan viza oladi.

Kengash Raisi, Bosh direktorning topshiriqlarining ijro muddatlari – 5 ish kuni, agar har bir topshiriqda boshqa tartib ko’rsatilmagan bo’lsa.

Ijroiya direktsiya tomonidan imzoga tayyorlangan xatlar va boshqa hujjatlar sifatini nazorat qilish.

Boshqa masalalar.

Kengash Raisi va Bosh direktorning topshirig’i bo’yicha tashkiliy-ma’muriy xatlar, murojaatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash. Kengash Raisi, Bosh direktorning xizmat safarlariga ketishlari uchun kerakli materiallar tayyorlash, xizmat safarida yig’ilgan va umumlashtirilgan materiallarni qayta ishlash.

Kengash Raisi va Bosh direktorning xalqaro banklar, firmalar, kompaniyalar va xalqaro moliya institutlari vakillari bilan bo’ladigan uchrashuvlarni tashkil etish.

Kengash Raisi va Bosh direktorning nomiga kelgan yozishmalar va adabiyotlarni tarjima qilishni tashkil etish.

Ish hujjatlarini ingliz va rus tillariga tarjima qilinishini tashkil etish.

Xukumat va davlat tashkilotlari bilan kur’erlik aloqalarini amalga oshirish.

O’z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq Bosh direktorning boshqa topshiriqlarini bajarish.

Xuquqi

Kotibiyat o’z vazifa va funktsiyalarini bajarish uchun quyidagilarga haqli:

Departamentlar, tuzilmaviy bo’linmalardan Kengash Raisi va Bosh direktor topshiriqlarining bajarilishi holati bo’yicha ma’lumotlar so’rashga;

Departamentlar, tuzilmaviy bo’linmalardan Kengash Raisi va Bosh direktor topshiriqlari bilan bog’liq axborotlar, ma’lumotlar va boshqa materiallar olishga.

Assotsiatsiya Departamentlari va bo’linmalari boshliqlari bilan kelishgan holda alohida xodimlarni materiallarni umumlashtirish va hujjatlar tayyorlashga jalb qilish.

Departament boshliqlari ofisdan tashqariga chiqqanlarida Kotibiyatni ogohlantirishlari va mehnat intizomini nazorat qilish bo’yicha jurnalga o’rnatilgan tartibda yozuv qoldirishga majburdurlar.

Lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur ma’lumotni olishga;

kadrlar bo’limi ishini yaxshilash bo’yicha takliflar kiritish;

tegishli o’quv kurslari va seminarlarda o’z kasbiy darajalarini oshirishlari.

Kotibiyat Nizomini yuklab olish
Hajmi: 289.37 КБ
Format: pdf


otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9448.53 -6.71
EUR
EVRO
10553.06 +114.48
RUB
Rossiya rubli
147.70 +0.45
GBP
Angliya funt sterlingi
12255.69 +297.65
22.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech