Korporativ boshqaruv va bank ahloqi bo’yicha qo’mita
Kurator:
Imomhodjaev Abdullo Irkinovich
Bank vakillari:
Tijorat banklar korporativ boshqaruvi va bank etikasi bo’yicha
Qomita a’zolari ro'yxati
№ п.п. |
Tijorat bankining nomi |
To’liq Ismi |
Lavozimi |
Telefon № |
1 |
Mikrokreditbank |
Isaev Kamoliddin Norbekovich |
Departament Direktori o’rinbosari |
150-56-22 |
2 |
Trast bank |
Tulyabaeva Ra’no Shukurullaevna |
Departament Direktori o’rinbosari |
244-76-43 |
3 |
O’z.R TIF Milliy Banki |
Mirzadjanov Oleg Valeryevich |
Boshqarma boshlig’i |
234-42-99 |
4 |
Turon Bank |
Qurbanova Matlyuba Rahimovna |
Boshqarma boshlig’i |
244-34-61 |
5 |
Ipak Yo’li Banki |
Azizov Komolhon Mukhtarovich |
Boshqarma boshlig’i |
140-69-18 |
6 |
Ipoteka Banki |
Turapov Ismoil Topilovich |
Boshqarma boshlig’i |
150-89-34 |
7 |
Kapital bank |
Ayubova Nilufar Hojituraevna |
Boshqarma boshlig’i |
976-00-48 |
8 |
Asaka Bank |
Numanova Barno Mukhitdinovna |
Boshqarma boshlig’i |
120-82-65 |
9 |
Agrobank |
Jumaev Hafiz Husenovich |
Bo’lim boshlig’i |
150-85-28 |
10 |
Xalq Banki |
Agzamov Jasurbek Absamatovich |
Boshqarma boshlig’i |
|
11 |
Uzsanoatqurilish banki |
Rayimberdieva Nilufar Rahmanqulovna |
Departament Direktori o’rinbosari |
|
12 |
Aziya Alyans banki |
Boltaev Ihtiyor |
Boshqarma boshlig’i |
231-60-31 |
Vazifalari va funktsiyalari:
Aloqa uchun ma'lumotlar:
O’ZBEKISTON BANKLAR ASSOTSIYATSIYASI
QORPORATIV BOSHQARUV QO’MITASI NIZOMI
1. Umumiy qoidalar
Korporativ boshqaruv qo'mitasi banklar boshqarmasi qaroriga binoan, banklar tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko'maklashish maqsadida bank sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishda Assotsiatsiyaga a'zo bo’lgan tiorat banklar hamda O'zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
"Korporativ boshqaruv" tushunchasi aktsiyadorlar, Kengash a'zolari va tijorat bank boshqaruvidagi xodimlarning asosiy faoliyatlarini belgilovchi qoidalar majmuasini anglatadi. Korporativ boshqaruv kontseptsiyasi shuningdek biznes yuritishning axloqiy standartlaridan foydalanish, aktsiyadorlarga nisbatan mas'uliyat hissini va bank o’z faoliyatini yuritayotgan jamiyat ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o'z ichiga oladi.
Qo'mita tijorat banklari tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi va Banklar Assotsiatsiyasi a'zolari faoliyatini muvofiqlashtirishga yordam beradi, ularning mexnat faolligini oshirish hamda qo’mita tomonidan umum-qabul qilingan masalalarni hal qilishda ko’maklashadi.
Qo'mita o'z faoliyatini yuritishda va o’z vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni hal qilishda O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va ushbu Nizomga amal qiladi.
- Qo’mita maqsad va vazifalari
Qo'mitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qo'mitaning maqsadi tijorat banklarining faoliyatini rag'batlantirish, korporativ foydani va aktsiyadorlar foydasini qonun doirasida oshirishdir. Banklar, ular ishlayotgan jamiyat tomonidan belgilangan moliyaviy ehtiyojlarni qondirish uchun qo'shimcha vakolatlarga ega bo'lishi mumkin. Ushbu ehtiyojlarni qondirgan holda, bank jamiyat farovonligi, insonparvarlik, xayriya maqsadlari uchun bankning xavfsizligi va ishonchliligiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan miqdorda mablag' ajratishi mumkin. Qo'mita korporativ boshqaruvda yuzaga keladigan masalalarni muhokama etishi, takliflar ishlab chiqishi, takliflar kiritishi va vakolatli organlarga yuborish uchun kerakli takliflarni ishlab chiqishi lozim.
Qo'mita Banklar Assotsiatsiyasi a'zolarining korporativ boshqaruvi bo'yicha statusini muvofiqlashtiradi va shakllantiradi, banklar va boshqa manfaatdor tuzilmalar takliflarini umumlashtiradi, banklar faoliyati asosida Banklar Assotsiatsiyasi a'zolarining manfaatlarini himoya qilish yo'llarini ishlab chiqadi.
3. Faoliyatni shakllantirish va tashkil etishning tartibi
Qo'mitaga O'zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi Ijroiya direktsiyasi rahbariyati tomonidan tayinlangan O'zbekiston banklari assotsiatsiyasining vakillari kiradi. Assotsiatsiya a’zo-tijorat banklari tomonidan korporativ boshqaruv bo'yicha mutaxassislar yoki tegishli bo’lim rahbarlari ishtirok etish uchun yuboriladi.
Ishni tashkil etish uchun mas'uluyat qo'mita a'zolari tomonidan yig'ilishda saylangan va Assotsiatsiya rahbariyati tomonidan tasdiqlangann Qo'mita Raisi zimmasiga yuklatiladi. Qo'mita tarkibi, agar zarur bo'lsa, Qo'mita raisining takliflari asosida qayta ko'rib chiqiladi. Qo'mita a'zolari soni joriy masala muhokamasidan so'ng o'zgartirilishi va shu borada Qo'mita a'zolari tomonidan, ovoz berish yo’li bilan tegishli qaror qabul qilinishi mumkin.
Keyingi davr ish rejasini Qo'mita Raisi tomonidan tayyorlanadi, Qo'mita yig'ilishida tasdiqlanadi va Banklar Assotsiatsiyasi Ijroiya direktsiyasi rahbariyati bilan kelishiladi.
Qo'mita qarorlari tavsiya mazmuniga ega. Zarurat tug'ilganda, Qo'mita qarorlari Assotsiatsiya Kengashiga olib chiqiladi va alohida masalalar Assotsiatsiya Kengashi qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
4. Qo'mita tuzilmasi
O'zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi huzuridagi Qo'mitaning a'zolari bank faoliyati sohasida tajribaga ega bo’lgan, tijorat banklar va muassasalar vakillari bo’lishi mumkin.
Qo’mita a’zolari vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- bevosita Qo’mita majlislarida qatnashish.
- tasdiqlangan ish rejasida va Qo’mitaning kun tartibida ko'zda tutilgan masalalar
bo’yicha ishlash va ularni muhokama qilishda ishtirok etish.
- Qo'mitaning asosiy vazifalari bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish va tegishli
qarorlar qabul qilish.
- Qo'mitani faoliyati yuzasidan takliflar kiritish, muammolarni hal etish bo’yicha
qarorlar qabul qilish.
- muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish, dasturlar va
hokazolarni olishda tegishli tijorat banklarining manfaatlarini ifodalash.
- tegishli vazirlik va idoralarda faoliyatga doir masalalarni muhokama qilishda
Qo'mitaning manfaatlarini ifodalash.
- O'zbekiston bank tizimida bank-moliya sohasi faoliyatida ichki va chet el amaliyotlari va yutuqlaridan foydalanish va joriy etishni tavsiya etish.
5. Huquq va majburiyatlar
Qo'mita quyidagi huquqlarga ega:
- Qo’mita faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, O'zbekiston banklari
Assotsiatsiyasiga a'zo bo'lgan tijorat banklari va boshqa muassasalar
mutaxassislarini ishiga jalb qilish.
- tijorat banklaridan Qo'mita masalalari va faoliyatiga taaluqli bo’lgan zarur
ma’lumotlarni olish.
- Respublika tijorat banklari bilan kelishilgan holda, belgilangan sohalar yo’nalishida eng so’ngi yutuqlarni va bank-moliya faoliyatining holatini o'rganish.
- moliyaviy, bank-iqtisodiy masalalarni hal qilish va tegishli tavsiyalar tayyorlash uchun Qo'mita yig'ilishlariga davlat muassasalari va idoralarining yuqori malakali mutaxassislarini, olim va xorijiy ekspertlarni taklif qilish.
Qo'mitaning vazifalari:
-respublika bank sektoridagi barcha tub o'zgarishlarni kuzatib borish, qo'mita yo'nalishlari bo'yicha tijorat banklarining faoliyatida muammoli va dolzarb masalalarni o'z vaqtida aniqlash, ularni Qo'mita majlislarida ko'rib chiqish va muhokama qilish.
-Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, lekin bir chorakda kamida 1 martda Qo’mita majlisini o’tkazish. O'zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi Qo'mitasi a'zolari Qo'mita majlislariga zarur materiallar va hujjatlarni yig’ish va tayyorlash bilan shug'ullanadi.
6. Qayta tuzish yoki tugatish tartibi
Qo'mita qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu Nizomning barcha qo'shimchalari va o'zgartirishlari O'zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi kerak.