Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi
16 Sep 2022

Issiqxonalar uchun beriladigankredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

      O‘zbekistondagi mavjud muammoli issiqxona ho‘jaliklari faoliyati joylarga chiqqan holda o‘rganiladi. Shunga ko‘ra, ular istiqbolli va istiqbolsiz toifalarga ajratiladi.

      Bu Shavkat Mirziyoyevning 30 avgustdagi «O‘zbekiston respublikasi prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi «Ochiq muloqoti»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi [PQ-364-son] qarorida aks etgan.

     Hujjat bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq, Buxoro tajribasi asosida:

Istiqbolli loyihalar bo‘yicha:

  • mavjud va kelgusida beriladigan kredit muddatlarini 5 — 7 yildan 10 — 13 yilgacha uzaytirish;
  • tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;

   Istiqbolsiz loyihalarni aniqlash va ularni yangi tashabbuskorlarga berish masalalarini o‘rganish rejalashtirilgan.

   Ushbu vazifalardan kelib chiqib, 2022 yil oktabr oyida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlanadi. Mazkur vazifaga VM, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Markaziy bank asosiy ijrochi sifatida qayd etilgan.

   Eslatib o‘tamiz, 2020 yil Chortoq tumanida adirlikda tashkil etilgan 1000 ta issiqxonaning 95 foizi yaroqsiz holda ekani aniqlandi. 6,7 mlrd so‘m subsidiya va 6,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan issiqxona tumandagi 1000 ta kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlashi kerak edi. 2020 yilning iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida mazkur loyiha bilan shaxsan tanishgandi.

    2021 yilning noyabr oyida O‘zbekistonning global isishga qarshi kurashdagi hissasi ortadi: mamlakat 2030 yilgacha issiqxona chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sezilarli darajada oshirgani haqida yozgandik.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/09/15/greenhouse/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 101
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech