Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11- Markaziy Osiyo savdo forumi

   Markaziy Osiyo: mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish orqali pandemiyadan keyingi tiklanish

   Bu yil Forum yana bir bor savdo va kommunikatsiya sohasidagi dolzarb g'oyalar va yangiliklarni taqdim etadi. Bir qator soha mutaxassislari o'rtasida kechadigan munozaralar orqali ushbu noyob platforma mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiradi. Buning natijasida Markaziy Osiyoda barqaror iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va yanada tezlashtirishga turtki bo’ladi.

   Hafta davomida veb -seminarlar va qator taqdimotlar o'tkaziladi. Forum COVID-19dan keyingi iqtisodiy tiklanish: bir qator dolzarb mavzular bo'yicha o'tkaziladi: 

  • turizm, transport va logistika, 
  • elektron tijorat, 
  • savdo bitimlari, 
  • suv-energetika barqarorligi, 
  • ayollar va yoshlar.

    Amerika Qo'shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) mezbonlik qilayotgan Markaziy Osiyo savdo forumi ishbilarmon doiralar uchun Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan bozorlarida yangi imkoniyatlarni kashf etish uchun noyob platformadir. Savdo forumi Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdo va hamkorlikni rag'batlantiruvchi har yili o'tkaziladigan eng yirik tadbirlardan biri sifatida tan olingan brendga aylandi. O'tgan yilgi forumlarda 30 dan ortiq mamlakatdan 10 000 dan ortiq ishtirokchilar yig'ilgan.

Ma'lumot uchun - https://catradeforum.org/ru/


otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech