Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Audit, buxgalteriya hisobi va halqaro moliyaviy hisobotlar standartlarini joriy etish bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining bank ishi bo'yicha bosh ersperti Imomhodjaev Abdullo Irkinovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur Qo’mitaning asosiy vazifasi buxgalteriya hisobini va auditni rivojlantirish, Halqaro moliyaviy hisobotlar standartini joriy qilish masalalarini muvofiqlashtirish, bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-67, e-mail: imomhodjaev@uba.uz

Bank kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash departamenti direktori Malikov Abdurashid Jalilovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi bank-moliya sohasi mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirish sohasida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni xal etishda ko’mak ko’rsatish, bank tizimi ehtiyojlari va uni rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan xolda bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek banklarning rahbar xodimlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-68 e-mail: malikov@uba.uz

Bank qonunchiligi bo’yicha qo’mita

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Huquqiy ta'minot va TIF bo'yicha departament direktori Mamatov Shoxrux Abubakirovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi pul muomilasi sohasida tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlarga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish masalalarini muhokama qilish hamda tijorat banklari faoliyatida huquqiy ta’minotning rolini oshirishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-66 e-mail: mamatov@uba.uz

Banklarni soliqqa tortish bo’yicha qo’mita

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Bank tizimini isloh qilish va zamonfviy mahsulot va texnologiyalarni joriy qilish departamenti I-toifali mutaxassisi Gindulina Aleksandra Olegovna

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi soliqqa tortish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etishning optimal yo’llarini muhokama qilish, tijorat banklarining muddatli omonatlari bo’yicha imtiyozlarni qo’llash, tijorat banklarni soliqqa tortish borasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-73 e-mail: gindulina@uba.uz

Chakana bank xizmatlarni rivojlantirish bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Huquqiy ta'minot va TIF bo'yicha departamenti eksperti Ikramov Hamza Inogamovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi tijorat banklari tomonidan chakana bank xizmatlarini (riteylni) kengaytirish va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etishning maqsadlari, vazifalari va tartibini aniqlash, chakana faoliyatidagi muammolarni o’rganish, shuningdek O’zbekiston bank tizimida chakana xizmatlarni rivoshlantirish va joriy etish kontseptsiyasini ishlab chiqishda hamkorlik qilishdan iborat.


Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-64 , e-mail: ikramov@uba.uz

Korporativ boshqaruv va bank ahloqi bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining bank ishi bo'yicha bosh ersperti Imomhodjaev Abdullo Irkinovich

Vazifalari va funktsiyalari
Qo’mitaning asosiy maqsadi tijorat banklarida korporativ boshqaruvning mavjud holatini o’rganish va uni yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, xizmat, ishga doir, xizmatdan tashqari xolatlarda bank xodimlarining professional xulqi normalarini joriy qilish masalalari bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-67, e-mail: imomhodjaev@uba.uz

Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar faoliyatini rivojlanitirish bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank tizimini isloh qilish va zamonfviy mahsulot va texnologiyalarni joriy qilish departamenti bosh mutaxassisi Hakimov Muxsin Muftaxovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi qimmatli qog’ozlar bozorini davlat tomonidan boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari ishtirokini yanada faollashtirish, shuningdek qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish borasida tegishli takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-73 e-mail: hakimov@uba.uz

Risklarni boshqarish bo’yicha qo’mita

Bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash departamentietakchi mutaxassisi Mamanazarov Abdulla Habibullaevich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi - bank nazoratini takomillashtirish masalalari bo’yicha tijorat banklarining faoliyatinini muvofiqlashtirish, bank tizimining barqarorligi, ishonchliligi va shaffofliligini oshirish, bank risklarini oldini olishni baxolash usullarini takomilllashtirish hamda bank nazorati bo’yicha me’yoriy-huquqiy xujjatlarni takomillashtirishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-68 e-mail: mamanazarov@uba.uz

Tijorat banklarining investitsion faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qo’mita

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Infratuzilmaviy bo'linmalar faoliyatini tahlil qilish departamenti direktori Musahodjaev Sanjar Anvarovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur qo’mitaning asosiy maqsadi tijorat banklariga kapitallashuv darajasi va kreditlash xajmlarini oshirish, hamda investitsion faoliyatini faollashtirish, depozit, kredit hamda investitsion siyosatini amalga oshirish masalalarida ko’mak ko’rsatish, shuningdek investitsion faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni tayyorlashdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-63 e-mail: musahodjaev@uba.uz

To’lov tizimlari, IT texnologiyalari bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Bank tizimini isloh qilish va zamonfviy mahsulot va texnologiyalarni joriy qilish departament direktori Ibragimov Sarvar Azizovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi to’lov tizimlarini, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish va ularning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etishda banklar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Aloqa uchun ma'lumotlar
telefon: 238-69-73,  e-mail: ibragimov@uba.uz

Xalqaro faoliyat bo’yicha qo’mita

O'zbekriston banklari Assotsiatsiyasining Huquqiy ta'minot va TIF bo'yicha departament direktori Mamatov Shoxrux Abubakirovich

Vazifalari va funktsiyalari
Mazkur Qo’mitaning asosiy maqsadi chet el banklari Assotsiatsiyalari bilan bank tizimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni mustaxkamlash va tajriba almashish yuzasidan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, ilg’or xorijiy tajribani o’rganish uchun manfaatdor xalqaro hamkorlar bilan bank mutaxassislari bilan almashishni tashkil etishdan iborat.
Aloqa uchun ma'lumotlar
tel.: 238-69-67 e-mail: mamatov@uba.uz
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech