Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
06 dekabr 2017 y. - 06 dekabr 2017 y.
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida “Moliyaviy hisobot va auditning Xalqaro standartlari: qonunchilik, amaliyot va joriy etish muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.
Mazkur konferentsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi №PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2017 yil 12 maydagi 274-sonli qaroriga asosan tashkil etildi.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O’zbekiston auditorlar palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjuman ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi a’zolari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar, Markaziy bank, bank-moliya muassasalari, auditorlik kompaniyalari hamda aktsiyadorlik jamiyatlari rahbar xodimlari, bosh buxgalterlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, xorijiy davlatlarning auditorlar va buxgalterlar professional birlashmalari rahbarlari, shuningdek iqtisod yo’nalishdagi etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Konferentsiyada Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida yurtimizda qulay ishbilarmonlik va investitsion muhitini yaratish, jahon integratsiyasi jarayonlarda faol ishtirok etish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investorlar va to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarni jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, shuningdek davlat mablag’lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash borasida muhim vazifalar belgilanganligi va ularning to’laqonli bajarilishi, mamlakatimizda jahonda umumqabul qilingan zamonaviy normalar, standartlar, shu jumladan moliyaviy hisobot va auditning Xalqaro standartlarini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida tegishli ishlarini amalga oshirish zarurligi alohida ta’kidlab o’tildi.
Zero buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, ulardagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlaydi. Ma’lumotlarning shaffofligi va ob’ektivligi esa investor va banklar tomonidan korxona faoliyatini rivojlantirishga sarmoya kiritish masalasini hal etishga yordam beradi. Mamlakat miqyosida esa, xorijiy investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishga, buning natijasida ishlab chiqarishni kengayishiga, modernizatsiya qilinishiga, yangi ish o’rinlarni yaratilishiga, davlat byudjetiga soliqlarning tushumini ko’payishiga, iqtisodiy o’sishning barqarorligini ta’minlanishiga katta hissa qo’shadi.
Anjumanda ta’kidlanganidek mamlaktimizda buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlarga moslashtirish bo’yicha tegishli islohotlar amalga oshirilib, bu borada tegishli qonunlar, davlat dasturlari, Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilinib, mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishda o’ziga xos va milliy iqtisodiyotga mos yo’l tanlandi. Bu xalqaro standartlarga muvofiq keladigan buxgalteriya hisobi bo’yicha milliy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish yo’li bo’ldi. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda korporativ boshqaruvga asoslangan aktsiyadorlik jamiyatlarida xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzishga o’tilmoqda. Bunga esa bevosita xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzish yoki milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish orqali erishilishi mumkin.
Konferentsiyaga so’zga chiqqan ekspertlar tomonidan moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini to’laqonli joriy etishda mazkur standartlarning mazmun va mohiyatini chuqur o’rganish, ularning uslubiy jixatlarini qo’llay olish, milliy standartlarimizni imkon qadar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ilg’or xorij tajribasini hisobga olganda buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro atamalarni qabul qilish, xorijiy tillardagi maxsus adabiyot va zarur materiallarni o’zbek tiliga tarjima qilish, amaliyotchi xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni xorijiy mamlakatlarda tajriba almashinishini tashil etish hamda amaliyotchi buxgalterlarni sertifikatlash ishlarini yo’lga qo’yish zarurligi alohida ta’kidlab o’tildi.
Shu bilan birga Moliyaviy hisobotning yangi 9-sonli xalqaro standarti kuchga kiritilishi munosabati bilan konferentsiyada ushbu standartni amaliyotga tadbiq etilishi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlar ham keng muhokama qilindi.
Konferentsiya ishi yakunlari bo’yicha ishtirokchilar tomonidan zamonaviy qarashlar va tendentsiyalarni tahlil qilgan holda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish, moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini amaliyotda joriy etish jarayonida vujudga keladigan dolzarb muammolar va to’siqlarni hal etish, buxgalteriya hisobining milliy standartlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga transformatsiya qilish jarayonini avtomatlashtirish, auditorlik faoliyatining sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish, , moliyaviy hisobot va auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini joriy etish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va sertifikatsiyalash borasida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

  Ro’yxatga qaytish
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9411.30 +15.67
EUR
EVRO
10421.13 +60.57
RUB
Rossiya rubli
146.51 +3.55
GBP
Angliya funt sterlingi
11764.13 +225.36
17.09.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech