Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Sabablar
9 Aug 2022

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Sabablar

   Iyul oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shu bilan birga, respondentlar orasida yoqilg‘i narxining oshishi va valyuta kursining o‘zgarishini inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.


   Iyul oyida O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik subyektlarining keyingi 12 oy davomida inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etdi, biroq yil boshidagiga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda, deyiladi Markaziy bank sharhida.

    O‘tgan oyda fuqarolar o‘rtasida kutilayotgan inflyatsiyaning o‘rtacha darajasi 15,5 foizni tashkil etdi (iyun oyida — 16,4 foiz, may oyida 17,6 foiz). Oy davomida inflyatsiya kutilmalarining o‘rtacha darajasi 14,1 foizdan 13 foizgacha pasaydi.

   Inflyatsion kutilmalarning pasayishi asosiy turdagi iste’mol narxlari o‘sishi o‘zining yuqori nuqtasidan o‘tgani, iyul oyida mavsumiy meva-sabzavotlar narxining arzonlashgani, energiya narxlari liberilizatsiyasining keyinroq muddatga qoldirilishi hamda oxirgi oylarda milliy valyuta almashuv kursining barqarorligi bilan izohlanadi.

    Aholi kelgusida narxlarga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida import tovarlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi (55 foiz), narxlarining sun’iy oshirilishi (43 foiz) hamda yoqilg‘i va energoresurslar narxlari oshishi mumkinligi (36 foiz)ni ko‘rsatgan.

   Respondentlarning 33 foizi inflyatsiyani valyuta kursining o‘zgarishi, 29 foizi ish haqi va nafaqalar oshishi, 14 foizi supermarket va bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi farqning yuqoriligi, 12 foizi uy-joy narxining oshishi va ijara to‘lovlari bilan bog‘laydi.

Joriy yilning iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, biznes sohasi vakillarining kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalari ketma-ket 2 oy pasayib, 15,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mediana qiymati 13,4 foizga teng bo‘ldi.

   Iyul oyida kelgusi 12 oyda inflyatsiya darajasini 9−12 foiz atrofida bo‘lishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi ko‘paygan.

   Biznes, aholidan farqli o‘laroq, inflyatsiyaning asosiy omili valyuta kursining o‘zgarishi deb hisoblaydi — 34% (iyun oyida 19 foiz edi).

   Tadbirkorlarning fikricha, keyingi 12 oyda narxlar oshishiga valyuta kursining o‘zgarishi (34 foiz), yoqilg‘i va enegoresurslar narxining qimmatlashishi (31 foiz) hamda import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar narxining oshishi (28 foiz) kabi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

   Transport xizmati xarajatlarining oshishi, import qilishdagi tarif va notarif cheklovlarning mavjudligi va
xorijdan xomashyo yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi o‘tgan oyga nisbatan oshgan.

   Bunda biznes vakillarining yuqoridagi omillar bo‘yicha xavotirlarining kuchayishi o‘tgan oyda benzin va dizel narxlari qimmatlashgani bilan izohlanmoqda. Shuningdek, kommunal xizmatlar qimmatlashishi hamda ish
haqi va nafaqalarning oshishining kelgusi davrda narxlarga ta’sirini kutayotganlar hissasi o‘tgan oyga nisbatan qisqargan.

  Tadbirkorlar tomonidan narxlarning o‘sishi omillari qatorida raqobat muhitining yomonlashuvi — 33% (22%), tijorat ko‘chmas mulkini ijaraga berish narxlarining oshishi — 12% (10%) ham ko‘rsatilgan.

   Odamlarning kelajakdagi inflyatsiya haqidagi taxminlari uning trayektoriyasiga ta’sir qilishi mumkin — bu iqtisodiyotda umume’tirof etilgan haqiqatdir, shuning uchun markaziy banklar pul-kredit siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilishda inflyatsiya kutilmalariga katta e’tibor berishadi. Agar tadbirkorlik subyektlari va aholi yuqori inflyatsiyani kutishsa, birinchisi narxlarni ko‘tarish ehtimoli ko‘proq, ikkinchisi esa ko‘proq ish haqini talab qiladi.

   Narxlar va ish haqining o‘sishi, o‘z navbatida, inflyatsiyani oshirishi mumkin va inflyatsiya o‘sib borayotganini ko‘rib, korxonalar narxlarda inflyatsiyaning kutilayotgan tezlashishiga ta’sir ko‘rsatadi, aholi esa ish haqini mos ravishda indeksatsiya qilishni talab qiladi. Biroq agar odamlar inflyatsiya o‘sishini vaqtinchalik deb hisoblasa, uzoq muddatli inflyatsiya kutilmalari ko‘tarilmasligi mumkin. Inflyatsiya kutilmalarining bunday mustahkamlanishi Markaziy bank siyosatiga ishonchga asoslanadi: tadbirkorlar va aholi pul-kredit siyosati inflyatsiyani maqsadli ko‘rsatkichga qaytarishiga ishonsa, ular kelajakdagi narxlarning oshishidan kamroq tashvishlanadilar.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/08/08/inflation-expectations/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 96
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech