Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Orient Finans Bankdan Chevrolet Nexia 3 avtomobilini yutib oling
15 Dec 2017

Aksiya 2017 yil 15 dekabrdan 2018 yil 15 martga qadar, o’tkaziladi.  MASTERCARD kartasi bilan hisob-kitob qil va Bosh SOVRIN Chevrolet Nexia 3 avtomobili va boshqa qimmatbaho sovg’alarni yutib ol!

Aksiyada kimlar ishtirok etadi?

Aksiyada 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Aksiyada ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

«ORIENT FINANS» XATBda aksiya boshlangunga qadar yoxud aksiya o’tkazilayotgan vaqtda rasmiylashtirilgan, MasterCard Business korporativ kartalarini istisno qilgan holda, MasterCard, Maestro va Maestro Exchange kartalarining egasi bo’lmoq lozim.

MasterCard, Maestro va Maestro Exchange kartalarining egasi karta bo’yicha 50 AQSh dollaridan boshlab va undan ortiq summani tranzaksiya qilishi lozim, shundan so’ng u avtomatik ravishda mazkur aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

1. Sovrin fondi

1.1. Bosh sovrin – «Chevrolet NEXIA 3» avtomobili;

1.2. Qo’shimcha sovrinlar (oraliq g’oliblarga) – tashqi to’plagichlar, zaryadlash moslamalari, fleshkalar va boshqa sovrinlar.

2.& Promo-aksiyani o’tkazish tartibi va sovrinlarni o’ynash protsedurasi

2.1. Tranzaksiya summasi, aksiyada ishtirok etuvchi Bankning vositachilik haqini hisobga olmagan holda hisob-kitob qilinadi;

2.2.  MasterCard Business va Maestro Exchange korporativ kartalari aksiyada ishtirok etmaydi;

2.3. Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari – ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari, turmush o’rtoqlari, farzandlari, shu jumladan asrab olingan farzandlari, nabiralari hamda turmush o’rtoqlarining ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari aksiyada ishtirok eta olishmaydi;

2.4. Aksiya o’tkazilayotgan vaqtda har oyda qo’shimcha sovrinlar o’ynalgan holda oraliq yakunlar o’tkazib turiladi:

15.12.2017 yildan 15.01.2018 yilga qadar bo’lgan davr uchun

15.01.2018 yildan 15.02.2018 yilga qadar bo’lgan davr uchun

15.02.2018dan 15.03.2018 yilga qadar bo’lgan davr uchun

2.5. Aksiya Toshkent shahri bo’yicha va O’zbekiston Respublikasining mintaqalarida, «Orient Finans» XATB filiallari tarmog’ida o’tkaziladi;

2.6. G’oliblarning nomlari Random.org. dasturi yordamida betaraf komissiya ishtirokida tasodifiy tanlash usuli bilan aniqlanadi;

2.7. Aksiya O’zbekiston Respublikasi Fuqaroldik kodeksining 981-moddasiga muvofiq o’tkaziladi;

2.8. Aksiyada yutilgan taqdirda sovringa egalik huquqi jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to’lagan va sovrinni qabul qilib olish-topshirish daloaltnomasi imzolangan paytdan boshlab ishtirokchiga o’tadi. Shu paytdan boshlab Tashkilotchi sovrinni yo’qotish yoki uni buzib qo’yish bilan bog’liq risklar uchun javobgar hisoblanmaydi;

2.9. Aksiyaning shartini qabul qilar ekan, ishtirokchi basharti u aksiyada yutgan taqdirda unga biror bir haq to’lamasdan uning nomi ommaga oshkor etilishiga rozilik beradi;

2.10. Bosh sovrin uchun final o’yini 2018 yil mart oyining ikkinchi yarmi davomida Komissiya a’zolari ishtirokida o’tkaziladi. Ilgari avvalgi o’yinlarda ishtirok etgan barcha kartalar egalari hamda 2017 yil 15 dekabrdan 2018 yil 15 martga qadar bo’lgan muddatda tranzaksiyani amalga oshirgan kartalar egalari final o’yinining ishtirokchsiga aylanishadi;

2.11. Aksiya g’olibiga SMS-xabarnoma jo’natiladi yoki ishtirokchi tomonidan ko’rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalanib u bilan bog’laniladi.

3. Qo’shimcha shartlar

3.1. Bank mazkur Qoidalarga o’z xohishiga ko’ra har qanday o’zgartirish va qo’shimchalar, bunday o’zgarilshar xususida oldindan, bunday o’zgarishlar kuchga kirishidan 3 (uch) ish kuni avval www.ofb.uz  saytida e’lon joylashtirgan holda, kiritishni o’zida saqlab qoladi;

3.2. Bank sovrinlar ro’yxatini o’zgartirish yoki kengaytirish huquqiga ega. Bank mijozda Aksiyada ishtirok etishi bois yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlar,  chiqimlar va boshqa har qanday xarajatlar uchun tovon to’lamaydi;
3.3. Aksiya ishtirokchisi bosh sovrin («Chevrolet NEXIA 3» avtomobili)ni olishi va ishlatishi bilan bog’liq har qanday soliq va yig’imlar to’lovi uchun javobgar hisoblanadi;

3.4 Oraliq bosqichlardagi sovrinlar, reklama kompaniyasiga berilgan sovg’alar bilan bog’liq soliqlar va xarajatlar Bank hisobidan O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq to’lanadi;

3.5. Bank aksiyani o’tkazish chog’ida yuzaga keladigan munozarali holatlarni istisno etganda, aksiya ishtirokchilari bilan yozma aloqaga va boshqa har qanday munosabatlarga kirishmaslik huquqini o’zida saqlab qoladi;

3.6. Bank butun sovrindan foydalanish muddati mobaynida sovrin sohibining sog’lig’iga (hayotiga) ham, mulkiga ham, shuningdek, uchinchi shaxslarning sog’lig’i va hayotiga yetkazilgan har qanday ziyon uchun hech qanday javobgarlikka ega emas;

3.7. Mazkur promo-aksiyani o’tkazish chog’ida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha bahs va ixtiloflar Bank va ishtirokchi o’rtasida ezgu niyat va bir-birini o’zaro anglashga asoslangan muzokaralar yo’li bilan hal etiladi, aks holda va o’zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda bahs va ixtiloflar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko’rib chiqilishi lozim bo’ladi.

4. Sovrinlarni olish tartibi va muddatlari

4.1. Sovrinlar Toshkent sh., Yakachinor ko’chasi, 7a-uy manzilida joylashgan «ORIENT FINANS» XATBda yoki Bankning boshqa hududiy bo’limida, pasportning asl nusxasini taqdim etish sharti bilan hamda sovrinni topshirish bilan bog’liq zarur hujjatlar imzolangandan so’ng beriladi;

4.2. Aksiya Tashkilotchisining ishtirokchiga sovrinni (ham qo’shimcha, ham asosiy) topshirish bo’yicha majburiyati ular ishtirokchiga topshirilgan va qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi;

4.3. Aksiya ishtirokchisi tomonidan ushbu Qoidalarga amal qilnmagan taqdirda sovrin berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakil qilingan shaxsi tomonidan sovrin narxining puldagi ekvivalentini to’lash, sovrinni olish/foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga topshirish, sovrinni qaytarish yoki almashtirish amalga oshirilmaydi;

4.4. Sovrinlarni olishlari uchun aksiya ishitirokchilari sovrin olignaligini tasdiqlovchi hujjatlar imzolangan paytga qadar bo’lgan muddat mobaynida ulardan ushbu Qoidalarga muvofiq talab etiladigan barcha harakatlarni bajarishlari lozim bo’ladi;

4.5. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178-moddasiga binoan, Aksiyada (Bosh sovrin – «Chevrolet NEXIA 3» avtomobili) yutilgan taqdirda Ishtirokchi Tashkilotchining hisobiga kelgusida soliq summasini byudjetga to’lash uchun, amaldagi qonunchilik tomonidan o’rnatilgan stavkalar bo’yicha jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq summasini to’lash hamda INN va INPS berilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi;

4.6. Ishtirokchi yutib olingan Sovrin Ishtirokchi tomonidan u soliq organlariga topshirishi lozim bo’lgan yillik soliq deklaratsiyasida ko’rsatilishi lozim bo’lgan o’zga daromadlarga taalluqli ekanligidan xabardor qilindi. Agar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq uning arizasiga binoan belgilangan maksimal stavkalarni qo’llagan holda ushlab qolingan bo’lsa, daromadlar haqidagi deklaratsiya taqdim etilmaydi.

/ Manba: Orient Finans Bank axborot markazi / Ko'rishlar: 1372
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9455.24 +21.90
EUR
EVRO
10438.58 +84.55
RUB
Rossiya rubli
147.25 +1.50
GBP
Angliya funt sterlingi
11958.04 +324.85
15.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech