Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Oʻzbekistondagi banklar faollik indeksi
5 Jul 2022

Oʻzbekistondagi banklar faollik indeksi yangilandi. “Kapitalbank” birinchi oʻrinni saqlab qoldi

2022-yil 1-iyun holatiga respublika bank tizimi aktivlari 493,7 trln soʻmni, kreditlar hajmi esa 345,2 trln soʻmni tashkil etdi.

Foto: “Kapitalbank” matbuot xizmati

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning 31 ta tijorat banki uchun “Bank faollik indeksi"ni yangiladi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-iyun holatiga koʻra:

·        respublika bank tizimi aktivlari 493,7 trln soʻmni (2021-yil 1-iyun holatiga nisbatan oʻsish 25%);

·        majburiyatlar — 420,2 trln soʻmni (oʻsish 26%);

·        kreditlar — 345,2 trln soʻmni (oʻsish 15,9%);

·        depozitlar -173,9 trln soʻmni (oʻsish 37,8%) tashkil etdi.

Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga boʻlingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.

17 ta yirik banklar uchun tuzilgan reytingda “Kapital bank” yuqori oʻrinni egallab, peshqadamlikni davom ettirmoqda.

“Trast bank” reytingning ikkinchi pogʻonasini egallab, oʻzining yetakchi oʻrnini saqlab qoldi. “Hamkor bank” esa 1 pogʻonaga koʻtarilib, kuchli uchlikni yopdi. “Ipoteka bank” umumiy reytingda 3-oʻrindan 5-oʻringa tushdi. Bankning moliyaviy vositachilik boʻyicha reytingi muddatli depozitlarning kreditlariga nisbatini yanada oshirish, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablagʻlar hamda Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari boʻyicha koʻrsatkichlarini yaxshilash lozimligini koʻrsatmoqda.

“Milliy bank” umumiy reytingda 4 pogʻonaga (12 oʻrin) yuqoriladi. Bankning boshqaruv samaradorligi va likvidlilik boʻyicha ijobiy natijalar qayd kuzatildi. “Mikrokreditbank” umumiy reytingda 2 pogʻonaga koʻtarilib, 10-oʻrinni egalladi. Bunga bankning moliyaviy vositachilik (10-oʻrin) va aktivlar sifati (11-oʻrin) koʻrsatkichlari boʻyicha sezilarli ijobiy oʻzgarishlar sabab boʻldi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” umumiy reytingda 4 pogʻona yoʻqotib, 10-oʻrindan 14-oʻringa tushib ketdi. Bunga sabab bankning aktivlari sifati, boshqaruv samaradorligi va likvidlilik koʻrsatkichlaridagi oʻzgarishlar sabab boʻlgan. Xususan, muammoli kreditlar hajmi oshdi va yuqori likvidli aktivlari jami aktivlariga nisbati kamaydi.

Oʻzbekistondagi 14 ta kichik banklar orasida “Universalbank” ikkinchi chorakda eng faol boʻldi va bu oʻz mavqeyini birdaniga 3 ballga yaxshiladi. Shu bilan birga, “Davr bank” oʻzining yetakchi pozitsiyalarini saqlab qolgan holda kichik banklar kategoriyasida reytingning yetakchisi boʻlib qolmoqda.

“TBC bank” umumiy reytingda uch pogʻona yoʻqotdi va reytingning oltinchi pogʻonasidan toʻqqizinchi pogʻonasiga tushib ketdi.

https://www.spot.uz/oz/2022/07/04/banks/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 79
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech