Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Boʻyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10% gacha miqdorda subsidiya beriladi
29 Jun 2022

Boʻyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10% gacha miqdorda subsidiya beriladi

    Xorijiy brendlar va ularga tayyor mahsulot yetkazib berayotgan mahalliy korxonalarning buyurtmalariga asosan alohida avia-reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

      Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

“Oʻzbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan soʻng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar. Lekin, ochiq aytish kerak, toʻqimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti” dedi davlat rahbari.

  Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:
  1. Ispaniya, Germaniya va Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, AQShdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;
  2. xalqaro koʻrgazmalarda kamida 30 ta oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, $50 mln.dan buyurtma olishni taʼminlash topshirildi.

  Shuningdek, brendlarni jalb qilishga:

  • boʻyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10% gacha miqdorda subsidiya beriladi;
  • xorijiy brendlar va ularga tayyor mahsulot yetkazib berayotgan mahalliy korxonalarning buyurtmalariga asosan alohida avia-reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

   Shu bilan birga, brendlar uchun zarur boʻlgan furnituralarning 90%i import qilinmoqda. Shuning uchun, mutasaddilarga:

  • bir oy muddatda furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish;
  • Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida yil yakuniga qadar 4 tadan furnitura korxonalarini ishga tushirish topshirildi.

   Prezident tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning Aksessuar va furnitura ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tashkil etish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

https://www.spot.uz/oz/2022/06/28/subsidy/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 76
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech