Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Dec 2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga chet el valyutasini tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalariga erkin sotish va konversion bo‘limlaridan sotib olish va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatish huquqi berildi.
Milliy valyutaning yagona to‘lov vositasi sifatidagi mavqeini mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar (ishlar) uchun chet el valyutasida to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlandi.
Mamlakat hududidagi barcha to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi lozimligini inobatga olib hamda noqonuniy va spekulyativ operatsiyalarni oldini olish maqsadida ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan valyutani qonuniy ravishda erkin xarid qilish imkonini beruvchi chet el valyutasini sotib olish tartibi joriy etildi.
Chet el valyutasi oldi-sotdisi bo‘yicha bank xizmatlarining ommabopligini ta’minlash uchun Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

/ Manba: Markaziy bank matbuot markazi / Ko'rishlar: 1432
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

Section is not found



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech