Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Rahbar:

Gaynullin Nail Azatovich

Bosh direktor

Havola:


Telefon:

+ (99871) 238-69-19

Fax:

+ (99871) 238-69-29

E-mail:


Manzil:

100027, Toshkent shahri, Qoratosh ko'chasi, 1

Tug’ilgan jоyi: 1956 yil 30 yanvarda Rоssiya Fеdеratsiyasi Bugul’ma shahrida tug’ilgan.
Millati: Tatar
Ma’lumоti: Oliy, 1982 yilda Tоshkеnt Xalq Xo’jaligi institutini tamоmlagan.
Mutaxassisligi: Iqtisоdchi – matеmatik
Mеhnat faоliyati: 1973 yilda Rеspublika hisоblash markazida tеxnik lavоzimida ish bоshlagan.

1974-1977 yillarda Қurоlli kuchlar safida xizmat qilgan.

1982-1989 yillarda Bоsh hisоblash markazida bo’lim bоshlig’i

1989-1992 yillarda Tоshkеnt lоyihalashtirish va kоsmik uskunalashtirish ilmiy tadqiqоt Institutida bo’lim bоshlig’i

1992-1996 yillarda “Yangivaqt” tijоrat ishlab chiqarish firmasida Bоsh dirеktоr

1996-1997 yillarda “Uzlеgkоmbank” ATBda bank ishlarini avtоmatlashtirish va kоmp’yutеrlashtirish bоshqarmasi bоshlig’i

1997-1998 yillarda “PLASTIK KART” banklararо innоvatsiоn kоmpaniyasining emissiya bоsh markazining bоshlig’i

1998-2000 yillarda “Asaka” ATBning plastik kartоchkalar bilan elеktrоn hisоb kitоb tizimini tadbiq qilish va rivоjlantirish bo’limi bоshlig’i 

2000-2002 yillarda “PLASTIK KART” banklararо innоvatsiоn kоmpaniyasining Bоsh dirеktоr vazifasini bajaruvchi

2002-2006 yillarda «YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKASI» Bоsh dirеktоri

2006-2008 yillarda O’zbеkistоn banklar Assоtsiatsiyasining bank axbоrоt tеxnоlоgiyalari bo’yicha bоsh ekspеrt

2008 yildan hоzirgi davrgacha O’zbеkistоn banklar Assоtsiatsiyasi “Ahbor-Reyting” Rеyting Agеntligining Bоsh dirеktоri

“Axbor-Reyting” Reyting agentligi

«Ahbor-Reyting» Reyting agentligi – O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 9 noyabridagi 427 sonli Qarori ijrosi yuzasidan tijorat banklariga, sugurta va lizing korxonalariga, qimmatli qog’ozlar emitentlariga, lrmbardlar, mikrokredit va boshqa korxonalarga reyting xizmatlarini ko’rsatish maqsadida tashkil qilingan O’zbekistondagi birinchi reyting agentligidir. 2005 yil dekabr’ oyida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo’lib Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasining (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA) a’zoligiga qabul qilindi, va bugungi kunda Osiyo, Evropa, Amerika va SNG davlatlaridagi etakchi xalharo reyting agentliklari bilan faol xamkorlik qilib kelmoqda.

«Ahbor-Reyting» reyting agentligi keng ko’lamdagi xizmatlarni ko’rsatadi, jumladan:

  • kredit reytingini berish va kelgusida berilgan reyting baxosini monitoring qilish;
  • moliyaviy, boshqaruv va strategik konsalting;
  • moliyaviy bozor segmentlari va makroiqtisodiyot bo’yicha tadqiqotlar;
  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha turli xil informatsion-tahliliy ishlar;
  • buyurtmachining loyihasi bo’yicha investitsion memorandumlar tuzish va texnikg’iqtisodiy asoslarni tayyorlash;
  • bank-moliyaviy tuzilmalarga xalqaro reyting agentliklaridan reyting olish protseduralariga tayyorgarlik ko’rish va ulardan o’tishda ko’maklashish;
  • iqtisodiyotning turli faoliyat yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislari uchun tematik seminar va konferentsiyalarni tashkil etish va o’tkazish.

Milliy reytingni berilishi va uning doimiy monitoringi “Ahbor-Reyting” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston banklar Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Markaziy banki, hamda Moliya Vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilgan reyting bahoni aniqlash va monitoring o’tkazish bo’yicha metodik ko’rsatmalar va tartiblar doirasida amalga oshiriladi.«Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan qo’llaniladigan barcha reyting usullari va tartiblari Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA) xamkorligida ishlab chiqilgan hamda eng yaxshi halqaro amaliyotning qo’llanilishiga asoslangan. «Ahbor-Reyting» reyting agentligining metodologik bazasi iqtisodiyotning bank, sugurta, lizing, investitsiya va boshqa tarmoqlarini o’z ichiga qamrab oladi.

Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan bank moliya tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarni bajarish maqsadida,   RA “Ahbor-Reyting” tomonidan doimiy ravishda reyting baholash metodikalariga etakchi halqaro reyting agentliklari, jumladan «Fitch Ratings», «Moody’s Investors Service» va «Standart and Poor’s», tomonidan qo’llanilib kelinayotgan me’yor, mezon va standartlarni qo’shgan holda o’zgartirishlar kiritiladi.

Belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida «Ahbor-Reyting» institutsional va produktiv reyting yo’nalishini izchil rivojlantirmoqda, ma’lumotlarni yoritish sistemasini yaxshilanishiga yordam bermoqda, hamda O’zbekiston moliya xizmatlari bozorida reyting izlanishlar olib bormoqda.

Mamlakatimiz moliya bozoridagi ko’p yillik muvaffaqiyatli faoliyati «Ahbor-Reyting» reyting agentligiga moliya bozori va iqtisodiyot tarmoqlari qatnashchilari va segmentlari haqidagi keng ma’lumot bazasini yaratishga imkon yaryatdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari tahlili, moliyaviy bozorlar va mamlakatimiz bank sohasining rivojlanish istiqbollari va joriy tendentsiyalari borasida to’plangan noyob tajriba «Ahbor-Reyting» reyting agentligiga xar chorakda “Reytingi” informatsion byulleteni va “Bank sektorining analitik obzori” analitik byulletenini chiqarish imkonini berdi. YUqorida ko’rsatilgan byulletenlar tijorat banklari, sugurta korxonalari va boshqa moliya institutlariga tavsiya etiladi.

«Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallar mamlakat iqtisodiyotining barcha muxim soxalarini o’z ichiga qamrab olgan, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish su’ratlari, tendentsiyalar va joriy holati ilmiy-asoslangan tahlili bo’lib hisoblanadi.

«Ahbor-Reyting» agentligida yuqori malakali, turli xil moliya-kredit korxonalarida, xalqaro auditorlik va konsalting agentliklarida ishlash bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lgan moliyaviy tahlilichilar faoliyat yuritadilar. Agentlik tahlilchilari Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA), Osiyo rivojlanish banki va boshqa xalqaro moliya korxonalari tomonidan tashkil etilgan barcha tadbirlar (treninglar, tajriba almishishlar) da faol qatnashib kelmoqdalar.

Tijorat banklari, sugurta va lizing korxonalari, qimmatli qog’ozlar emitentlari, lombardlar, mikrokredit va boshqa korxonalar reytinglari xaqidagi ma’lumotlar respublikamizning etakchi matbuot manba’lari jumladan “Bank axborotnomasi” gazetasida hamda "Ahbor-Reyting" reyting agentligining (www.ahbor-reyting.uz), O’zbekiston banklar Assotsiatsiyasining (www.uba.uz), “Norma xamkor” kompaniyasining (www.bank.uz) va agentlikning chet ellik xamkorlari informatsion veb-saytlarida keng yoritiladi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech