Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Jismoniy shaxslarning banklardan valyuta sotib olish hajmi 64% ga oshdi
16 May 2022

Jismoniy shaxslarning banklardan valyuta sotib olish hajmi 64% ga oshdi

Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami $2,23 mlrd miqdorida valyuta sotildi.
   Markaziy bank jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalariga doir infografika eʼlon qildi.

   Unda qayd etilishicha, 2022-yil yanvar-aprel oylarida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari $2,54 mlrd.ni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 27% ga ($548 mln) oshdi.

   Shuningdek, mazkur davr oraligʻida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami $3,27 mlrd miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 53% ($1,1 mlrd) koʻp xorijiy valyuta sotib olindi.

   Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami $2,23 mlrd miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 64% ga ($872 mln) koʻp xorijiy valyuta sotildi.

https://www.spot.uz/oz/2022/05/13/currency/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 76
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech