Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Mar 2018

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda zamonaviy axborot tizimidagi yangilanishlar natijasida moliya muassasalarining ham aholiga xizmat ko'rsatish sifati tubdan yangilandi. Xususan, bank tizimida qator yangi xizmat turlari joriy qilinishi natijasida bank mijozlarining vaqti, ortiqcha ovoragarchilik va sarf-xarajatlari keskin qisqardi.

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki aholi va mijozlarga bank xizmatini ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida ko'plab zamonaviy xizmat turlarini joriy qilib kelmoqda.

Shulardan biri kommunal va boshqa bir qancha to'lovlarni qabul qilishga mo'ljallangan, 2500 dan ortiq maxsus planshet va termoprinter hamda terminnallarni joriy qilingani yaxshi samara bermoqda. Ana shunday zamonaviy uskunalar orqali bank xodimlari mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi chekka-chekka qishloq va ovullarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning yashash hududiga borib kommunal to'lovlarini qabul qilishi aholining uzog'ini yaqin qilmoqda. E'tiborli jihati ushbu zamonaviy uskunalarning barchasi internet tarmog'iga ulangan bo'lib, aholiga on-layn tizimida xizmat ko'rsatmoqda.

Mana uyimizning oldiga Xalq banki xodimlari kelib issiq suv, sovuq suv, gaz, elektr energiyasi kabi kommunal to'lovlarni qabul qilib og'irimizni engil qilyapti, tuman markaziga xarajat qilib borib kelishga hojat qolmayapti, terminnallar ishlab turibdi, to'lovlarimiz shu erning o'zida hisob raqamimizga borib tushgani haqida chek chiqarib beryapti. Bank xodimlari baraka topishsin, ulardan minnatdormiz deydi Nodira Azlarova.

Bank tomonidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida aholidan 490,4 mlrd. so'm miqdorida komunal to'lovlar qabul qilingan bo'lib, shularning 196,1 mlrd. so'mi mazkur zamonaviy planshetlar orqali qabul qilib olingan to'lovlar ulushiga to'g'ri keladi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan Xalq banki filiallari orqali to'langan har qanday to'lovlarni xizmat ko'rsatuvchi tashkilot hisobraqamiga o'tganligini www.xb.uz sayti orqali “on-layn” ravishda aniqlashtirish xizmati joriy qilinmoqda.

/ Manba: Xalq banki matbuot xizmati / Ko'rishlar: 784
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9433.34 -13.31
EUR
EVRO
10354.03 +21.28
RUB
Rossiya rubli
145.75 -0.44
GBP
Angliya funt sterlingi
11633.19 +25.15
08.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech