Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 oktyabr 2021 y. - 27 oktyabr 2021 y.

O‘zbekiston tijorat banklarining milliy shkaladagi kredit reytingini belgilash mezonlari va tartibi qanday?

    O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 27 oktyabr kuni OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda «O‘zbekiston tijorat banklarining milliy shkaladagi kredit reytingini belgilash mezonlari va tartibi bo‘yicha» so‘z bordi.
   2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olingan tijorat banklarining umumiy soni 32 tani tashkil etdi, shundan 13 tasi davlat ulushi ishtirokidagi, 5 ta xususiy, 8 ta chet el kapitali ishtirokidagi va 6 ta aksiyadorlik tijorat banklardir.

   O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tarkibidagi “Ahbor-Reyting” Reyting agentligi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 9 noyabrdagi 427-sonli qarori ijrosi yuzasidan tijorat banklariga, sug‘urta, baholash va lizing korxonalariga, qimmatli qog‘ozlar emitentlariga, lombardlarga, mikrokredit va boshqa korxonalarga reyting xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingan O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligidir.

“   Ahbor-Reyting” Reyting agentligi respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklariga reyting berishda qator mezonlarga asoslanadi. Tadbirda reyting mezonlarini belgilash tartibi va talablari bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

   Milliy reytingni berilishi va uning doimiy monitoringi “Ahbor-Reyting” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan reyting bahoni aniqlash va monitoring o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar va tartiblar doirasida amalga oshiriladi. “Ahbor-Reyting” Reyting agentligi tomonidan qo‘llaniladigan barcha reyting usullari va tartiblari Osiyo kredit reyting agentliklari Assotsiatsiyasi (Association of Credit Rating Agencies in Asia - ACRAA) hamkorligida bevosita ko‘rsatmasi asosida reyting standartlari va metodikasi talablariga mos holda hamda xalqaro qabul qilingan etika normalari asosida ishlab chiqilgan. “Ahbor-Reyting” Reyting agentligining metodologik bazasi iqtisodiyotning bank, sug‘urta, lizing, investitsiya va boshqa tarmoqlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida “Ahbor-Reyting” reyting agentligi institutsional va produktiv reyting yo‘nalishini izchil rivojlantirmoqda, maʼlumotlarni yoritish tizimini yaxshilanishiga yordam bermoqda hamda O‘zbekiston moliya xizmatlari bozorida reyting izlanishlar olib bormoqda.

   Misol uchun, “uzA+” reytingi bankning kreditga layoqatliligining juda yuqori daraja-sini ko‘rsatadi, bu uning faoliyatidagi kredit xavfining juda past darajasini aks ettiradi. “UzA+” reytingiga ega bo‘lgan bank - kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori salohiyatga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bir qancha talablarga javob berish kerak bo‘ladi.

   Tadbirda ishtirok etgan OAV vakillari O‘zbekiston tijorat banklarining milliy shkaladagi kredit reytingini belgilash mezonlari va tartibi bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lish bilan birga tijorat banklarining 2021 1 oktyabr holatiga ko‘ra reytinglari bilan tanishdilar.


  Ro’yxatga qaytish
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech