Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

M U N D A R I J A

 


O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi kengashi nomidan murojaat

1

I.

Bank mutaxassislarini tayyorlash

va malakasini oshirish                

2

II.

PLASTIK KARTOCHKALAR ORQALI NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH

6

III.

XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

10

IV.

TIJORAT BANKLARINING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISHGA KO’MAKLASHISH

14

V.

O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI INFRATUZILMASI

17

VI.

SPORT – SOG’LOMLASHTIRISH TADBIRLARI

20


xulosa

24

 

Hurmatli O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining

ishtirokchilari, hamkasblar va hamkorlar!

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 2017 yildagi faoliyati natijalari bo’yicha hisobotini e’tiboringizga taqdim etmoqda.

O’tgan hisobot yilida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi o’z faoliyatini 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi asosida respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish, korruptsiyaga qarshi kurashish, tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash va Banklar Assotsiatsiyasi a’zolari-tijorat banklarining xuquq va manfaatlarini har tomonlama ximoya qilishga qaratdi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Kengashi Banklar Assotsiatsiyasining kelgusi faoliyati ham mamlakatimiz moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, bank faoliyatini yanada takomillashtirish, bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish, shuningdek tijorat banklarining moliya bozoridagi o’rnini yanada mustahkamlashga qaratiladi deb ishonch bildiradi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi                                                     


I.       Bank mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish

Bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, tadbirkorlik sub’ektlari bilan to’laqonli hamkorlik munosabatlarini o’rnatish, tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash, aholi va xo’jalik sub’ektlarini bank tizimiga ishonchli instituttsional hamkor sifatida qarashlarini ta’minlash, bank-moliya faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish vazifalari dolzarb bo’lib qolmoqda.

Shu bois, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi kabi tashkilotlarning hamkorligida hisobot davrida 8 ta seminar va davra suhbatlari o’tkazildi, jumladan:

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni hamda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihalarini keng muhokama etish maqsadida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi;

- oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, xotin-qizlar, yoshlar tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida yaratilgan qulay shart-sharoit hamda “Aholini tadbirkor qilish” maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasida hamda viloyat markazi va tumanlarida 2017 yil 22 fevraldan 29 noyabrgacha seminarlar o’tkazildi va unda 150-250 nafar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda boshqa manfaatdor ishtirokchilar qatnashdi;

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 yanvardagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2746-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha ya’ni murojaat etuvchilarga mikrokreditlarni rasmiylashtirish va biznes-rejalarni tayyorlash masalalariga bag’ishlangan maxsus seminarlar 2017 yil 22 fevraldan 21 iyungacha Toshkent shahrining barcha tumanlarida o’tkazildi;

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar SHayxantohur tumani va Andijon viloyati faollari bilan uchrashuvlarida muhokama qilingan masalalar, aytilgan fikrlarini joylarga etkazish, shuningdek yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida va Toshkent shahrida respublikamiz tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari xodimlari uchun “Tinchlik va osoyishtalik uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida seminarlar o’tkazildi;

- “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari” yangi tahririga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan tijorat banklari xodimlarini tanishtirish maqsadida maxsus seminar tashkil etildi;

- tijorat banklari xodimlarining bank texnologiyalari sohasida kasbiy darajasini oshirish maqsadida SHveytsariyaning BFC (Business & Finance Consulting) konsalting kompaniyasi ishtirokida “Zamonaviy bank texnologiyalari” mavzusida seminar-trening o’tkazildi;

- “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini keng targ’ib qilish” mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi;

“O’zbekiston korxonalarini innovatsion rivojlantirish dasturlarining investitsion ta’minoti: zamonaviy holati va rivojlantirish yo’llari mavzusidagi                    II-Investitsion Forumi” doirasida “Aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish masalalari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 180-sonli qaroriga binoan, Bank-moliya akademiyasi “Malaka oshirish fakul’teti” bazasida bank, moliya va soliq tizimi rahbar xodimlari uchun 2017 yilning 9 yanvardan 9 maygacha to’rt oylik malaka oshirish o’quv kurslari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qarorining hamda “Tijorat banklari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha 2017 yilga mo’ljallangan reja-jadval”ga asosan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bazasida bank faoliyatining 27 ta dolzarb yo’nalishlari bo’yicha 102 ta o’quv kurslar tashkil etilib unda tijorat banklarining 2089 ta xodimi tahsil olib, tegishli sertifikatlarga ega bo’ldilar.

Bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha tashkil etilgan o’quv kurslarda 2017 yil davomida jami tahsil olgan bank xodimlarining soni

(2017 yilda tashkil etilgan kurslarda tijorat banklarining 2089 ta xodimi tahsil oldi.)

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga ko’ra Banklar Assotsiatsiyasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti bazasida tijorat banklari bo’limlari va filiallarining boshqaruvchilari hamda bosh buxgalterlar uchun maxsus o’quv kurslar tashkil etildi. 2017 yilning yakuniga ko’ra mazkur kurslarda tijorat banklarining jami 341 nafar boshqaruvchi va bosh buxgalterlari tahsil olib, o’z malakalarini oshirishdi, (167 nafar bank boshqaruvchilari va 174 nafari bosh buxgalterlar).

Investitsiya loyihalarni sifatli ekspertizasini o’tkazish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Malaka oshirish” fakul’teti bazasida “Tijorat banklarida loyihaviy moliyalashtirish” yo’nalishi bo’yicha 2 xaftalik maxsus o’quv kurs tashkil etildi va ushbu kurslarda 125 nafar bank xodimlari o’z malakasini oshirib, sertifikatlarga ega bo’lishdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili, Biznes ombudsman, “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida hisobot davrida 6 ta ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi, jumladan:

- “Iqtisodiyotni boshqarishni yanada liberallashtirish sharoitida bank tizimining barqarorligi: qonunchilik va amaliyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi;

- “O’zbekiston Respublikasi eksport salohiyati: zarur sharoitlar va o’sish imkoniyatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi;

- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bazasida “O’zbekistonda korporativ boshqaruv va raqobat muhitini rivojlantirishning dolzarb masalalari mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi”;

- “O’zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishga bank-moliya tizimining samarali ta’sirini kuchaytirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi;

- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilliga bag’ishlangan “Inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash – Harakatlar strategiyasining ustuvor vazifalaridan biri” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi;

- “Moliyaviy hisobot va auditning Xalqaro standartlari: qonunchilik, amaliyot va joriy etish muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.

          O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha Respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida”gi PQ-991–sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda 2016 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tijorat banklari o’rtasida tanlov tashkil etildi hamda joriy yilning 4 fevral’ kuni Banklar Assotsiatsiyasida mazkur tanlovning g’oliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi o’tkazildi.

          Hisobot davrida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan Bank tizimi xodimlarini malakasini oshirish reja-jadvaliga asosan tashkil etilayotgan o’quv kurslarning samaradorligi va sifatini baholash maqsadida ishlab chiqilgan maxsus anketalarga muvofiq o’tkazilayotgan har bir kurs yakuni bo’yicha Banklar Assotsiatsiyasining mas’ul xodimlari tomonidan kurs tinglovchilari orasida yashirin so’rovlar o’tkazildi. O’tkazilgan yashirin so’rovlarning natijalari umumlashtirilib, o’quv kurslarni o’tkazayotgan barcha o’quv muassasalari va markazlariga kurslarni yanada takomillashtirish va sifatini oshirish uchun yuborildi.

          O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan birgalikda tegishli vazirliklar va tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar va qo’shimchalarni inobatga olgan holda “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi 220-sonli Qarori imzolandi. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash yuzasidan, ya’ni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Ustav fondiga Milliy bank tomonidan ulush sifatida kiritilgan, Toshkent shahri, Movarounnahr ko’chasi, 16-uy manzilida joylashgan binoni va inshoatlarni yondosh hududi bilan O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga bepul berish borasida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi qo’shma farmoyishi imzolandi.

          Tijorat banklari mijozlari, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda tijorat banklarida “Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksi” talablariga rioya etilishi holati yuzasidan ATB “Agrobank”, AT “Xalq banki”, O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki hamda ATB “Mikrokreditbank”larda hisobot davrida Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda viloyat markazlari va tumanlarida o’rganishlar o’tkazildi:

Tijorat banklarida “Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksi” talablariga rioya etilishi bo’yicha o’tkazilgan o’rganish natijalari asosida tayyorlangan ma’lumotlar AT “Xalq banki”, O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki, ATB “Agrobank” va ATB “Mikrokreditbank”ga yuborildi.

          O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3270-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillar davrida ilg’or bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha CHora-tadbirlar majmuasining tegishli bandlarini ijro etilishini ta’minlash bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

          - O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi bazasida tijorat banklari xodimlari uchun 2018 yilda o’tkaziladigan o’quv kurslar va seminarlar reja-jadvali, 2018 yilda tijorat banklari mutaxassislarini o’qitish reja-jadvali hamda O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari xodimlari uchun 2018 yil yanvar’ oyida o’tkaziladigan o’quv kurslar va seminarlar jadvali Markaziy bankda tasdiqlandi.

          - CFA, ACCA va boshqa xalqaro sertifikatlarni olish uchun etakchi horijiy o’quv muassasalarini ham kiritgan holda bank xodimlarini o’qitilishini tashkil etish maqsadida ACCA va CFA sertifikatlariga olish tartibi va qoidalari bo’yicha ma’lumot tayyorlandi hamda Toshkent shahrida joylashgan va O’zbekistonda ACCA sertifikatini olish uchun mutaxassislarni rasmiy ravishda tayyorlash xuquqiga ega bo’lgan yagona “International Business Studies” o’quv markazi bilan birga bank xodimlarini ACCA va CFA dasturlari bo’yicha o’qitishni ta’minlash borasida tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

          - Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan 2018 yilda chiqarish va nashr etishga rejalashtirilayotgan darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalar ro’yxati taqdim etildi. Hozirda yuqorida ko’rsatilgan oliy o’quv yurtlari tomonidan taqdim etilgan ro’yxat asosida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining a’zolari yig’ilishining qarori hamda harakatlar dasturi tayyorlanmoqda.

         II. PLASTIK KARTOCHKALAR ORQALI NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH

O’tgan davr mobaynida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-433-sonli Qarori, 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1325-sonli Qarori va 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3270-sonli Qarori talablarini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish davom ettirildi.

Plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo’yicha “O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ta’minlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki uning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimda mijozlarga xizmat ko’rsatishda so’m plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan tariflar rejasiga tijorat banklari tomonidan rioya qilinishi monitoring qilindi. O’tgan davr mobaynida Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tegishli choralar amalga oshirilib, o’rganish natijalari to’g’risidagi ma’lumot O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga o’rnatilgan tartibda kiritildi.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining hamda 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomilasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2777-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tijorat banklarining plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar to’lov tizimini yanada rivojlantirish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida hududlarda o’rganish o’tkazildi. O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shu bilan birgalikda, 2017 yil 4 sentabrda “O’zkart” banklararo chakana to’lov tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatishda so’m plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun yangi tahrirdagi tavsiyaviy tariflar rejasi ishlab chiqildi va tijorat banklariga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2344-sonli Qaroriga asosan 2017 yil             1 dekabr’ holatiga respublika hududiga chetdan olib kelingan va imtiyozlar qo’llanilishi nazarda tutilgan tovarlar to’g’risidagi tijorat banklari va protsessing markazlarining umumlashtirgan ma’lumotlari Markaziy bankka o’rnatilgan tartibda kiritildi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “Respublika aholisining ijtimoiy axamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3082-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida zamonaviy to’lov texnologiyalarini keng joriy etish va bank plastik kartochkalaridan foydalanishning jozibadorligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun takliflar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi maxsus yig’ilishning 1-sonli bayonining 3-band, 3-xatboshiga muvofiq turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun tomonidan xorijiy valyutalarda amalga oshirilayotgan operatsiyalar uchun bank xizmatlari to’lovlarni optimallashtirish yo’llari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo’mitasi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda o’rganib chiqildi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan tijorat banklariga ko’rsatilayotgan xizmatlar narxi 2-4 martaga kamaytirildi. Xususan, EMV kartalarini birlamchi emissiyadan chiqarish uchun komission to’lovlar eng kam oylik ish xaqini 0,40 foizga, POS terminallar orqali amalga oshirilgan tranzaktsiyalar protsessingi 0,05 foizdan 0,03 foizga, bank vertual terminallari (E-POS) orqali amalga oshirilgan elektron to’lovlarga ishlov berish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlari uchun komission to’lovlar 1 foizdan 0,5 foizga, kartadan kartaga pul o’tkazmalari (P2P) 0,5 foizdan 0,25foizga tushirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi R-4977-sonli Farmoyishi hamda tasdiqlangan “Yo’l xaritasi”ga muvofiq kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun takliflar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi.

SHu bilan bir qatorda, mazkur “Yo’l xaritasi”da belgilangan vazifa ijrosi yuzasidan, ya’ni “GlobUzCard” va “Uzcard” to’lov tizimlarining plastik kartalarini amaldagi va yaratiladigan banklararo chakana to’lov tizimi infratuzilmasida o’zaro xizmat ko’rsatishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ma’lumot uchun, hamda Protsessing markazlariga ijro uchun yuborildi.

SHuningdek, “O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosining samarali faoliyatini ta’minlash bo’yicha yo’l xaritasi”ga muvofiq amaldagi va tashkil etilayotgan banklararo chakana to’lovlar infratuzilmasida "GlobUzCard" va "Uzsard" plastik kartalariga o’zaro xizmat ko’rsatishni ta’minlash bo’yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur chora tadbirlar rejasiga muvofiq “YAgona umumrespublika protsessing markazi” va “YAgona xalqaro protsessing markazlari” o’rtasida “GlobUzCard” va “Uzsard” banklararo chakana to’lov tizimlarining plastik kartalariga o’zaro xizmat ko’rsatishni ta’minlash bo’yicha o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida memorandum imzolandi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 4 iyulda o’tkazilgan yig’ilish va uning bayonnomasini bajarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Nazorat rejasi”ga muvofiq “Respublikada bank-moliya tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasi bo’yicha takliflar Markaziy bankka yuborildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda SWIFT kompaniyasi bilan hamkorlikda 2017 yil 11 avgust kuni Banklar Assotsiatsiyasida tijorat banklari xodimlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Customer Security Program xavfsizlik dasturi bo’yicha ma’lumot berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3270-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillar mobaynida ilg’or bank tajribasiga asoslangan holda bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasining:

18-bandi bo’yicha: 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab «O’zkart» BTT ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarilgan UZCARD EMV plastik kartalarining amal qilish muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytirildi.

21-bandi bo’yicha: hududlarda aloqa kanallari mavjud bo’lmagan yohud sifati etarli darajada bo’lmagan savdo va xizmat ko’rsatish ob’ektlari to’g’risidagi tijorat banklarining ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi.

23-bandi bo’yicha: plastik kartochkalarda pul vositalarini jamg’arish hamda ishonchli va qulay to’lov vositasi sifatida yanada ommalashtirish bo’yicha chora-tadbirlar loyihasi Markaziy bankka yuborildi.

25-bandini bo’yicha: R-Style Softlab, DIASOFT, SAP va TSFT kompaniyalarining avtomatlashtirilgan bank tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yangi standartlashtirilgan bank mahsulotlari va xizmatlari asosida mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan bankning texnik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish uchun Markaziy bank va tijorat banklariga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Pul-kredit siyosati komissiyasining 2011 yil 9 fevraldagi majlis bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq savdo va pullik xizmat ko’rsatish shoxobchalariga o’rnatilgan to’lov terminallarining doimiy soz holatda bo’lishini ta’minlash borasida Respublikaning barcha viloyat markazlarida joylashgan maxsus servis markazlari tomonidan hisobot davrida jami 40 615 ta terminal, shuningdek 8 577 ta bankomat va infokiosklar ta’mirlandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018 yil 1 yanvar’ holatiga tijorat banklari tomonidan jami 19 225 702 dona plastik kartochkalar emissiya qilindi va ularga xizmat ko’rsatish uchun 235 712 dona hisob-kitob terminallari, 5632 dona bankomat va infokiosklar o’rnatildi.

Shu bilan birgalikda, “O’zkart” BTTning amaldagi texnologik platformasini xalqaro EMV standartlari bilan birlashtirish ishlarini amalga oshirilishi natijasida tijorat banklari tomonidan Uzkart EMV texnologik platformasi negizida jami 18 887 522 dona plastik kartochkalar yagona ma’lumotlar bazasida ro’yxatga olingan bo’lib, ular asosida 2 743 mln.dan ortiq tranzaktsiya o’tkazildi.

Tijorat banklarining mas’ul xodimlarini malakasini oshirish maqsadida Markaziy bank bilan birgalikda seminarlar va maxsus o’quv kurslari tashkil etilmoqda.

Hisobot davrida o’tkazilgan maxsus o’quv kurslarida 165 nafar bank xodimlari tahsil oldi va ularga plastik kartochkalar bilan amaliyotlarni o’tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1730-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018 yil 1 yanvar’ holatiga elektron tijorat doirasida tovar va xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar foydasiga 6 773 961 ta plastik kartochka foydalanuvchilari to’lovlarni amalga oshirdi. Jami amalga oshirilgan elektron to’lovlar miqdori 510 mln. dan ortiq tranzaktsiyani tashkil etgan bo’lib, ularning umumiy summasi 3 478 mlrd. so’mga etdi.

Aholiga hisob-kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirilishini qulaylik va afzalliklari yuzasidan olib borilayotgan tushuntirish ishlarini faollashtirish maqsadida:

- savdo va pullik xizmat ko’rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalar orqali hisob-kitob tizimining afzalliklari, imtiyozlari hamda muntazam ravishda xo’jalik sub’ektlari tomonidan to’lov terminallaridan foydalanishda belgilangan savdo qoidalariga rioya qilinishi, plastik kartochkalarning afzalliklari to’g’risida keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida “Savdo va xizmat ko’rsatish xodimlari uchun POS terminalni qo’llash bo’yicha” hamda “Plastik kartalar orqali qanday to’lovlarni amalga oshirish mumkin?” nomli qo’llanmalar va ushbu mavzuga oid bo’lgan plakatlar 60 ming nusxadan chop etilib, tijorat banklariga bepul tarqatildi;

- O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining www.uba.uz. saytida yaratilgan “UZKART” axborot-ma’lumotlar Internet portalida so’m plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi to’g’risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib borishi yo’lga qo’yildi, shu jumladan plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni qabul qiladigan savdo-xizmat ko’rsatish korxonalarning umumiy ro’yxatini har chorakda yangilash ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda;

terminallar o’rnatilgan barcha ob’ektlarda to’lovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qilinishini izohlovchi “UZKART” belgisini o’rnatilishini ta’minalash maqsadida logotiplar tijorat banklarining birinchi talabi bilan bepul ravishda tarqatilib, ularning soni jami 379 350 donaga etkazildi.

III. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Respublika bank muassasalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2017 yil 22 fevral’ kuni Banklar Assotsiatsiyasining Bank qonunchiligi bo’yicha hamda Banklar tashqi iqtisodiy faoliyati qo’mitalarining qo’shma majlisi o’tkazildi. Banklar Assotsiatsiyasi va tijorat banklarining mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig’ilishda banklar tashqi iqtisodiy faoliyatining dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilinib, natijasi bo’yicha tuzilgan takliflar amaldagi qonunchilikka tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun respublikamizning mutasaddi vazirlik va idoralariga yuborildi.

Germaniyaning Halqaro hamkorlik bo’yicha jamiyati (GIZ)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Germaniya jamg’arma kassalari Fondi va Markaziy bank huzuridagi Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi ko’magida amalga oshirilayotgan O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish Dasturini amalga oshirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha tahliliy material tuzilib, tijorat banklariga bank amaliyotida qo’llash va ma’lumot uchun yuborildi.

Respublika kredit tashkilotlarining tashqi investitsion faoliyatini jadallashtirish maqsadida 2017 yilning 8 fevral’ kuni Banklar Assotsiatsiyasida Evropa tiklanish va taraqqiet bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo’yicha Ijrochi direktori Natal’ya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda respublika bank tizimiga tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi.

Germaniyaning Halqaro hamkorlik bo’yicha jamiyati (GIZ)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Germaniya jamg’arma kassalari Fondi va Markaziy bank huzuridagi Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi ko’magida amalga oshirilayotgan O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish Dasturini amalga oshirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha tahliliy material tuzilib, tijorat banklariga bank amaliyotida qo’llash va ma’lumot uchun yuborildi.

Respublika kredit tashkilotlarining tashqi investitsion faoliyatini jadallashtirish maqsadida 2017 yilning 8 fevral’ kuni Banklar Assotsiatsiyasida Evropa tiklanish va taraqqiet bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo’yicha Ijrochi direktori Natal’ya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda respublika bank tizimiga tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi.

13 mart kuni YAponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar institutining Vitse-prezidenti Osamu Soito boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv mobaynida O’zbekiston bank tizimi, uning yutuqlari va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so’z bordi. SHuningdek, 14 mart kuni Bank-moliya akademiyasida delegatsiya a’zosi - Institut tadqiqotchisi Seygo Ito tomonidan respublika bank-moliya tizimi xodimlari ishtirokida “YAponiyada kichik va o’rta korxonalarni moliyalashtirish va davlat moliya institutlarining o’rni” mavzusida ma’ruzasi tashkil etildi.

13 mart kuni YAponiya Moliya vazirligi huzuridagi Siyosatni tadqiq qilish institutining Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyati va o’quv jarayonining sifatini yanada takomillashtirish, shuningdek YAponiya etakchi moliyaviy institutlarida Akademiya magistrantalari uchun tashkil etiladigan yozgi tajriba orttirishning samaradorligini oshirish hamda mamlakatimiz bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlar, Banklar Assotsiatsiyasining faoliyati va uning Bank-moliya akademiyasi faoliyatidagi ishtiroki masalalari atroflicha muhokama qilindi.

14 mart kuni Bel’giya ishbilarmon doiralarining Vallon eksport va xorijiy investitsiyalar agentligi Bosh menejeri SH. de Blyo xonim boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha shart-sharoitlar va bu sohada mavjud muammolar muhokama etildi.

20 aprel’ kuni Assotsiatsiyada Bloomberg kompaniyasining Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha vakili Aleksandr Artemov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Bloomberg kompaniyasining O’zbekiston bank tizimini rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan xizmatlar bilan boyitish bo’yicha tashabbuslari ko’rib chiqildi.

25 aprel’ va 7 iyul’ kunlari «Poytaxt» biznes markazida BMTning Taraqqiyot dasturi va Atrof-muhit bo’yicha dasturlari doirasida “O’zgidromet” xizmati ko’magida o’tkazilayotgan “O’zbekistonning YAshil atrof-muhit fondi resurslaridan foydalanish imkoniyati dasturi” bo’yicha navbatdagi seminarlarda ishtirok etildi. Muhokama qilingan masalalar orasida atrof-muhit o’zgarishini baholash, hamda tabiatdagi o’zgarishlarni bartaraf etishga klimatik investitsiyalarni yo’naltirish masalalarini ta’kidlash lozim.

25 aprel’ kuni Banklar Assotsiatsiyasida Moody’s xalqaro reyting agentligining kredit tavakkalchiligi hamda risklarni o’rganish va tahlil qilish masalalariga bag’ishlangan 7-konferentsiyasi tashkil etildi. Anjumanda mamlakatimiz bank tizimining 2016 yildagi faoliyat natijalari, Moody’s kompaniyasining O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi faoliyati yakunlari, ichki va tashqi faktorlar tahlili ko’rsatildi.

6 iyun’ kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Markaziy va G’arbiy Osiyo bo’yicha Departamentining Jamoat ma’murchiligi, moliyaviy sektor va savdo boshqarmasi boshlig’i janob Rayner Xartel bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda respublika tijorat banklari va moliyaviy institutlarining OTB tarkibiy tashkilotlari bilan hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi hamda sohadagi boshqa muammoli masalalarga to’xtalib o’tildi.

Shu bilan birga, “O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasining V’etnam Sotsialistik Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan axdlashuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori ijrosi yuzasidan V’etnam banklari Uyushmasi hamda ikki davlatning baliqchilik va sholikorlik yo’nalishlarida ixtisoslashgan banklari o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha choralar ko’rildi va Tashqi ishlar vazirligiga tegishli xat yo’llandi.

28 iyun’ kuni YAponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida tomonlar bank-moliya sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumaladan tizimga malakali kadrlarni etkazib berish, ularni qayta tayerlash va malakasini oshirishga holatiga to’xtalib utdi.

6 iyulda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va biznes vakillari ishtirokida “Bank kreditlari – biznes uchun imkoniyatlar” mavzusiga bag’ishlangan konferentsiya bo’lib o’tdi. Tadbir o’tkazishdan maqsad banklar va tadbirkorlar o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda kichik biznes va tadbirkorlik soxasidagi muammolarni aniqlash va hal qilish orqali ikki tomonlama muloqotni yo’lga qo’yish uchun platformalar yaratishdan iborat edi.

11 iyul’ kuni SHveytsariya Milliy banki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, tijorat banklar raxbarlari va Bank-moliya akademiyasi vakillari ishtirokida “SHveytsariyadagi iqtisodiy sharoit va pul siyosati” mavzusida taqdimot bo’lib o’tdi. SHveytsariya pul-kredit siyosatining asosiy qoidalari bo’yicha hisobotni SHveytsariya Milliy banki Boshqaruvi Raisi Tomas Djordan taqdim qildi.

11 avgustda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida SWIFTning O’zbekistondagi foydalanuvchilari bo’lgan bank uchun seminar o’tkazildi. Ushbu tadbirda Customer Security Program (CSP) foydalanuvchilar xavfsizligi dasturi to’g’risida ma’lumot berildi. Tadbirda axborot texnologiyalari, xavsizlik va ichki nazorat bo’lim rahbarlari ishtirok etishdi.

12 sentyabrda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Latviya IT-kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazildi.

28 sentyabrda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida YAponiyaning O’zbekistondagi elchixonasining Iqtisodiy va rasmiy rivojlanish bo’yicha birinchi kotibi SHinichi Mukai bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, uchrashuv davomida ikki mamlakat o’rtasida bank-moliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning holati va rivojlanish yo’llari, shu jumladan, bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash yo’nalishlari bo’yicha hamda YAponiya va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida mavjud bitimlar doirasida hamkorlikning bugungi holati haqida fikrlar almashinildi.

11 oktyabrda O’zbekiston banlari Assotsiatsiyasida respublika tijorat banklarining mas’ul xodimlari va "Bloomberg" (AQSH) kompaniyasining vakili ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida "Bloomberg" vakili bank xizmatlarini va banklararo hamkorlikni optimallashtirish va modernizitsiya qilish uchun zamonaviy mahsulotlar bo’yicha taqdimot qildi. Bundan tashqari, muxokama chog’ida respublika tijorat banklari “Bloomberg” kompaniyasi bilan O’zbekiston banklari va moliya institutlari faoliyatida kompaniyaning platformalarini joriy etish bo’yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko’rib chiqildi. Taqdimot davomida “Bloomberg” kim oshdi tarmog’i va “Bloomberg” E-Bond platformasi namoyish etildi.

13 noyabrda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida AQSHning Xalqaro xususiy biznes markazi (CIPE) vakillari Natalya Otel Belan va Erik Xons bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. CIPE AQSH ning demokratiyani qo’llab-quvvatlash milliy jamg’armasining to’rtta asosiy muassasalaridan biri va AQSH Savdo palatasining notijorat bo’limi hisoblanadi. Uchrashuvda tomonlar o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari, vazifalari va faoliyatining natijalari, shuningdek, bank-moliya tizimining turli sohalarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamkorlik va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash masalalari bo’yicha ma’lumot almashinildi.

Tomonlar hamkorlikning quyidagi asosiy yo’nalishlarini aniqladilar:

§ tijorat banklari faoliyatida korporativ boshqaruvni takomillishtirish;

§ korruptsiyaga qarshi kurash;

§ O’zbekistonda jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlar.

30 noyabrda O’zbekiston banlari Assotsiatsiyasida Islom taraqqiyot banki (ITB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida tomonlar o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari, vazifalari va natijalari, bank-moliya sohasining turli yo’nalishlarida hamkorlik masalalari bo’yicha tajriba almashinildi.

12 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida korruptsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur seminar O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari va Taraqqiyot strategiyasi Markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi bank tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so’zsiz bajarilishini ta’minlash, 2017-2018 yillarda Korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturida belgilangan vazifalarni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun-qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlarini mazmun va mohiyati tushuntirildi.

13 dekabrda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida S&P Global Market Intelligence va “AHBOR-REYTING” Reyting agentligining vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida S&P Global Market Intelligence dasturiy mahsulotlarining moliyaviy va bank muassasalarida kredit xavfini baholash bo’yicha taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotdan so’ng ushbu mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasi bank tizimiga kiritish imkoniyati ko’rib chiqildi va taqdim etilgan dasturiy mahsulotlarni tijorat banklarining mavjud avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuvi masalalari xam ko’rib chiqildi.

14 dekabrda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik doirasida “Internationale Projekt Consult” Gmbh, Boshqaruvchi direktori Dirk Xabek va O’rta va Janubi-sharqiy Osiyo bo’yicha loyiha menedjeri Marga Shek bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida mamlakat banklari va moliya institutlari xodimlari uchun risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv, rakamli bank xizmatlari va zamonaviy bank biznesning boshqa yo’nalishlari bo’yicha trening kurslari tashkil qilish bo’yicha muzokara o’tkazildi.

O’zbekiston Respubliki Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan ilg’or bank amaliyotlari asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarish maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Markaziy va SHarqiy Evropa banklari Assotsiatsiyasi (BACEE) o’rtasida imzolangan kelishuvga binoan, Vengriya (Budapesht), Slovakiya (Bratislava) va Avstriya (Vena)da 2017 yilning 9-17 dekabrigacha banklarni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo’yicha tijorat banklari xodimlari va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xodimlari uchun maxsus kurs o’tqazildi. Qisqa muddatli xorijiy o’quv kursida AT “Xalq bank” “O'zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, “Qishloq qurilish bank” AKB, “Ipak yo'li” AITB, “Turonbank” ATB, “Asia Alliance Bank” ATB, va “Ravnaq-bank” ATB vakillari ishtirok etdilar.

O’z navbatida, Banklar Assotsiatsiyasi UZIBOR index – pul resurslarining banklararo bozori indekatorini shakllantirish loyihasining asosiy tashabbuskori va ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, 2006 yildan buyon UzIBOR, UzIBID va UzIAR Moliyaviy indikatorlarining holati to’g’risida o’zbek, rus va ingliz tillarida har kunlik axborot ta’minoti mexanizmi yaratilgan.

UZIBOR - Uzbekistan Interbank Offered Rate – pul resursi sotuvchisining taklif stavkasi;

UZIBID - Uzbekistan Interbank Bidding Rate - pul resursi xaridorining talab yoki jalb qilish stavkasi;

UZIAR – Uzbekistan Interbank Median Average Rate – UZIBOR vaUZIBID stavkasini o’rtacha ko’rsatkichi.


IV. TIJORAT BANKLARINING HUQUQ VA MANFAATLARINI

HIMOYA QILISHGA KO’MAKLASHISH

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni hal qilishda va ularning da’vo arizalarini Fuqarolik va Iqtisodiy sudlarda ko’rib chiqishda ko’maklashish, banklarga o’z xuquq va manfaatlarini himoya qilishda yuridik ko’mak berish hisoblanadi.

Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan Banklar faoliyatini huquqiy ta’minlash, bank qonunchiligini takomillashtirish hamda ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish yo’nalishida 2017 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Hususan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “O’zagroeksportbank” ATBni tashkil etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2740-sonli Qarorini amalga oshirish bo’yicha CHora-tadbirlar rejasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar yuborildi.

Shuningdek, mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlaridagi korruptsiogen holatlarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etildi.   

Shu bilan birga, Hususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasiga “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasiga takliflar yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tartibining takomillashishi munosabati bilan respublika tijorat banklariga axborot xati yuborildi.

Tijorat banklari mutaxassislari o’rtasida o’zaro amaliy tajriba almashish, Banklar Assotsiatsiyasi va tijorat banklari harakatlarini birlashtirish, shuningdek banklar faoliyatini yanada rivojlantirishning dolzarb yo’nalishlarini muhokama qilish va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun banklarning samarali hamkorligini tashkil etish maqsadida Banklar Assotsiatsiyasi qoshida bank tizimini isloh qilish bo’yicha 11 ta Qo’mita tashkil etilgan bo’lib, bular:

■ Audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish bo’yicha Qo’mita;

■ Bank qonunchiligi bo’yicha Qo’mita;

■ Korporativ boshqaruv va bank axloqi bo’yicha Qo’mita;

■ Xalqaro faoliyat bo’yicha Qo’mita;

■ Tijorat banklarini soliqqa tortish bo’yicha Qo’mita;

■ IT-texnologiyalar va to’lov tizimlari bo’yicha Qo’mita;

■ Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha Qo’mita;

■ Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha Qo’mita;

■ Tijorat banklarining investitsion faoliyatini rivojlantirish bo’yicha Qo’mita;

■ CHakana bank xizmatlarini rivojlantirish bo’yicha Qo’mita;

■ Tavakkalchiliklarni boshqarish bo’yicha Qo’mita.

O’z navbatida, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Bank qonunchiligi bo’yicha qo’mitasi, Bank faoliyatini soliqqa tortish bo’yicha qo’mitasi hamda Xalqaro faoliyat bo’yicha qo’mitalarining yig’ilishida tijorat banklarining tegishli soha mutaxassislari ishtirokida mamlakatimizda bank faoliyatini takomillashtirish yuzasidan turli dolzarb masalalar aks etgan quyidagi tahliliy materiallar atroflicha ko’rib chiqildi:

- Banklar tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida;

- Banklarning kreditlash faoliyatidagi garov ta’minoti bilan bog’liq dolzarb masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikka o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida;

- Respublikamizda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy ta’limni targ’ib qilish yuzasidan;

- Bank faoliyatini soliqqa tortish bo’yicha amaldagi qonunchilikka o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida;

- Moliya-bank bozori iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha Vakil (Moliyaviy ombudsmen) institutini joriy etishning dolzarb masalalari yuzasidan, shu jumladan Moliyaviy ombudsmen to’g’risidagi Nizom, Moliyaviy ombudsmen faoliyati Reglamenti hamda “Moliya-bank bozori iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha Vakil (Moliyaviy ombudsmen) to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihalari.

Yuqoridagi tahliliy materiallarda o’z aksini topgan va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining qo’mitalari tomonidan ma’qullangan takliflar amaldagi qonunchilikka tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasiga yuborildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tijorat banklari faoliyatini boshqarish va tartibga solish bo’yicha standartlar ishlab chiqildi:

-         O’zbekiston Respublikasi banklarining alohida faoliyat tartibi va operatsiyalari autsorsingi Standarti;

-         Tijorat banklarida ichki auditning sifat Standarti;

-         Tijorat banklarida kredit tavakkalchiligini boshqarishni tashkil etish Standarti;

-         Innovatsion kreditlash jarayoni Standarti;

-         O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashish Standarti;

-         O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati ochiqligini ta’minlash Standarti;

-         “Tijorat banklarida likvidlik tavakkalchiligini boshqarish Standarti”

Hujjat loyihalari Assotsiatsiyaning tegishli qo’mitalarining yig’ilishlarida tijorat banklarining mas’ul hodimlari ishtirokida ko’rib chiqilib Assotsiatsiya kengashi yig’ilishida tasdiqlandi.

O’z navbatida, xalqaro tajriba va ilg’or xorijiy amaliyot asosida ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashish”, “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati ochiqligini ta’minlash”, “Tijorat banklarida ichki auditning sifati”, “Innovatsion kreditlash jarayoni”, “O’zbekiston Respublikasi banklarining aloxida faoliyat tartibi va operatsiyalari autsorsingi”, “Tijorat banklarida likvidlik tavakkalchiligini boshqarish” va “Tijorat banklarida kredit tavakkalchiligini boshqarishni tashkil etish” Standartlari tasdiqlandi va banklarga etkazib berildi.

Shu bilan birga Moliya vazirligiga respublika moliya bozorini isloh qilish bo’yicha qaror loyihasiga takliflar taqdim etildi.

Shuningdek, Iqtisodiyot vazirligiga 2017-2019 yillarda respublikada biogaz qurilmalarini ishlab chiqarishni rag’batlantirish CHora-tadbirlar rejasiga takliflar taqdim etildi.

2017-2018 yillarga mo’ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda 2017 yil 10 iyuldan 14 iyulgacha O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni hamda “2017-2018 yillarga mo’ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyatini tushuntirish va targ’ibot qilish bo’yicha seminarlar Andijon viloyatining Marxamat, Asaka, Izboskan, Balikchi, Ulugnor, Oltinkul tumanlarida; Namangan viloyatining Norin, Uychi, CHartok tumanlarida; Farg’ona viloyatining Kuvasoy, Toshloq tumanlarida o’tkazildi. O’tkazilgan seminarlarda 1200dan ziyod fuqaro ishtirok etdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’ini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror loyihasini kiritdi.

2017 yil 3 avgust kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Bank qonunchiligi bo’yicha qo’mitasi, Audit, buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish bo’yicha qo’mitasi, Korporativ boshqaruv va bank axloqi bo’yicha qo’mitasi va Tavakkalchiliklarni boshqarish bo’yicha qo’mitasi qo’shma yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda tijorat banklarining tegishli soha mutaxassislari ishtirokida respublikamizda bank faoliyatini takomillashtirish yuzasidan turli dolzarb masalalar aks etgan tahliliy materiallar atroflicha ko’rib chiqildi.

SHu bilan birga, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasiga “Biznes-uyushmalar va nodavlat tashkilotlarning boshqa birlashmalari xodimlarining ish odobi qoidalari namunaviy Kodeksi” loyihasiga bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalar yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni topshirig’ining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha Davlat dasturiga kiritish uchun takliflar yuborildi.

Shuningdek, Moliya vazirligiga bank faoliyatini soliqqa tortish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar taqdim etildi.

2017 yil 26 oktyabr’ kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamkorligida “Ichki auditni joriy etish va davlat moliya nazorati organlari hamkorligi” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

2017 yil 31 oktyabr’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bank faoliyatini soliqqa tortish qo’mitasi va Bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash qo’mitalarining qo’shma yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan xalqaro tajriba va ilg’or xorijiy amaliyot asosida ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish” xamda “Bank xodimlarini boshqarish sifati” Standartlari qo’mita a’zolari bilan ko’rib chiqilib tasdiqlangach, banklar o’z faoliyatida qo’llash uchun yuborildi. SHu bilan birga, yig’ilishda “Kreditlash jarayonlarida garov ta’minotining kafolat mexanizmlarini joriy qilish” xamda “Sek’yuritizatsiya operatsiyalari bo’yicha xalqaro tajriba va O’zbekiston moliyaviy aktivlarini sek’yuritizatsiya qilishni joriy qilish” tahliliy materiallari ham o’rganib chiqildi va tijorat banklarga ma’lumot uchun yuborildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo’nalishlari bo’yicha “Yo’l xaritasi”ga kiritish uchun takliflar taqdim etildi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasiga 2018-2020 yillarda fond bozorini xalqaro tajriba asosida jadal rivojlantirish, kadrlar tayyorlashni kengaytirish va normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish “Yo’l xaritasi” loyixasiga takliflar yuborildi.

2017 yil 6 dekabrda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida respublika tijorat banklari hodimlari, auditorlik tashkilotlar va o’quv yurtlari ishtirokida “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va audit: qonunchilik, amaliyot va joriy etish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2752-sonli Qaror talablarini ta’minlash maqsadida “Bank xodimlari kasb axloqi Kodeksi” loyihasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborildi.

2017 yil 31 oktyabr’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi qoshidagi Bank qonunchiligi hamda Bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha Qo’mitalarining ko’shma yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda tijorat banklarining bank xodimlari bilan ishlash, kreditlash, investitsiyalar va qimmatli qog’ozlar bilan ishlash, iqtisodiy tahlil, xavfsizlik hamda risklarni boshqarish bo’linmalarining xodimlari ishtirok etdi. Qo’shma yig’ilishda “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish standarti”, “Bank xodimlarining sifatini boshqarish standarti”, shuningdek “Kreditlash jarayonlariga garov ta’minotining kafolatli mexanizmlarini joriy etish”, “Sek’yuritizatsiya bitimlarining xalqaro tajribasi va O’zbekistonda moliyaviy aktivlarning sek’yuritizatsiya mexanizmlarini joriy etish” borasida tayyorlangan tahliliy materiallar ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.

2017 yil 17 oktyabr’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi qoshidagi qo’mitalarining, shu jumladan CHakana bank xizmatlarini rivojlantirish qo’mitasi ishtirokida kengaytirilgan ko’shma yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining vakillari ishtirok etdi. Qo’shma yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3270-sonli Qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq bankning ratsional daromadliligini inobatga olgan holda bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish maqsadida tijorat banklarining tarif siyosatlarini optimallashtirish masalalari muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

V. O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASINING

«AHBOR-REYTING» REYTING AGENTLIGI

“Ahbor-Reyting” Reyting agentligi - O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 9 noyabridagi 427 sonli Qarori ijrosi yuzasidan tijorat banklariga, sug’urta, baxolash va lizing korxonalariga, qimmatli qog’ozlar emitentlariga, lombardlarga, mikrokredit va boshqa korxonalarga reyting xizmatlarini ko’rsatish maqsadida tashkil qilingan O’zbekistondagi birinchi reyting agentligidir. 2005 yil dekabr’ oyida “Ahbor-Reyting” Reyting agentligi Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo’lib Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasining (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA) a’zoligiga qabul qilindi, va bugungi kunda Osiyo, Evropa, Amerika va SNG davlatlaridagi etakchi xalqaro reyting agentliklari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

«Ahbor-Reyting» reyting agentligi keng ko’lamdagi xizmatlarni ko’rsatadi, jumladan, kredit reytingi, moliyaviy, boshqaruv va strategik konsalting, moliyaviy bozor segmentlari va makroiqtisodiyot bo’yicha tadqiqotlar, shuningdek iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha turli xil axborot-tahliliy ishlarni bajaradi.

Milliy reytingni berilishi va uning doimiy monitoringi “Ahbor-Reyting” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Markaziy banki, hamda Moliya Vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilgan reyting bahoni aniqlash va monitoring o’tkazish bo’yicha metodik ko’rsatmalar va tartiblar doirasida amalga oshiriladi. “Ahbor-Reyting” Reyting agentligi tomonidan qo’llaniladigan barcha reyting usullari va tartiblari Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA) hamkorligida ishlab chiqilgan hamda eng yaxshi halqaro amaliyotning qo’llanilishiga asoslangan. “Ahbor-Reyting” Reyting agentligining metodologik bazasi iqtisodiyotning bank, sug’urta, lizing, investitsiya va boshqa tarmoqlarini o’z ichiga qamrab oladi. Belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida “Ahbor-Reyting” institutsional va produktiv reyting yo’nalishini izchil rivojlantirmoqda, ma’lumotlarni yoritish tizimini yaxshilanishiga yordam bermoqda, hamda O’zbekiston moliya xizmatlari bozorida reyting izlanishlar olib bormoqda.

Mamlakatimiz moliya bozoridagi ko’p yillik muvaffaqiyatli faoliyati “Ahbor-Reyting” Reyting agentligiga moliya bozori va iqtisodiyot tarmoqlari qatnashchilari va segmentlari haqidagi keng ma’lumot bazasini yaratishga imkon yaratdi. Natijada, 2015-2017 yillar ichida Agentlik bajarilgan ishlar hajmi bo’yicha yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, 2015-2017 yillarda bajarilgan ishlar hajmining yillik o’rtacha o’sishi 22,91 foizni tashkil qildi.

SHu bilan birga, 2017 yil davomida Agentlik tomonidan 22 ta tijorat banki, 8 ta sug’urta korxonasi, 3 ta qimmatli qog’ozlar emitenti, 5 ta lizing korxonasi, 43 ta lombard va 23 ta mikrokredit tashkiloti bilan milliy shkala bo’yicha kredit reytingini berishga shartnoma tuzildi va milliy shkala bo’yicha kredit reytingi berildi.

2-sonli Diagrammadan ko’rinib turibdiki, Agentlik faoliyatining asosiy yo’nalishi tijorat banklari, sug’urta, lizing korxonalari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari va qimmatli qog’ozlar emitentlarini milliy shkala asosida reyting baholash hisoblanadi. Bunda, 2018 yilning 1 yanvar’ holatiga agentlikning bajarilgan ishlari hajmining 90,37 foizni reyting xizmatlari tashkil etadi (konsalting xizmatlar – 8,88 foiz).

Iqtisodiyot tarmoqlari tahlili, moliyaviy bozorlar va mamlakatimiz bank sohasining rivojlanish istiqbollari va joriy tendentsiyalari borasida to’plangan noyob tajriba «Ahbor-Reyting» Reyting agentligiga har chorakda “Reytingi” axborot byulleteni va “Bank tizimining tahliliy hisoboti” tahliliy byulletenini chiqarish imkonini berdi. YUqorida ko’rsatilgan byulletenlar tijorat banklari, sug’urta korxonalari va boshqa moliya institutlariga tavsiya etiladi.

YUqorida Agentlik tomonidan ko’rsatilayotgan konsalting va reyting xizmatlari bo’yicha bajarilgan ishlar tuzilmalarini ifodalovchi diagrammalar (Diagramma №3 va Diagramma №4) keltirilgan, bundan ko’rinib turibdiki, tijorat banklari agentlikning reyting xizmatlari va tahliliy tadqiqotlarining asosiy qatnashchisi hisoblanib, 2017 yilda ularning ulushiga agentlik tomonidan bajarilgan konsalting xizmatlarning 88,55 foizga va reyting xizmatlariga 77,47 foiz to’g’ri keladi.

“Ahbor-Reyting” Reyting agentligi tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar mamlakat iqtisodiyotining barcha muhim sohalarini o’z ichiga qamrab olgan, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish su’ratlari, tendentsiyalar va joriy holati ilmiy-asoslangan tahlili bo’lib hisoblanadi.

“Ahbor-Reyting” Reyting agentligida yuqori malakali, turli xil moliya-kredit korxonalarida, xalqaro auditorlik va konsalting agentliklarida ishlash bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lgan moliyaviy tahlilichilar faoliyat yuritadilar. Agentlik tahlilchilari Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA), Osiyo rivojlanish banki va boshqa xalqaro moliya korxonalari tomonidan tashkil etilgan barcha tadbirlar (treninglar, tajriba almishishlar) da faol qatnashib kelganlar.

Tijorat banklari, sug’urta va lizing korxonalari, qimmatli qog’ozlar emitentlari va boshqa korxonalar reytinglari xaqidagi ma’lumotlar respublikamizning etakchi matbuot manbalari bo’lmish “Bankovskie vesti”, “Bank axborotnomasi” gazetalarida hamda "Ahbor-Reyting" Reyting agentligining (www.ahbor-reyting.uz), O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining (www.uba.uz), “Norma xamkor” kompaniyasining (www.bank.uz) va agentlikning chet ellik hamkorlari informatsion veb-saytlarida (www.gazeta.uz, www.uzDaily.uz, www.cBonds.info) keng yoritiladi.


VI. SPORT – SOG’LOMLASHTIRISH TADBIRLARI

       O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tijorat banklarining xodimlari va ularning oila a’zolari orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari davom ettirildi.

       O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston badminton Federatsiyasi bilan hamkorlikda XII-Banklararo spartakiada o’yinlari doirasida “CHorsu” badminton klubida 7ta tijorat banklari ishtirokida sportning BADMINTON turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

       Musobaqalar 3 ta yo’nalishda o’tkazildi, ya’ni erkaklar juftligi “Men’s Double”, ayollar juftligi “Woman’s Double”, aralash juftlik “Double Mix”

   I- o’rinni “Kapitalbank” ATB;

   II- o’rinni “Aziya Al’yans Bank” ATB;

   III- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB jamoasi egalladi.


STOL TENNISI MUSOBAQASI


   I- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

   II- o’rinni “KDB bank O’zbekiston” ATB;

   III- o’rinni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki jamoasi egalladi.

TENNIS MUSOBAQASI

   I- o’rinni “Orient finans bank” ATB;

   II- o’rinni “Asaka” ATB;

   III- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB jamoasi egalladi.

BASKETBOL MUSOBAQASI

   I- o’rinni “Asia Alliance Bank” ATB;

   II- o’rinni “Orient Finans” XATB;

   III- o’rinni “Kapitalbank” ATB jamoasi egalladi.

VOLEYBOL MUSOBAQASI

(erkaklar o’rtasida)

   I- o’rinni “Trastbank” ATB;

   II- o’rinni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;

   III- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB jamoasi egalladi.

VOLEYBOL MUSOBAQASI

(ayollar o’rtasida)

   I- o’rinni “Orient Finans” XATB;

   II- o’rinni “Aloqabank” XATB;

   III- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB jamoasi egalladi.


MINI-FUTBOL MUSOBAQASI

   I- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

   II- o’rinni “Inkassatsiya xizmati” DUK;

   III- o’rinni “Aloqabank” ATB jamoasi egalladi.

SUV SPORTI MUSOBAQASI


     I- o’rinni «Kapital bank» ATB;

     II- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

     III- o’rinni «Asia Alliance Bank» ATB jamoasi egalladi.


UMUMJAMOA XISOBIDA


   I- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

   II- o’rinni “Asia Alliance Bank” ATB;

   III- o’rinni “Kapitalbank” ATB jamoasi egalladi.

FUTBOL TURNIRI


   I- o’rinni “O’zsanoatqurilishbank” ATB;

   II- o’rinni AT “Xalq banki”;

   III- o’rinni “Asaka” ATB jamoasi egalladi.

   XII-Banklararo spartakiada va XVIII-Banklararo futbol turniri musobaqalarida birinchi 3ta o’rinni egallagan jamoalar kubok va diplomlar bilan, shuningdek qo’shimcha nominatsiyalarda g’olib deb tan olinganlar, qimmatbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.


XULOSA

Hurmatli kasbdoshlar!

2017 yilda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar Siz tomondan munosib baholanadi deb umid qilamiz. SHu bilan birga, 2018 yilda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bor imkoniyati va salohiyatini bank hamjamiyati oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga, Assotsiatsiya ishtirokchilari - tijorat banklarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularga har tomonlama ko’mak ko’rsatish, hamda O’zbekiston Respublikasi bank tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga va yanada rivojlantirishga qaratadi deb ishonch bildiramiz.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi



otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9500.96 +10.19
EUR
EVRO
10498.56 +43.53
RUB
Rossiya rubli
149.01 +0.19
GBP
Angliya funt sterlingi
12255.29 +135.58
19.11.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech