Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Dec 2017

Markaziy bankda tashkil etilgan Ilmiy-metodologik kengashning navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning o‘tgan yilning 30 dekabrida ilm-fan namoyandalari, davlat va jamoat tashkilotlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, etakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish, shuningdek ustoz-shogird an’analarini davom ettirish borasida bergan alohida topshiriqlari ijrosi muhokama etildi.

Ta’kidlandiki, Markaziy bankka biriktirilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklarining boy tajribasi, ilmiy salohiyati ilm-fan nufuzini oshirish, uning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, yosh xodimlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishga qiziqishini orttirish, ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtirilishi va nazariyalar shakllantirilishi kelgusi amaliy tadqiqotlar, tahlillar hamda innovatsion ishlanmalar uchun zamin yaratmoqda.

Iqtisodiyotning bank sektori mehnat bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlar, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, kundalik hayotga yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi sharoitida bank tizimi uchun yosh malakali xodimlarni tayyorlash va ularning zamon talablariga muvofiqligi, kasb malakalarini oshirib borish bo‘yicha akademiklar ishtirokida o‘quv kurs va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Hususan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini yoritib berishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar, respublikamiz mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston”, Bosh Qomusimiz – Konstitutsiya qabul kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya, iqtisod va farovonlik” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar g‘oyat qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.

Qayd etish joizki, Markaziy bank O‘quv markazida akademiklar T.Bekmuratovning «Bank biznesida yangi axborot texnologiyalari va elektron tijorat», I.Iskandarovning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberal-lashtirishning ustuvor yo‘nalishari» hamda A.Sa’dullayevning «O‘zbekiston bank tizimida yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish» mavzusidagi ma’ruzalari barcha xodimlar, ayniqsa, yosh mutaxassislar e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Akademik-olimlar ishtirokida tashkil etilayotgan anjumanlarda bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy pirinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish hamda yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash kabi yo‘nalishlarning qamrab olinishi tinglovchilarning fikrlash ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Olimlarimizning ilmiy asoslangan ma’ruzalari ustoz-shogird an’anasining bardavomligini saqlab qolmoqda. Ular bank tizimida ishlayotgan, yangi va zamonaviy bank amaliyotlari bo‘yicha izlanishlar, tadqiqotlar olib borayotgan, o‘z malakasini oshirish ustida muntazam ishlayotgan xodimlarga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berib bormoqda. Ularning ilmiy izlanishlari, kuzatuvlari va tahlillari ko‘lami va teranligini oshirishi uchun o‘zlarining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda.

Yosh xodimlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishiga qiziqishini kuchaytirish, ular orasida ilm-fan nufuzini oshirish, fan va amaliyotning integratsiyasini chambarchas ta’minlash, akademik olimlarning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan Ilmiy Kengash yig‘ilishida kelgusi yilda amalga oshirilajak ishlar rejasi ham muhokama etildi. 

 

/ Manba: Markaziy bank matbuot markazi / Ko'rishlar: 1016
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9061.00 +179.00
EUR
EVRO
10092.14 +163.84
RUB
Rossiya rubli
138.47 +2.09
GBP
Angliya funt sterlingi
10926.66 +151.91
16.08.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech