Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O’zsanoatqurilishbank bilan O’zbekiston bo'ylab sayohat qil!
1 Mar 2018

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi  “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda mijozlarimiz va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, “O’zsanoatqurilishbank” ichki turizm xizmatlari uchun Turizm krediti berishni yo’lga qo’ydi!

Turizm kreditini olish uchun bankka bor-yo’g’i quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

- pasport nusxasi;

- oxirgi 12 oy mobaynidagi daromad to’g’risida ma’lumotnoma;

- turizm sohasida faoliyat ko’rsatish bo’yicha litsenziyaga ega mahalliy turoperator taqdim etgan shartnoma;

- kafil hujjatlari (pasport nusxasi va oxirgi 12 oy mobaynidagi daromad to’g’risida ma’lumotnoma).

Turizm krediti boshlang’ich badalsiz, 3 yil muddatga, eng kam ish haqining 100 barobarigacha (17 224 000 so’mgacha) beriladi. Kredit summasi turoperator hisob raqamiga o’tkaziladi.

Turoperator tomonidan taqdim etilgan shartnomada barcha turistik xizmatlar uchun xarajatlar (transport, mehmonxona, dam olish maskanlari, gid, ovqatlanish, tarixiy obidalar, muzey, teatr, ko’ngilochar hamda sport maskanlariga tashrif va boshqalar) kiritilishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, yuqorida keltirilgan qarorga asosan, jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O’zbekiston Respublikasi bo’ylab turistik yo’llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko’rsatish bo’yicha litsenziyaga ega bo’lgan sub’ektlardan sotib olishga yo’naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.

Bunda turistik yo’llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo’l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

O’ZSANOATQURILISHBANK O’Z MIJOZLARINI YUKSAK QADRLAYDI VA SIZ UCHUN YANADA QULAY HAMDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI JORIY QILISHDA DAVOM ETADI!

Qo’shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, (0371) 200-43-43, 233-63-78 telefon raqamlaridan yoki quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin.
- veb-sayt: www.uzpsb.uz;
- Telegram: https://t.me/UzSQB;
- Facebook: https://www.facebook.com/uzpsb;
- “UZPSB Mobile”: http://goo.gl/rpgHor (Android),
https://itunes.apple.com/vn/app/uzpsb-mobile/id1125872822?mt=8 (IOS).
- Filiallar ro’yxati: http://uzpsb.uz/uz/node/2260

 

/ Manba: O’zsanoatqurilishbank axborot xizmati / Ko'rishlar: 1372
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9455.24 +21.90
EUR
EVRO
10438.58 +84.55
RUB
Rossiya rubli
147.25 +1.50
GBP
Angliya funt sterlingi
11958.04 +324.85
15.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech