Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Halqaro konferentsiya
10 Jun 2016
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki «Standard&Poor’s» xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda Banklar Assotsiatsiyasida O’zbekiston tijorat banklarining xalqaro reyting olishi va qayta tasdiqlanishi masalalariga bag’ishlangan navbatdagi yillik konferentsiyasi tashkil etildi.

Konferentsiyada tijorat banklari, kredit tashkilotlari bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro va mahalliy auditorlik kompaniyalarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Konferentsiya davomida «Standard&Poor’s» xalqaro reyting agentligi tahlilchilari suveren kredit reytingini yuqori ko’tarishning istiqbollari, xalqaro banklarning kreditlashdagi asosiy shartlari, shuningdek, bank tizimining iqtisodiy va sohaviy tavakkalchiliklarga ta’siri masalalariga bag’ishlangan taqdimotlari namoyish etildi.

Bundan tashqari, ekspertlar bank tizimining O’zbekiston iqtisodini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida o’z baholarini bildirdilar va yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlari banklarning iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini oshirishi bilan bog’liqligini qayd etdilar.

«Standard&Poor’s» xalqaro reyting agentligi ekspertlarining fikricha, bank tizimining barqaror resurs bazasi va bank nazoratining samaradorligi iqtisodiy o’sishning ijobiy omillari bo’lib qolmoqda.

MDHga a’zo ba’zi mamlakatlar reyting ko’rsatkichlarining pasayishi fonida O’zbekiston bank tizimining iqtisodiy tavakkalchilikka ta’sirchanligi “barqaror” baholanmoqda. Bank tizimining ko’rsatkichlari yuqori darajada saqlanib, ayrim me’yorlar bo’yicha xalqaro standartlardan yuqori bo’lib qolmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda respublikamizdagi barcha tijorat banklari xalqaro reyting agentliklarining ijobiy bahosini olishga erishgan.

Ekspertlar mamlakatimiz Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ularning korporativ boshqaruvdagi ishtirokini faollashtirish, tijorat banklarining ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini sotish hisobiga davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga sharoit yaratishini ham qayd etib o’tdilar.

SHuningdek, bank tizimidagi izchil islohotlar va Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan samarali bank nazorati, jumladan, aktivlar sifati ustidan monitoring o’rnatilishi, kredit portfelini diversifikatsiyalash, kapital etarliligi va lividlik ko’rsatkichlari mamlakatimiz tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishiga zarur sharoit yaratayotganligi ta’kidlandi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 11
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
8182.73 -5.60
EUR
Yevro
10158.86 +101.13
RUB
Rossiya rubli
145.10 +4.14
GBP
Angliya funt sterlingi
11482.01 +132.98
20.02.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech