Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Mar 2018

Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, ”Norma professional rivojlanish markazi” nodavlat o‘quv muassasasi va Xalqaro Moliya korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandumda respublikamizda tadbirkorlik sub’ektlari va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasidagi sa’y-harakatlarni hamjihatlikda olib borish ko‘zda tutilgan.

Mazkur hujjat moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha mulkdorlar savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ushbu loyiha doirasida davra suhbatlari, konferensiya va seminarlar tashkil etiladi. Ularga taklif etiladigan taniqli ekspert-amaliyotchilar innovatsion instrumentlaridan foydalangan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mulkdorlarini moliya, boshqaruv, soliq va xo‘jalik huquqi bo‘yicha bilimlarini oshirsa, aholini o‘z jamg‘armalaridan oqilona va mas’uliyatli foydalanishga o‘rgatadilar.

Memorandum
Hajmi: 626.94 КБ
Format: pdf

/ Manba: Официальный сайт ЦБ РУз / Ko'rishlar: 1437
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

Section is not found



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech