Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Feb 2016
2016 yil 11 fevraldagi №NX14-11/672-sonli xatga muvofiq, ATB «Mikrokreditbank» O’zbekiston Respublikasi pul resurslari banklararo bozorining indikatorlarini tashkil etish Memorandumiga muvofiq O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan UZIBOR indekslarini shakllantirish uchun pul resurslarining ichki va banklararo bozorida so’mdagi kreditlar (depozitlar)ni qo’yish va jalb qilish foiz stavkalari bo’yicha ma’lumotlarni kiritishni boshladi.

SHuningdek, ATB «Mikrokreditbank» “Pul resurslari ichki va banklararo bozorida operatsiyalarni amalga oshirish Kodeksi” va “Pul resurslarining banklararo elektron bozorida operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to’g’risida Nizom” talablarini bajarish majburiyatini o’z zimmasiga oldi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining UZIBOR indeksi – qisqa muddatli foiz stavkalari bo’yicha belgilanadigan va eng keng qo’llaniladigan asosiy va dastlabki stavka. UZIBOR O’zbekiston depozitlari bo’yicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan banklararo stavkasini aks ettirib, tijorat banklarining O’zbekiston pul resurslari banklararo bozorida pul mablag’larini taklif qilish bo’yicha belgilaydigan foiz stavkasini anglatadi.

UZIBID indeksi – O’zbekiston depozitlari bo’yicha xaridorning banklararo stavkasi bo’lib, tijorat banklarining O’zbekiston pul resurslarining banklararo bozorida boshqa ishtirokchilardan mablag’lar jalb qilish bo’yicha belgilaydigan foiz stavkasini bildiradi.

UZIAR indeksi – banklararo foiz stavkalarining o’rtacha medianasi. O’rtacha mediana UZIBID va UZIBOR stavkalari yig’indisining o’rtacha miqdori sifatida belgilanadi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi UZIBOR (Uzbekistan Interbank Offered Rate) indeksini 2004 yildan buyon chop etadi. Indeks - UZIBOR Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnoma asosida tijorat banklari tomonidan taklif etiladigan depozitlar bo’yicha belgilanadigan stavkalar asosida hisoblanadi.

UZIBOR indeksi bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar bilan www.uzibor.uz saytida tanishish mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 177
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8312.64 -2.21
EUR
EVRO
9456.46 +48.21
RUB
Rossiya rubli
125.22 +1.37
GBP
Angliya funt sterlingi
10578.67 -23.60
11.12.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech