Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
5 Aug 2021
Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda

     Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari koʻrib chiqishdi. Yaqin kelajakda Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmi 1 milliard dollarga yetkazilishi kutilmoqda.

    Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralari davomida maʼlum boʻldi.

    Turkmanboshi shahrida shahridagi uchrashuv chogʻida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

    Koʻp qirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi. Oʻzaro savdoni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaxshilash, shu jumladan, mavjud tarif va notarif toʻsiqlarni izchil bekor qilish hamda ikki mamlakat bozorlariga Oʻzbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqilgan tovarlarning kirishini soddalashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni birga boshlashga kelishildi.

    “Ikki mamlakat iqtisodiyotlarining mavjud salohiyatini inobatga olgan holda ushbu chora-tadbirlar yaqin kelajakda Oʻzbekiston – Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkonini berishi bashorat qilinmoqda”, - deyilgan xabarda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari koʻrib chiqildi. Taʼkidlanishicha, bu ikki tomonlama savdo rivojiga qoʻshimcha turtki beradi, jumladan, qishloq xoʻjaligi va maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, shuningdek, neft-kimyo mahsulotlarini oʻzaro yetkazib berishni oshiradi.

https://oz.sputniknews-uz.com/20210804/ozbekiston-va-turkmaniston-savdo-aylanmasi-hajmini-1-mlrd--ga...

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 68
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech