Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
M U N D A R I J A



O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi kengashi nomidan murojaat
IBank mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish
IIPLASTIK KARTOChKALAR ORQALI NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh
IIIXALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh
IVTIJORAT BANKLARINING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYa QILIShGA KO’MAKLAShISh
VO’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTsIATsIYaSI INFRATUZILMASI
VISPORT – SOG’LOMLAShTIRISh TADBIRLARI
VIIxulosa



Hurmatli O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining

ishtirokchilari, hamkasblar va hamkorlar!

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 2016 yildagi faoliyati natijalari bo’yicha hisobotini e’tiboringizga taqdim etmoqda.

Mamlakatimizda yaratilgan qulay makroiqtisodiy muhit, moliya-bank tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida qabul qilingan qarorlar va dasturlar ijrosini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari qatorida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ham munosib hissasini qo’shib kelmoqda.

O’tgan hisobot yilida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi o’z faoliyatini asosan respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli va 2016 yil 28 oktyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2646-sonli Qarorlarining hamda 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-sonli Farmonini tegishli bandlarining ijrosini ta’minlashga qaratdi.

Bu borada O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi o’z Nizomidagi hamda bank hamjamiyati oldidagi o’z vazifa va maqsadlariga muvofiq bor salohiyat va e’tiborini:

- tijorat banklariga bo’lgan ishonchni yanada oshirish;

- bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko’lamini yanada kengaytirish va sifatini oshirish;

- Bazel’ qo’mitasining yangi talablariga binoan banklarning kapitallashuv darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

- banklarning investitsion faoliyatini jadallashtirish hamda korxonalarni modernizatsiyalash, texnologik va texnikaviy qayta qurollantirish;

- plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va ularning egalarini rag’batlantirish;

- respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay oladigan professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;

- moliya-bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro me’yor hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga yo’naltirdi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Kengashi Banklar Assotsiatsiyasining kelgusi faoliyati ham mamlakatimiz moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, bank faoliyatini yanada takomillashtirish, bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish, shuningdek tijorat banklarining O’zbekiston moliya bozoridagi o’rnini yanada mustahkamlashga qaratiladi deb ishonch bildiradi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi 

I. Bank mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha Respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida”gi PQ-991–sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda 2015 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazildi. Mazkur tanlovning g’oliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi 2016 yilning 30 yanvar’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida o’tkazildi.

Tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari mijozlari o’rtasida so’rovlar o’tkazish va ko’rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar sifatini baholash hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini va bankdagi korporativ madaniyat darajasini baholash bo’yicha anketa–so’rovnoma ishlab chiqildi va barcha tijorat banklariga yuborildi. Hozirda tijorat banklaridan kelib tushgan anketa–so’rovnomalari tahlil qilinib, umumlashtirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, hamda bank xodimlari kasbiy darajasini oshirish maqsadida tijorat banklari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha 2016 yilga mo’ljallangan reja-jadvalga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bazasida bank faoliyatining 24 ta dolzarb yo’nalishlari bo’yicha 95 ta o’quv kurs va maxsus seminarlar tashkil etildi. 2016 yilning 31 dekabr’ holatiga ko’ra mazkur seminar va kurslarda tijorat banklarining 1945 ta xodimi tahsil olib, tegishli sertifikatlarga ega bo’ldilar.

Bank faoliyatining dolzarb yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan o'quv kurslarda 2016 yil davomida tahsil olgan bank xodimlarining soni

diag2016.jpg

(2016 yilda tashkil etilgan kurslarda tijorat banklarining 1945 ta xodimi tahsil oldi.)

Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti bazasida tijorat banklari bo’limlari va filiallarining boshqaruvchilari bank faoliyati hamda bank menejmenti sohasida chuqur amaliy va nazariy bilimlar darajasini yanada oshirish, shuningdek ularda turli vaziyatlarda tezkor va oqilona qarorlarni qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida boshqaruvchilar uchun umumlashtirilgan o’quv kursi, shuningdek tijorat banklari bosh hisobchilarining kasbiy darajasini yanada oshirish, ularda xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasida chuqur amaliy va nazariy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida “Banklarda buxgalteriya hisobi va hisoboti: qonunchilikdagi o’zgarishlar va amaliyot” mavzusidagi umumlashtirilgan o’quv kursi dasturi va materiallari ishlab chiqildi. 2016 yilning 31 dekabr’ holatiga ko’ra mazkur kurslarda tijorat banklarining jami 527 nafar boshqaruvchi va bosh buxgalterlari tahsil olib, o’z malakalarini oshirishdi, ulardan: 216 nafar boshqaruvchilar va 311 nafar bosh buxgalterlar.

2016 yilning 19 fevralida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda O’zbekistonning samarali iqtisodiy siyosati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida Bank-moliya akademiyasi va Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining etakchi professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari, Davlat muassasalari, biznes vakillari ham ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari Kompleksi majlisining 2016 yil 2 yanvar’ kunidagi 3-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “2016 yilda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning I-yo’nalishi 9-bandi, shuningdek Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari yo’nalishi mas’ullar guruhi rahbari tomonidan 2016 yil 25 yanvarda tasdiqlangan Ish rejasiga binoan O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Din ishlari bo’yicha Qo’mitaga tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari xodimlari bilan “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzuida davra suhbatlarini o’tkazish vazifasi topshirilgan.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida tijorat banklari xodimlari uchun “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzuida davra suhbatini yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha ishchi va targ’ibot guruhlari tarkibi aniqlandi, hamkor tashkilotlar qo’shma qarori, hamda hududlarda davra suhbatlar o’tkazish bo’yicha reja-jadval ishlab chiqildi va Din ishlari bo’yicha Qo’mita hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilib tasdiqlandi.

Hamkor tashkilotlar qo’shma qarorida mamlakatimiz hududlarida tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari xodimlari bilan “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzuida davra suhbatlarni yuqori darajada tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Ishlab chiqilgan reja-jadvalga binoan mamlakatimizning barcha hududlarida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzuida davra suhbatlari 2016 yilning fevral’ va mart oylari davomida o’tkazildi. Ya’ni:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasida: Nukus va To’rtko’l shaharlarida 15 mart kuni (407 nafar xodim );
  • Andijon viloyat, Andijon shahrida 17 fevral’ kuni (350 nafar xodim);
  • Buxoro viloyati, Buxoro shahrida 1 mart kuni (295 nafar xodim);
  • Jizzax viloyati, Jizzax shahrida 10 mart kuni (162 nafar xodim);
  • Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida 24 fevral’ kuni (143 nafar xodim);
  • Navoiy viloyati, Navoiy shahrida 2 mart kuni (200 nafar xodim);
  • Namangan viloyati, Namangan shahrida 18 fevral’ kuni (160 nafar xodim);
  • Samarqand viloyati, Samarqand shahrida 24 mart kuni (290 nafar xodim);
  • Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 10 mart kuni (140 nafar xodim);
  • Surxandaryo viloyati, Termiz va Denov shaharlarida 23 fevral’ kuni (281 nafar xodim);
  • Farg’ona viloyati, Farg’ona shahrida 19 fevral’, Qo’qon shahrida 18 fevral’ kuni (350 nafar xodim);
  • Xorazm viloyati, Urganch shahrida 16 mart kuni (217 nafar xodim);
  • Toshkent viloyatida 25 mart kuni (352 nafar xodim);
  • Toshkent shahrida 24 mart kuni (470 nafar xodim).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmonini ijrosini ta’minlash yuzasidan 2015 yil 6 mayda O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan tasdiqlangan 02/1-246-sonli Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining 42-bandini bajarish borasida qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiyalari xalqaro tashkiloti, xorijiy Davlatlarning qimmatli qog’ozlar bozori va fond birjalarini muvofiqlashtiruvchi idoralari vakillari, korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasidagi tadqiqot markazlari bilan birgalikda xalqaro konferentsiyalar, “davra suxbatlari” va seminarlar tashkil etish va o’tkazish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar majmuiga kiritish uchun O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi takliflari ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat Qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markaziga yuborildi.

Shu bilan birga korporativ boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 42-bandini bajarish maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Tijorat banklari xodimlari uchun bank faoliyatining dolzarb masalalari bo’yicha taklif etilayotgan o’quv kurslar bazasini yanada kengaytirish maqsadida Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti bilan hamkorlikda tijorat banklarining ichki nazorat xizmatining xodimlari rahbarlariga mo’ljallangan “Banklarda ichki nazoratni tashkil qilish va muvofiqlashtirishning milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlari”, hamda “Bazel’ qo’mitasining bank nazorati bo’yicha yangi talablari” mavzularida yangi kurslar ishlab chiqildi va kelishish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi.

Bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida o’tkazilayotgan barcha o’quv kurslar va seminarlarning o’quv dasturlari va materiallari bank sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda yangilandi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirig’iga binoan Toshkent moliya institutidagi 5230700-Bank ishi bakalavriat ta’lim yo’nalishining, 5A230701 Bank ishi (faoliyat turlari bo’yicha), 5F230702-Bank hisobi va audit magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari kasbiy faoliyatlariga qo’yiladigan va yangidan yaratiladigan umumiy malaka talablari, shuningdek yuqorida keltirilgan yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha rivojlangan mamlakatlarning etakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasini hamda ishberuvchilarning talablarini inobatga olgan holda qayta tuzilgan o’quv rejalari ko’rib chiqildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016 yil 26 martdagi “Tijorat banklarida xodimlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan o’zgartirishlar, yangi texnika va texnologiyalar bilan o’z vaqtida tanishtirib borish ishlarini takomillashtirish to’g’risida”gi 8/2-sonli qarorining 4-bandini bajarish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Tijorat banklarida xodimlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, amaldagi qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlar, yangi texnika va texnologiyalar bilan o’z vaqtida tanishtirib borilishi ishlarini takomillashtirish to’g’risida”gi 2016 yil 26 mart 8/2-sonli Qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi;

- mazkur chora-tadbirlar majmuasi ko’p tarmoqli filiallarga ega bo’lmagan tijorat banklari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish markazi kabi bank xodimlari uchun turli yo’nalishdagi o’quv kurslar va seminarlar tashkil etayotgan o’quv muassasalar va markazlarga etkazildi.

- ko’p tarmoqli filiallarga ega bo’lmagan tijorat banklarida ular uchun dolzarb bo’lgan yangi o’quv kurslar mavzularini aniqlash va umumlashtirish, shuningdek ularda bank xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida mavjud bo’lgan muammolarni aniqlash maqsadida mazkur banklarga xat yuborildi.

Hozirda, mazkur tijorat banklaridan olingan javoblarda aks ettirilgan masalalar yuzasidan, xususan bank xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ko’rsatilgan muammolarning echimini topish hamda mazkur banklar uchun dolzarb bo’lgan mavzular bo’yicha yangi o’quv kurslar va seminarlarni tashkil etish borasida yuqorida ko’rsatilgan o’quv muassasalar va markazlar bilan birgalikda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan Bank tizimi xodimlarini malakasini oshirish reja-jadvaliga asosan tashkil etilayotgan o’quv kurslarning samaradorligini baholash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • kurs tinglovchilari orasida yashirin so’rov o’tkazish anketa-so’rovnomasi o’zbek va rus tillarida ishlab chiqildi;
  • ishlab chiqilgan anketalarga muvofiq o’tkazilayotgan har bir kurs yakuni bo’yicha Banklar Assotsiatsiyasining mas’ul xodimlari tomonidan kurs tinglovchilari orasida yashirin so’rov o’tkazilib, natijalari umulashtirilmoqda;
  • har chorak yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga har bir o’quv markazi bo’yicha umumlashtirilgan holda so’rov natijalari to’g’risida hisobotlar taqdim etilmoqda.

Rahbar xodimlar zaxirasini tayyorlash bo’yicha tashkil etilgan to’rt oylik kurslarda 1996-2016 yilarda tahsil olgan bank xodimlarining soni

bankmoliya2016.jpg

2016 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 180-sonli Qaroriga binoan bank va moliya sohasi xodimlarining kasbiy darajasini oshirish maqsadida 2016 yilning yanvar’-may oyilarida Bank-moliya akademiyasi bilan birgalikda rahbar xodimlari zaxirasini tayyorlash bo’yicha 4 oylik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Ushbu kurslarning asosiy vazifasi tijorat banklari va moliya tashkilotlari viloyat bo’linmalari hamda tuman filiallari rahbar xodimlarining munosib zaxirasini tarbiyalash, bo’lajak rahbarlarga zamonaviy bank-moliya menejment sohasidagi eng yangi bilimlarni etkazish, tinglovchilarni O’zbekiston bank-moliya tizimini isloh qilish va jahon moliya tizimiga integratsiyasining asosiy yo’nalishlari bilan tanishtirishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 180-sonli Qaroriga binoan Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti qoshida rahbar xodimlari zaxirasini tayyorlash bo’yicha tashkil etilgan 4 oylik kurslar tinglovchilarining bitiruv imtihonlari hamda malakaviy ishlari himoyasi 2016 yil 6 va 11 may kunlari bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 maydagi “Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsion hamda moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish choralari to’g’risida”gi PQ-2530-sonli qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 17 maydagi 02/1-325-sonli topshirig’ini bajarish yuzasidan “Toshkent shahridagi Koreya ilg’or fan va texnologiyalar institutini tashkil etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi hamda mazkur institutni ochilishi va faoliyatini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qarori, shuningdek Prezidentimizning 2015 yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan 2016 yil 20 may kuni “O’zbekistonda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va resurs bazasini mustahkamlash – iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim omili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi.

Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, ekspert-tahlilchilar, shuningdek iqtisodiyot yo’nalishidagi etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlarning har tomonlama etuk mutaxassis bo’lib kamol topishiga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ko’magida respublikamiz tijorat banklari o’rtasida “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovini o’tkazilishini ta’minlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi qo’shma qarori ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

  • “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovi to’g’risidagi Nizomi qayta ishlab chiqildi.
  • “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovi nominatsiyasi bo’yicha baholash mezonlari qayta ishlab chiqildi.
  • “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovini o’z vaqtida va yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha tijorat banklari Boshqaruv Raislari o’rinbosarlari va xodimlar bilan ishlash bo’linmalari mas’ul xodimlari ishtirokida yig’ilish o’tkazilib, ishtirokchilarga tanlov bo’yicha ishlab chiqilgan qo’shma qaror barcha ilovalari bilan tarqatildi, tanlovni o’tkazish va zarur hujjatlarni topshirish tartibi tushuntirildi hamda barcha berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining murojaatiga asosan O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi mablag’lari hisobidan 1996-2004 yilgacha olingan, hozirda ta’mirtalab va ma’naviy eskirgan komp’yuter, ofis texnikalari, mebel’ jihozlari, pardalar, doskalar, maishiy texnikalar, shuningdek 1996 yilda o’rnatilgan, jismoniy eskirib qolgan va demontaj qilingan bruschatkalarni o’rnatilgan tartibda respublikamiz o’quv muassasalariga homiylik sifatida hisobdan hisobga o’tkazish hamda Akademiya balansi hisobidan chiqarish borasida tegishli ishlar amalga oshirildi va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashining qarori tayyorlanib, tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 4 noyabrdagi 1163-sonli farmoyishini ijro etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanib borishida bank tizimining tutgan o’rnini yoritib berish borasida tayyorlangan turkum kitoblar hamda to’plamlarni chop etilishi uchun O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tashkil etilgan maxsus jamg’armaga tijorat banklari tomonidan mablag’larni belgilangan miqdorda va o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tegishli ishlar amalga oshirildi.

Tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari mijozlari o’rtasida so’rovlar o’tkazish va ko’rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar sifatini baholash hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini va bankdagi korporativ madaniyat darajasini baholash bo’yicha anketa–so’rovnoma ishlab chiqildi va barcha tijorat banklariga yuborildi. Hozirda barcha tijorat banklari bilan birgalikda bank mijozlari o’rtasida o’tkazilgan anketa so’rovlari natijalari umumlashtirilmoqda.

Tijorat banklari xodimlari uchun bank faoliyatining dolzarb masalalari bo’yicha taklif etilayotgan o’quv kurslar bazasini yanada kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti tomonidan “Tijorat banklarida korporativ boshqaruvi asoslari” mavzuida yangi kurslar dasturlari ishlab chiqildi va kelishish uchun Markaziy bankka yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig’ma axborot-tahlil Departamentining topshirig’iga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 30 maydagi 50-sonli Bayoni bilan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilishi to’g’risida batafsil ma’lumot tayyorlandi va Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanib borishida bank tizimining tutgan o’rnini yoritib berish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 4 noyabrdagi 1163-sonli farmoyishining 2-ilovasida belgilangan bandlarini O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida ijro etish bo’yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Nazorat rejasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, shuningdek Assotsiatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar to’g’risida o’zbek va rus tillarida batafsil ma’lumot tayyorlandi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi.

“Bank axborotnomasi” gazetasining 2016 yil 1 iyuldagi murojaatiga asosan 2016 yil 14 iyul’ kuni “Bank axborotnomasi” va “Bankovskie vesti” gazetalari tomonidan Toshkent viloyatining Kibray tumanidagi “Maristella” majmuasida tashkil etilgan sayyor ishchi seminarda gazeta tahririyati faoliyatini yanada rivojlantirish hamda chop etiladigan materiallar soni va sifatini oshirish borasidagi kontseptsiyani ishlab chiqish va tegishli takliflarni tayyorlashda ishtirok etildi.

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining 2016 yil 19 iyuldagi 600-sonli xatiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining 2017 yilda O’zbekiston Respublikasida o’tkaziladigan ilmiy anjumanlar Rejasiga kiritish uchun O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar mavzulari ko’rib chiqilib, tayyorlangan takliflar Bank-moliya akademiyasiga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning har tomonlama etuk mutaxassis bo’lib kamol topishiga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, o’zi tanlagan kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg’usini shakllantirish, yosh mutaxassislar orasida sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish hamda istiqbolli kadrlarni tanlash maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Qo’shma qaroriga asosan O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Asotsiatsiyasi hamkorligida “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovi 3 bosqichda o’tkazildi: Bunda, I-bosqich – 2016 yil iyun’ oyining 15 sanasigacha har bir tijorat banklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining o’z ichki tizimida. II-bosqich – 2016 yil iyun’ oyining 30 sanasigacha har bir tijorat banklarining Respublika darajasida va III-bosqich – 2016 yil iyul’ oyining 25 sanasigacha respublikamiz barcha tijorat banklari o’rtasida o’tkazildi.Tanlovning barcha bosqichlarida jami 2000 nafarga yaqin yosh bank xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur tanlovning respublika bosqichi g’oliblarini aniqlash marosimi 2016 yilning 28 iyul’ kuni O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida o’tkaziladi. Unda respublikamiz tijorat banklarida o’tkazilgan tanlovning I va II - ya’ni viloyat va respublika bosqichlarida 1-o’rin egallagan 21 ta yosh bank xodimlari ishtirok etib, “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovida 1, 2 va 3-o’rin olish uchun kurashdilar.

Tanlovda eng faol yosh bank xodimlari respublikamizda izchil olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati to’g’risida etarli tushunchaga egaligi, bank xizmat turlarini yanada takomillashtirish va bank tizimida yangi innovatsion g’oyalarni joriy etish borasida kiritgan takliflari va ularning ish jarayonida joriy etilganligi, xodimlarning kasaba uyushmalari harakatidagi faolligi, tashabusskorligi, chet tillarini bilishi, yosh mutaxassisning axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati hamda moliya va bank sohasini huquqiy tartibga solish shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonunchilik borasidagi savodxonligi kabi mezonlar asosida aniqlandi.

“Eng faol yosh bank xodimi” tanlovining natijasiga ko’ra, AT “Aloqabank” Bosh ofisi xodimi Maxkamov Farrux Murodovich 3-o’rinni, “Ipoteka bank” AT Buxoro viloyati Sardor filiali xodimi Achilov Sunnatillo Obidovich - 2-o’rinni, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Akademik filiali xodimi Ismailov Sardor Samidullaevich faxrli 1-o’rinni egalladilar.

O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining murojaatiga asosan 2016 yil 29 iyul’ kuni O’zbekiston banklari Asotsiatsiyasi binosida mazkur tanlovning respublika bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Hududiy bosqichlarida hamda respublika bosqichida g’olib deb topilgan yosh bank xodimlari tadbir tashkilotchilari tomonidan Diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 180-sonli Qaroriga binoan Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti qoshida rahbar xodimlari zaxirasini tayyorlash bo’yicha tashkil etilgan 4 oylik kurslarning 2016-2017 o’quv yili uchun mo’ljallangan ishchi o’quv rejasi ko’rib chiqildi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan kelishildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanib borishida bank tizimining tutgan o’rnini yoritib berish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 4 noyabrdagi 1163-sonli farmoyishining 2-ilovasida belgilangan bandlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016 yil 4 maydagi 497-sonli va Banklar Assotsiatsiyasining 2016 yil 4 maydagi 25-F-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016 yil 1 iyuldagi 730-sonli va Banklar Assotsiatsiyasining 2016 yil 1 iyuldagi 34-F-sonli qo’shma farmoyishlarini ijro etish yuzasidan:

- O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanib borishida bank tizimining tutgan o’rnini yoritib berish maqsadida ommaviy axborot vositalarida chop etiladigan maqolalar bo’yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi;

- tijorat banklari tomonidan kichik biznes, xususiy hamda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo’llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni amalga oshirish, korxonalarni modernizatsiyalash, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, zamonaviy uy-joylarni qurish, yoshlarni qo’llab-quvvatlash, qishloq xo’jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish, kollej bitiruvchilariga o’z biznesini yuritishda ko’maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni “Axborot” va “Davr” axborot dasturlarida hamda “O’zbekiston radiokanali” orqali 50 foizga kamaytirilgan imtiyozli tariflar bo’yicha keng yoritib borish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanib borishida bank tizimining tutgan o’rnini televidenie va radiokanallar orqali yoritib borish bo’yicha Chora-tadbirlar rejasi hamda televidenie va radiokanallar orqali yoritilishi mo’ljallanayotgan maxsus ko’rsatuv va eshittirishlar Rejasi 2016 yil iyun’ oyida ishlab chiqildi va Markaziy bankka yuborildi.

- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi bilan birgalikda mamlakatimizning barcha hududlarida “Tadbirkor ayol: Vatan ravnaqiga o’z xissamizni qo’shamiz” Marafonini yuqori darajada o’tkazish borasida zarur ishlar amalga oshirildi.

- mazkur farmoyishlarda belgilangan bank-moliya sohasi faoliyatiga oid kitob va qonun hujjatlari to’plamlari o’rnatilgan muddatlarda va to’liq hajmda “O’zbekiston” va “Ma’naviyat” nashriyotlarda chop etildi va Markaziy bankka topshirildi. Shu bilan birga, boshqa nashriyot mahsulotlari ya’ni kitob uchun futlyar va sumkalar tayyorlandi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksi” talablariga tijorat banklarida rioya etilishi holati yuzasidan 2016 yilning 19-24 sentyabr’ kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatilarida o’rganish o’tkazildi. O’tkazilgan o’rganish natijalari asosida tayyorlangan xulosalar va aniqlangan kamchiliklar bo’yicha tijorat banklariga tegishli ma’lumotlar yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgustdagi 07/15-303 - topshirig’iga binoan sentyabr’-oktyabr’ oylarida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti moddiy-texnik bazasini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek talabalarning ta’lim olishlari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori yakuniy loyihasini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash borasida ishlar amalga oshirildi. Hozirda bu borada qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 oktyabrdagi 337-sonli qarorini o’z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

2016 yil 21 oktyabr’ kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoni, 2015 yil 21 dekabrdagi “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2454-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan “Iqtisodiyotda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish va investitsion muhit jozibadorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi.

Mazkur Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, ekspert-tahlilchilar, shuningdek etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Konferentsiya yakunlari bo’yicha tegishli ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi PQ-991 – sonli Qaroriga muvofiq Respublika tijorat banklari o’rtasida 2016 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlovni o’tkazish va ishchi guruhi ishini tashkil etish uchun Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar hamda ishchi guruhi yig’ilishlari bayonnomalari loyihalari ishlab chiqildi va Markaziy bankka yuborildi. Hozirda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan mazkur bayonnomalarda belgilangan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining 2016 yil 31 oktyabrdagi 827-sonli xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 180-sonli qaroriga binoan, Bank-moliya akademiyasi “Malaka oshirish fakul’teti”da 2017 yilda bank tizimidagi rahbar xodimlari uchun to’rt oylik malaka oshirish o’quv kurslarini o’tkazish uchun zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan dasturga binoan 2016 yilning 17 noyabr’ kuni Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Siyosatni tadqiq qilish institutining katta ilmiy xodimi, Keyo Universitetining professori janob Shigeo Kashivagi bilan muzokaralar o’tkazilib, Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Siyosatni tadqiq qilish instituti va Bank-moliya akademiyasi o’rtasidagi hamorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatimiz iqtisodiyoti va bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va bu borada yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

“Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati bilan hamkorlikda “O’zbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligining o’rni va rivojlanish istiqbollari” mavzusida 2016 yil 18 noyabr’ kunida o’tkazilgan konferentsiyada ishtirok etildi.

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining murojaatiga binoan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy Davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo’yicha malakasini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 73-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etilgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari O’quv markazi bazasida tijorat banklari tuman va shahar bo’linmalari va filiallari xodimlarini navbatdagi maxsus seminar-treninglarda o’qishlarini tashkil etish borasida respublikamizning barcha tijorat banklari bilan tegishli ishlar amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016 yil 9 dekabrdagi 19-30/2802-sonli xatiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 oktyabrdagi 02/1-718 – sonli topshirig’iga binoan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublika moliya-bank tizimining barqarorligini oshirish choralari to’g’risida”gi qarori loyihasi bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash qismida ko’rib chiqildi va bu boradagi tegishli taklif-mulohazalar Markaziy bankkga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qarorining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari xodimlari uchun 2017 yilga mo’ljallangan o’quv kurslari va seminarlarining yillik reja-jadvallari ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida tasdiqlanib, tijorat banklariga etkazildi.

Mamlakatimiz fuqorolaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan qator murojaatlariga belgilangan tartibda batafsil javoblar tayyorlanib, fuqarolarga o’rnatilgan muddatlarda yuborildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Web-saytida bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlariga oid materiallar doimiy ravishda joylashtirildi.

II. PLASTIK KARTOChKALAR ORQALI NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR  TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

O'tgan davr mobaynida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli Qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi «Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-433-sonli, 2010 yil 19 apreldagi "Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PQ-1325-sonli va 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qarorlari talablarini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish davom ettirildi.

plkard.jpg

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2017 yilning 1 yanvar’ holatiga tijorat banklari tomonidan 2004 yil ko’rsatkichlariga nisbatan 48 marta ko’p plastik kartochkalar emissiya qilindi, ularga xizmat ko’rsatish uchun o’rnatilgan terminallar soni esa 75 barobarga oshdi.

terminal.jpg

Bundan tashqari, aholiga plastik kartochkalardan foydalanishda qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joylarda o’rnatilgan bankomatlar va infokiosklar sonining o’sish sur’atlari ham 32 barobarni tashkil etdi.

Terminallar o’rnatilgan barcha ob’ektlarda to’lovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qilinishini izohlovchi «UZKART» logotipining o’rnatilishini ta’minalash maqsadida tijorat banklariga tarqatilgan logotiplarning umumiy mikdori 364 mingdan ziyodni tashkil etdi.

Shu bilan birgalikda, Uzkart EMV yangi turdagi plastik kartochkalarni qabul qilinishini aks ettiruvchi logotipning yangi tahriri 40 800 donada tijorat banklariga tarqatildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatishda so’m plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan tariflar rejasiga tijorat banklari tomonidan rioya qilinishi monitoring qilinmoqda. 2016 yil davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida tegishli choralar amalga oshirilib, o’rganish natijalari to’g’risidagi ma’lumot Vazirlar Mahkamasiga va Markaziy bankka o’rnatilgan tartibda kiritildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi 55-sonli “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan chora – tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2016-2020 yillar mobaynida muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar va o’rnatilgan hisob-kitob terminallari sonini 1,5 martaga oshirish bo’yicha chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1730-sonli Qarori ijrosini ta’minlash va taqdim etilayotgan zamonaviy bank xizmatlari turlarini yanada ko’paytirish maqsadida masofadan xizmat ko’rsatish tizimlarini rivojlantirish “Uzcard”, “Woy-wo”, “Uzcard-Click”, “Pay-me”, “M-Vank”, “U-Pay” kabi mobil ilovalar orqali to’lov xizmatlari yo’lga qo’yildi.

Joriy etilgan mazkur loyihalar doirasida on-layn rejimida faoliyat ko’rsatadigan yangi turdagi plastik kartochkalar egalari uchun mobil aloqa, raqamli televidenie, internet provayderlar xizmati, kommunal, kreditlarni so’ndirish xizmati va kartadan kartaga pul o’tkazmalari (P2P) boshqa turdagi to’lovlarni masofadan turib uzluksiz amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

To’lov terminallari orqali to’lovlarni uzluksiz qabul qilishni rag’batlantirish maqsadida "Namunaviy savdo yoki pullik xizmat ko’rsatuvchi shoxobcha" nominatsiyasi bo’yicha tanlov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkaziladigan "Tashabbus-2016" ko’rik-tanlovining qo’shimcha nominatsiyalari qatoriga kiritildi va mazkur tanlov g’oliblari 2016 yilning 6 aprel’ kunida “Turkiston” san’at saroyida tantanali ravishda taqdirlandi.
infokiosk.jpg

Hisobot yili davomida IT-texnologiyalar va to’lov tizimlari bo’yicha Qo’mita tomonidan “Internet-banking tizimini joriy etish va foydalanish” mavzusidagi amaliy seminarlarni o’tkazish dasturiga muvofiq respublikada elektron to’lovlar tizimining qonunchilik asoslarini yaratish, Internet-banking, SMS-banking, tijorat banklari mijozlariga qo’shimcha qulayliklar yaratish, hamda o’z hisob raqamini masofadan boshqarish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan amaliy seminarlar (davra suxbati tarzida) o’tkazildi.

Tijorat banklari xodimlarining kasbiy malakasini yanada oshirish maqsadida “Plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish” mavzusida maxsus kurslar tashkil etildi. 2016 yil davomida ushbu kurslarda tijorat banklarining jami 136 ta xodimi o’qitildi va ularga tegishli sertifikatlar topshirildi.

uzkart.jpg

Shu bilan bir qatorda, aholiga hisob-kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirilishini qulaylik va afzalliklari yuzasidan olib borilayotgan tushuntirish ishlarini faollashtirish maqsadida:

- Banklar Assotsiatsiyasining www.uba.uz saytida yaratilgan «O’zkart» axborot-ma’lumotlar Internet portalida so’m plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi to’g’risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib borishi yo’lga qo’yildi;

- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda “Bank to’lov plastik kartochkalari” nomli risolaning yangi tahriri 10 ming nusxada chop etilib, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklariga etkazildi;

- Banklar Assotsiatsiyasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda Bank Axborotnomasi gazetasining 32-sonli nashrida “Xalqaro standartlarga asoslangan innovatsion texnologiyalar va elektron tijorat”, 41-sonli nashrida “To’lov tizimida zamonaviy texnologiyalar” hamda gazetaning 46,50,51-sonli nashrlarida savol-javob rubrikasidagi maqolalar o’zbek va rus tillarida chop etildi;

- plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni qabul qiladigan savdo-xizmat ko’rsatish korxonalarning umumiy ro’yxatini har chorakda yangilash va uni Uzkart internet portalida joylashtirish ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

“O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimining texnologik platformasini xalqaro EMV standartlari bilan muvofiqlashtirilishi respublikada internet va mobil bankingni, hamda elektron tijoratni rivojlantirishga zamin yaratdi. Natijada, 2016 yilda bank plastik kartochka egalari nafaqat kartaning o’zidan balki Internet, shuningdek uyali aloqa operatorlarining imkoniyatlaridan foydalangan holda elektron tijorat doirasida tovar va xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar foydasiga to’lovlarni amalga oshirish, hamda o’z karta hisobvaraqlarini masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

III. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tijorat banklari xodimlari uchun bank ishining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha xorijiy kurslar tashkil etish ishlari olib borildi.

Koreyaning Xalqaro moliyaviy hamkorlik Markazi bilan hamkorlikda (Center for International Financial Cooperation) “Aloqabank” ATB mas’ul xodimlari uchun Seulda (Janubiy Koreya) “To’lov va hisob tizimlari” mavzusidagi maxsus qisqa muddatli tajriba almashish dasturi tashkil etilib, unda bank xodimlari ilg’or bank texnologiyalari, zamonaviy va innovatsion mahsulotlarni bank faoliyatiga tadbiq qilish bo’yicha o’z ko’nikma va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash bo’yicha Singapur Respublikasidagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Zamonaviy korporativ boshqaruv: xalqaro tajriba” mavzusidagi maxsus kurs bo’yicha “Aloqabank” ATB xodimlari va korporativ mijozlaridan iborat 21 kishilik guruh 2016 yilning 20-27 aprel’ kunlari hamda 8 ta tijorat banklarining 23 nafar rahbar xodimi 19-25 may kunlari Singapurda o’z malakalarini oshirib keldi.

Bundan tashqari, xorijiy bank-moliya tashkilotlari bilan izchil hamkorlik davom etmoqda. Jumladan, 2016 yilning 7-10 sentyabr’ kunlari Sochi shahrida o’tkaziladigan “Banki Rossii – XXI vek” Xalqaro bank forumida ishtirok etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi 190-sonli Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Halqaro hamkorlik bo’yicha Germaniya jamiyati (GIZ) texnik ko’magida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi doirasida Dastur ishlab chiqish bo’yicha Ishchi guruh faoliyatida faol ishtirok etilmoqda. Jumladan, 2016 yilning 13-20 avgust kunlari Ishchi guruhining Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan xizmat safarida ishtirok etilib, mamlakatimizda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha fikr almashilib chet el tajribasi o’rganildi.

YUqoridagi Dasturni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish yuzasidan 2016 yilning 22 sentyabrida Germaniyaning O’zbekistondagi Jamg’arma kassalari Fondi eksperti doktor Irina Xetch bilan bank xizmatlarini ko’rsatishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazildi.

Shu bilan birga, 28 va 30 sentyabr’ hamda 4 va 11 noyabr’ kunlari O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish Dasturini ishlab chiqish bo’yicha Maslaxat Kengashi a’zolari va Ishchi guruh ekspertlarining yig’ilishi o’tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda Ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan Dastur Maslaxat Kengashi tomonidan tasdiqlanib, Dasturni amalga oshirish bo’yicha Chora-tadbirlar rejasini dastlabki tasdiqdan o’tkazildi. Yig’ilishlarda Germaniyalik ekspertlar Karina Myuller va Kristiana Shtros de Martineslar o’z prezentatsiyalari bilan ishtirok etildi.

Bundan tashqari, 2016 yil 20 oktyabr’ kuni Germaniya jamg’arma kassalari Fondi eksperti Teo Xensels bilan uchrushuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda 2017- 2022 yillarda O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish Dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish choralari muhokama qilindi.

Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan 2016 yilning 4 noyabr’ kuni tashkil etilgan “Mikromoliyalashtirish amaliyotda: kichik va o’rta biznes uchun imkoniyatlar” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etilib, Qozog’iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan tadbirkorlik va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlashdagi mikromoliyalashning o’rni va dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, tijorat banklaridan ularning tashqi-iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflari yig’ildi. Umumlashtirilgan takliflar keyinchalik O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi qoshidagi “Tijorat banklarning tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish” Qo’mitasida muxokama qilinib, ishlab chiqilgan takliflar qonun hujjatlariga o’zgartirish va ko’shimchalar kiritish uchun tegishli Davlat organlariga taqdim etiladi.

BMT va “Uzgidromet”ning Atrof-muhit bo’yicha hamkorlik dasturi doirasida 2016 yilning 21 iyul’ va 29 sentyabr’ kunlari tashkil etilgan “O’zbekistonni Yashil iqlim jamg’armasi resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi” mazusida seminarlarda ishtirok etildi. Dastur loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli taklif va qo’shimchalar taqdim etildi.
mejdunar.jpg

O’z navbatida, Banklar Assotsiatsiyasi UZIBOR index – pul resurslarining banklararo bozori indekatorini shakllantirish loyihasining asosiy tashabbuskori va ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, 2006 yildan buyon UzIBOR, UzIBID va UzIAR Moliyaviy indikatorlarining holati to’g’risida o’zbek, rus va ingliz tillarida har kunlik axborot ta’minoti mexanizmi yaratilgan.

UZIBOR - Uzbekistan Interbank Offered Rate – pul resursi sotuvchisining taklif stavkasi;

UZIBID - Uzbekistan Interbank Bidding Rate - pul resursi xaridorining talab yoki jalb qilish stavkasi;

UZIAR – Uzbekistan Interbank Median Average Rate – UZIBOR vaUZIBID orasidagi o’rtacha qiymat.

UZIBOR indikatorlarini BLOOMBERG PROFESSIONAL hamda THOMSON REUTERS terminallarida aks ettirish masalasi yuzasidan tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.


IV. TIJORAT BANKLARINING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYa QILIShGA KO’MAKLAShISh

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklariga, ular faoliyatida vujudga keladigan muammolarni hal qilishda va ularning da’vo arizalarini Fuqarolik va xo’jalik sudlarida ko’rib chiqishda ko’maklashish, banklarga o’z xuquq va manfaatlarini himoya qilishda yuridik ko’mak berish hisoblanadi.

Bu borada O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun loyihacini ko’rib chiqib, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida takliflar kiritdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 199-sonli Qaroriga muvofiq tashqi savdo kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qo’yish tartibotining bekor qilinishi munosabati bilan respublika tijorat banklari orasida tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli ko’rsatmalar yuborildi.

Shu bilan bir qatorda, elektron tijorat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarni yanada takomillashtirish va hozirgi zamon talablariga moslashtirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to’g’risida”gi, “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi Qonunlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 08-29-20-sonli xatining 3-bandini bajarish yuzasidan qonunchilikni va huquqni tadbiq etish faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro me’yorlarni implementatsiya qilish borasida tegishli takliflar, xususan, mamlakatimizda “Kollektorlik faoliyati” hamda “Sek’yuritizatsiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini qabul qilish hamda “Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida”gi Qonunining tegishli moddalariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.

Shu bilan birga, ta’minotli bitimlar to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish sohasida islohotlarning 2-bosqichini amalga oshirish bo’yicha Ishchi guruhi doirasida “O’zbekiston Respublikasida kreditorlarning huquqlarini himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun loyihasiga taklif va qo’shimchalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “Doing Business” Jahon banki hisobotida O’zbekistonning reytingini oshirish bo’yicha Chora-tadbirlar kompleksi va uni O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankda amalga oshirish bo’yicha Nazorat rejasini ijro etish maqsadida, Markaziy bankka “Doing Business” reytingida O’zbekistonning ko’rsatkichlarini oshirishga qaratilgan takliflar yuborildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasiga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat fondini tashkil etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiga tegishli taklif va qo’shimchalar yuborildi.

O’zbekiston Respublikasini 2017-2022 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakat strategiyasi va uni 2017 yilda amalga oshirishga doir Chora-tadbirlar Dasturi loyihalari ko’rib chiqilib, tegishli qismi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga takliflar taqdim etildi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qarori bajarilishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda 2016-2020 yillarda Bank-moliya tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning barqarorligini ta’minlash Chora-tadbirlari majmui loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning moliyaviy choralarini ishlab chiqish bo’yicha guruh (FATF)ning “Bank vakillik munosabatlari to’g’risida”gi Qo’llanma loyihasi xususiy sektor vakillarini jalb qilgan holda ko’rib chiqilib, Markaziy bankka taklif va qo’shimchalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, “Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shu bilan birga, “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish va O’zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik muhitini tubdan o’zgartirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yuzasidan takliflar berildi.

Tijorat banklari mutaxassislari o’rtasida o’zaro amaliy tajriba almashish, Banklar Assotsiatsiyasi va tijorat banklari harakatlarini birlashtirish, shuningdek banklar faoliyatini yanada rivojlantirishning dolzarb yo’nalishlarini muhokama qilish va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun banklarning samarali hamkorligini tashkil etish maqsadida Banklar Assotsiatsiyasi qoshida bank tizimini isloh qilish bo’yicha 11 ta Qo’mita tashkil etilgan bo’lib, bular:

  • Audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish bo’yicha Qo’mita;
  • Bank qonunchiligi bo’yicha Qo’mita;
  • Korporativ boshqaruv va bank etikasi bo’yicha Qo’mita;
  • Xalqaro faoliyat bo’yicha Qo’mita;
  • Tijorat banklarini soliqqa tortish bo’yicha Qo’mita;
  • IT-texnologiyalar va to’lov tizimlari bo’yicha Qo’mita;
  • Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha Qo’mita;
  • Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha Qo’mita;
  • Tijorat banklarining investitsion faoliyatini rivojlantirish bo’yicha Qo’mita;
  • Chakana bank xizmatlarini rivojlantirish bo’yicha Qo’mita;
  • Tavakkalchiliklarni boshqarish bo’yicha Qo’mita.

Tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yagona qoidalarini ishlab chiqish, bank sug’urtasini joriy etish, sug’urta kompaniyalari va banklar orasidagi hamkorlikni faollashtirish bo’yicha mavjud masalalar hamda ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishchi guruh tomonidan o’rganilib, tijorat banklar va sug’urta kompaniyalari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi namunaviy shartnomalar loyihasi ishchi guruh tomonidan ishlab chiqildi, tijorat banklariga kelishish uchun yuborildi, olingan qo’shimcha va o’zgartirishlar O’zbekiston sug’urta bozori proffessional ishtirokchilari Assotsiatsiyasiga yuborildi.

“Bank xodimining kasb odob – ahloqi Kodeksi” yangi tahrirda qayta ishlab chiqildi va tijorat banklariga yuborildi. Ushbu hujjat talablariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida tijorat banklarining hududiy bo’linmalarida o’rganishlar o’tkazilib, natijalari bo’yicha shakllangan xulosalar tijorat banklariga yuborildi.

Shuningdek, “Banklararo maslaxat xizmati” MChJ bilan hamkorlikda quyidagi masalalar bo’yicha tahliliy materiallar tayyorlandi:

Tijorat banklarida korporativ boshqaruvning dolzarbligi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari;

O’zbekistonda Moliya-bank bozorida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil (Moliyaviy ombudsman) institutini tashkil etish to’g’risida;

O’zbekiston Respublikasining garov ta’minotini tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha amaldagi qonunchilikka o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan;

Bank faoliyatini soliqqa tortishni tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar ishlab chiqishga oid;

O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishning dolzarb masalalari bo’yicha analitik takliflar tayyorlandi.

Bundan tashqari, bank faoliyatining aloxida yo’nalishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash va tartibga solish maqsadida “Banklararo maslahat xizmati” MChJ ko’magida “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida operatsion tavakkalchilikni boshqarish standarti” hamda “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish standart”lari ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, Bank nazorati bo’yicha Bazel’ qo’mitasi talablariga muvofiq kapital etarlilik va tijorat banklarining likvidligi talablarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tadbiq etish masalalari bo’yicha tahliliy ma’lumot tayyorlanib, banklarga yuborildi. Ushbu mavzu bo’yicha tijorat banklari mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

V. O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTsIATsIYaSI INFRATUZILMASI

«AHBOR-REYTING» REYTING AGENTLIGI

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi – O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 9 noyabridagi 427- sonli Qarori ijrosi yuzasidan tijorat banklariga, sug’urta, baholash va lizing korxonalariga, qimmatli qog’ozlar emitentlariga, lombardlarga, mikrokredit va boshqa korxonalarga reyting xizmatlarini ko’rsatish maqsadida tashkil qilingan O’zbekistondagi birinchi reyting agentligidir. “Ahbor-Reyting” reyting agentligi Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo’lib Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasining (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA) a’zosi bo’lib bugungi kunda Osiyo, Evropa, Amerika va MDH Davlatlaridagi etakchi xalqaro reyting agentliklari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

umumiy.jpg

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi keng ko’lamdagi xizmatlarni ko’rsatadi, jumladan, kredit reytingi, moliyaviy, boshqaruv va strategik konsalting, moliyaviy bozor segmentlari va makroiqtisodiyot bo’yicha tadqiqotlar, shuningdek iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha turli xil axborot-tahliliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Milliy reytingni berilishi va uning doimiy monitoringi “Ahbor-Reyting” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, hamda Moliya Vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilgan reyting bahoni aniqlash va monitoring o’tkazish bo’yicha metodik ko’rsatmalar va tartiblar doirasida amalga oshiriladi. “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan qo’llaniladigan barcha reyting usullar va tartiblar Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi hamkorligida ishlab chiqilgan hamda eng yaxshi xalqaro amaliyotning qo’llanilishiga asoslangan. “Ahbor-Reyting” reyting agentligining metodologik bazasi iqtisodiyotning bank, sug’urta, lizing, investitsiya va boshqa tarmoqlarini o’z ichiga qamrab oladi. Belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida “Ahbor-Reyting” institutsional va produktiv reyting yo’nalishini izchil rivojlantirmoqda, ma’lumotlarni yoritish tizimini yaxshilanishiga yordam bermoqda, hamda O’zbekiston moliya xizmatlari bozorida reyting izlanishlar olib bormoqda.

diagahbor.jpg

Mamlakatimiz moliya bozoridagi ko’p yillik muvaffaqiyatli faoliyati “Ahbor-Reyting” reyting agentligiga moliya bozori va iqtisodiyot tarmoqlari qatnashchilari va segmentlari haqidagi keng ma’lumot bazasini yaratishga imkon yaratdi. Natijada 2014-2016 yillar ichida Agentlik bajarilgan ishlar hajmi bo’yicha yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, 2014-2016 yillarda bajarilgan ishlar hajmining yillik o’rtacha o’sishi 20,03% ni tashkil qildi.

Shu bilan birga, 2016 yil davomida Agentlik tomonidan 22ta tijorat banki, 9ta sug’urta korxonasi, 2ta qimmatli qog’ozlar emitenti, 6ta lizing korxonasi, 42ta lombard va 21ta mikrokredit tashkiloti bilan milliy shkala bo’yicha kredit reytingini berishga shartnoma tuzildi va milliy shkala bo’yicha kredit reytingi berildi.

Agentlik faoliyatining asosiy yo’nalishi tijorat banklari, sug’urta, lizing korxonalari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari va qimmatli qog’ozlar emitentlarini milliy shkala asosida reyting baholash hisoblanadi. Bunda, 2017 yilning 1 yanvar’ xolatiga Agentlikning bajarilgan ishlari hajmining 89,24% ni reyting xizmatlari tashkil etadi (konsalting xizmatlar – 10,76%).

diagahbor2.jpg

Iqtisodiyot tarmoqlari tahlili, moliyaviy bozorlar va mamlakatimiz bank sohasining rivojlanish istiqbollari va joriy tendentsiyalari borasida to’plangan noyob tajriba “Ahbor-Reyting” reyting agentligiga har chorakda “Reyting” axborot byulleteni va “Bank tizimining tahliliy hisoboti” tahliliy byulletenini chiqarish imkonini berdi. YUqorida ko’rsatilgan byulletenlar tijorat banklari, sug’urta korxonalari va boshqa moliya institutlarga tavsiya etiladi.

Agentlik tomonidan ko’rsatilayotgan konsalting va reyting xizmatlari bo’yicha bajarilgan ishlar tuzilmalarini ifodalovchi diagrammalardan ko’rinib turibdiki, tijorat banklari Agentlikning reyting xizmatlari va tahliliy tadqiqotlarining asosiy qatnashchisi hisoblanib, 2016 yilda ularning ulushiga Agentlik tomonidan bajarilgan konsalting xizmatlarning 84,66% va reyting xizmatlarining 71,93% to’g’ri keladi.

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar mamlakat iqtisodiyotining barcha muhim sohalarini o’z ichiga qamrab olgan, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish su’ratlari, tendentsiyalar va joriy holati ilmiy asoslangan tahlili bo’lib hisoblanadi.

diagahbor3.jpg

“Ahbor-Reyting” agentligida yuqori malakali, turli xil moliya-kredit korxonalarida, xalqaro auditorlik va konsalting agentliklarida ishlash bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lgan moliyaviy tahlilichilar faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklari, sug’urta va lizing korxonalari, qimmatli qog’ozlar emitentlari va boshqa korxonalar reytinglari haqidagi ma’lumotlar respublikamizning etakchi matbuot manbalari bo’lmish “Bankovskie vesti”, “Bank axborotnomasi” gazetalarida hamda “Ahbor-Reyting” reyting agentligining (www.ahbor-reyting.uz), O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining (www.uba.uz), “Norma hamkor” kompaniyasining (www.bank.uz) va Agentlikning chet ellik hamkorlari axborot veb-saytlarida (www.gazeta.uz, www.uzDaily.uz,www.cBonds.info) keng yoritiladi.


«MOLIYA BINOKOR XIZMAT» sho’’ba korxonasi

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining “MOLIYA BINOKOR XIZMAT” sho’’ba korxonasi Toshkent shahri Mirzo-Ulug’bek tumani xokimining 1999 yil 27 maydagi 1460-sonli qarori bilan ro’yxatdan o’tgan.

“MOLIYA BINOKOR XIZMAT” sho’’ba korxonasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

§ O’zbekiston Respublikasi bank ob’ektlari qurilishiga kontrakt hujjatlarini tayyorlash, takliflarni baholash, ishlar o’tkazilishi ustidan nazorat qilish, qurilish haqida texnik xulosani tuzish;

§ O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Banklararo Moliyaviy xizmatlar Markazi binosidagi ofis xonalarini ijaraga berish.

2016 yil mobaynida 17ta kompaniyaga Banklararo Moliyaviy xizmatlar Markazi binosidagi katta va kichik ofis xonalarini ijaraga berilgan.

mb1.jpg

VI. SPORT – SOG’LOMLAShTIRISh TADBIRLARI

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tijorat banklarining xodimlari va ularning oila a’zolari orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari davom ettirildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston badminton Federatsiyasi bilan hamkorlikda XI-Banklararo spartakiada o’yinlari doirasida “Chorsu” badminton klubida 7ta tijorat banklari ishtirokida sportning BADMINTON turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

Musobaqalar 3 ta yo’nalishda o’tkazildi, ya’ni erkaklar juftligi “Men’s Double”, ayollar juftligi “Woman’s Double”, aralash juftlik “Double Mix”

 I- o’rin “Kapitalbank” ATB; 

II- o’rin “Aziya Al’yans Bank” ATB;

III- o’rin “Ipak Yo’li” AITB 

STOL TENNISI MUSOBAQASI

 I- o’rin “Agrobank” ATB;

 II- o’rin “O’zsanoatqurilishbank” ATB; 

III- o’rin O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank.

TENNIS MUSOBAQASI 

I- o’rin “Orient finans bank” ATB;

II- o’rin “Ipak Yo’li” AITB;

III- o’rin “O’zsanoatqurilishbank” ATB.

BASKETBOL MUSOBAQASI

I- o’rin “Orient Finans” XATB;

II- o’rin “Asia Alliance Bank” ATB;

III- o’rin “Turonbank” ATB.

VALEYBOL MUSOBAQASI

I- o’rin “Trastbank” ATB;

II- o’rin O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;

III- o’rin “O’zsanoatqurilishbank” ATB.

MINI-FUTBOL MUSOBAQASI

I- o’rin “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

II- o’rin “Asia Alliance Bank” ATB;

III- o’rin “Agrobank” ATB.

UMUMJAMOA XISOBIDA
I- o’rin  “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

II- o’rin “Asia Alliance Bank” ATB;


III- o’rin “Agrobank” ATB.

FUTBOL TURNIRI

I- o’rin AT “Xalq banki”;

II- o’rin “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

III- o’rin “Asaka” ATB jamoasi egalladi.

XI-Banklararo spartakiada va XVII-Banklararo futbol turniri musobaqalarida birinchi 3ta o’rinni egallagan jamoalar kubok va diplomlar bilan, shuningdek qo’shimcha nominatsiyalarda g’olib deb tan olinganlar qimmatbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar

XULOSA

Hurmatli kasbdoshlar!

2016 yilda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar Siz tomondan munosib baholanadi deb umid qilamiz. Shu bilan birga, 2017 yilda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bor imkoniyati va salohiyati bank hamjamiyati oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga, Assotsiatsiya ishtirokchilari - tijorat banklarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularga har tomonlama ko’mak ko’rsatish, hamda O’zbekiston Respublikasi bank tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga va yanada rivojlantirishga qaratadi deb ishonch bildiramiz.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi





otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7813.42 -32.85
EUR
EVRO
9176.86 +10.06
RUB
Rossiya rubli
124.19 -0.87
GBP
Angliya funt sterlingi
10378.57 +16.00
10.07.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech