Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Endilikda subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va taʼmirlash uchun olingan kreditlar uchun ham tatbiq etiladi
3 Dec 2021

Endilikda subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va taʼmirlash uchun olingan kreditlar uchun ham tatbiq etiladi

    Bugungi kungacha ipoteka krediti va subsidiya olishda uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bor edi. Endi bunday cheklov bo‘lmaydi.

   Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 dekabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan taʼminlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

"Joyi yoki narxi aholiga maʼqul bo‘lmagani uchun jami 255 milliard so‘mlik 950 ta xonadon sotilmasdan turibdi. Ayrim viloyatlarda yer uchastkalari o‘z vaqtida auksionga chiqarilmagani sababli uy-joylar qurilishi kechikkan. Oqibatda davlatdan maqsadli kreditlar uchun ajratilgan mablag‘ o‘zlashtirilmagan. Ko‘p viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanayotgani sifatga putur yetkazmoqda", dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

   Samarqandda yaxshi tizim yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat hokimligi loyihachi, quruvchi va bankning “boshini biriktirib”, hamyonbop uylar qurishni tashkil etgan. Shu bois subsidiyadan foydalanish ko‘rsatkichi ham, kreditlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham yuqori.

   Kelgusi yil mamlakatimizda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin xonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bunga qariyb 13 trillion so‘m maqsadli kredit va 1 trillion 300 milliard so‘m subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.

   Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Aholi va quruvchilarga yangi qulaylik va imkoniyatlar belgilandi.

   Masalan, bugungi kungacha ipoteka krediti va subsidiya olishda uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bor edi. Endi bunday cheklov bo‘lmaydi.

   Sotib olinadigan xonadonning maydoni va narxidan qatʼiy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ehtiyojmand aholi uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xil – 10 foiz etib belgilanadi. Subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va taʼmirlash uchun olingan kreditlar uchun ham tatbiq etiladi.

   Yana bir yangilik – ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafilligiga ham ruxsat beriladi.

https://review.uz/uz/post/subsidiyalar-yakka-tartibdagi-uy-joy-qurish-va-tamirlash-uchun-olingan-kre...

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 161
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech