Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Mar 2018

2018 yil 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Tojikiston Respublikasining «Amonatbonk» Davlat omonat banki o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga doir ikkita hujjat imzolandi.

Hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida «Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma» imzolandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi «Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv» tuzildi.

Taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasidan turli sohalarda (to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, maishiy kimyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo va boshqa sohalarda) tovarlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

/ Manba: O'zmilliybank rasmiy sayti / Ko'rishlar: 985
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9448.53 -6.71
EUR
EVRO
10553.06 +114.48
RUB
Rossiya rubli
147.70 +0.45
GBP
Angliya funt sterlingi
12255.69 +297.65
22.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech