Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Mar 2018

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasiga ilk Davlat tashrifi chog’ida “Turonbank”ATB davlat delegatsiyasi tarkibida Dushanbe shahrida o’tkazilgan o’zbek-tojik biznes forumida ishtirok etdi.

Mazkur biznes-forum doirasida 2018 yil 9 mart kuni “Turonbank” ATB va “Oriyonbank” OAJ o’zaro anglashuv to’g’risidagi memorandumni imzoladilar.

Imzolangan ushbu memorandumdan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini oshirish maqsadida moliyaviy xizmatlar ko’rsatish hamda “Turonbank” ATB va “Oriyonbank” OAJning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Memorandumning kuchga kiritilishiO’zbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga hamda tegishlicha Tojikiston Respublikasidan O’zbekiston Respublikasiga mahsulotlar va xizmatlarni eksport qilish bilan bog’liq bitimlarni moliyalashtirishni boshlashga imkon beradi.

O’zaro anglashuv to’g’risidagi memorandum ijrosining birinchi bosqichi “Turonbank” ATB va “Oriyonbank” OAJ o’rtasida korrespondentlik munosabatlarini o’rnatish hamda eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirishdan iborat bo’ladi. 

/ Manba: "Turonbank" ATB rasmiy sayti / Ko'rishlar: 1419
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9455.24 +21.90
EUR
EVRO
10438.58 +84.55
RUB
Rossiya rubli
147.25 +1.50
GBP
Angliya funt sterlingi
11958.04 +324.85
15.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech