Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Jul 2020
08ac40756a2b2ce8eff2675a4985119c.jpg
Joriy yil 16 iyuldan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB raqamli transformatsiya strategiyasi doirasida bank mijozlariga JOYDA mobil ilovasi orqali “Zolotaya korona” pul oʻtkazmalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish imkonini beruvchi yangi xizmatni joriy etmoqda.

Endilikda mijozlarga yuborilgan pul mablagʻlari Oʻzsanoatqurilishbankning Visa kartalariga bir zumda tushadi va istalgan vaqtda bank kassalarida yechib olinishi yoki JOYDA ilovasining oʻzida Uzcard yoki HUMO kartasiga milliy valyutaga konvertatsiya qilinishi mumkin.

Karantin talablariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida bank “Zolotaya korona” pul oʻtkazmalarining doimiy oluvchilari uchun VISA kartalarini chiqarish va ularni mijoz uyiga yetkazishni ham yoʻlga qoʻyadi. Shu bilan birga mijozlarga pul oʻtkazmalarini kartalarga mustaqil ravishda tushirish hamda mablagʻlarini istalgan bankning terminal va bankomatlarida yechib olish oʻrgatiladi.

Kelgusida barcha pul oʻtkazmalari turlarini JOYDA mobil ilovasida birlashtirish ham koʻzda tutilgan boʻlib, bu mijozlarga transchegaraviy pul oʻtkazmalarini birgina ilovadan foydalangan holda kechayu-kunduz qabul qilish va yuborish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, bir tomondan tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo riteylerlarni, ikkinchi tomondan esa uy xoʻjaliklarini birlashtiruvchi JOYDA elektron savdo maydonchasi (marketpleys) joriy yilning may oyi boshida ishga tushirilgan boʻlib, yil oxirigacha uning foydalanuvchilar soni 300 mingga yetishi kutilmoqda.


/ Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 275
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech