Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“O’zagroeksportbank”ka litsenziya berildi
6 Jul 2017
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan “O’zagroeksportbank” aktsiyadorlik tijorat bankiga (Toshkent sh, Amir Temur ko’chasi, 79A uy) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Yangi bankning ustav kapitali 10 mln.evro ekvivalentida shakllantirildi. Banking asosiy aktsiyadorlari – O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi (75%), “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi (10%), “O’zagrosug’urta” AJ (5%), “Kafolat SK” AJ (5%) va “O’zbekinvestxolding” XK (5%) dir.

“O’zagroeksportbank” ATB o’zining ustivor yo’nalishini mamlakatimizning agrosanoat sohasini, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish, uning zarur infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va eksport salohiyatini oshirish, mijozlarga agrosanoat, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy banklar, moliyaviy institutlar, diplomatik va savdo vakolatxonlari bilan hamkorlikda xalqaro bozorlarga olib chiqish borasida strategik dasturlar ishlab chiqishga qaratadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 21
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
8182.73 -5.60
EUR
Yevro
10158.86 +101.13
RUB
Rossiya rubli
145.10 +4.14
GBP
Angliya funt sterlingi
11482.01 +132.98
20.02.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech