Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekistondagi iste’mol kreditlari. Sentabr 2022
19 Sep 2022

O‘zbekistondagi iste’mol kreditlari. Sentabr 2022

   Kreditning maksimal miqdori 150 mln so‘mni, minimal foiz stavkasi 23%ni tashkil qiladi.

   O‘zbekistonda iste’mol kreditlarini mavjud 33 ta bankning 17 tasidan olish mumkin.

Kredit foiz stavkalari 23,5% dan 37,99%gacha bo‘lib, 1 yildan 4 yilgacha beriladi.

150 mlngacha boʻlgan maksimal kredit miqdori “Asia Alliance Bank”, “Ziraat Bank Uzbekistan” va “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan taklif etiladi.

   Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
  • mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
  • davolanish, o‘qish yoki sayohat qilish uchun to‘lov;
  • bazmlarni o‘tkazish (to‘y, yubileylar);
  • uy ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.

   Kredit sharti shuki, sotib olingan mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak. Biroq yaqinda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan iste’mol kreditlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi.

   Agar hujjat qabul qilinadigan bo‘lsa, aholi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan texnikaga ham iste’mol krediti olishi mumkin bo‘ladi.

   Kerakli hujjatlar

  • kredit olish uchun ariza;
  • qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • kamida uch oylik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
  • tovar va xizmatlarni sotib olish yuzasidan shartnoma;
  • garov (kredit miqdoriga qarab, bu transport vositasi, koʻchmas mulk yoki uchinchi tomon kafolati boʻlishi mumkin).

Bank nomi
Kredit foizi
Maksimal kredit miqdori (so‘m)
Kredit muddati
“Aloqabank”
32%
Kredit oluvchining daromadini hisobga olgan holda
3 yilgacha
“Asia Alliance Bank”
26%
150 mlngacha
1 yilgacha
28%
3 yilgacha
“Garant bank”
27% 60−90 mln 1 yildan 2 yilgacha
“Hamkorbank”
27,99%
50 mlngacha
1 yil
33% 2 yil
36 3 yil
“Infinbank”
37,99%
30 mln 18 oy
“Ipak yuli bank”
26,9%
80 mlngacha
3 yilgacha
“Ipoteka bank”
24%
45 mlngacha
4 yilgacha
“MK Bank”
27%
80 mlngacha
4 yilgacha
“Milliy bank”
25%
60 mlngacha
1 yilgacha
26%
2 yilgacha
27%
3 yilgacha
“Orient Finans bank”
29%
50 mln
3 yilgacha
“Poytaxt bank”
27%
50 mln
2 yilgacha
“Sanoatqurilishbank”
25%
150 mlngacha 1 yil
26% 2 yil
27% 3 yil
“Saderat Bank”
23−26%
50 mlngacha
3 yil
“Тrastbank”
25%
30 mln
1 yilgacha
27%
60 mln
2 yilgacha
“Тuronbank”
29%
90 mln
1 yildan 3 yilgacha
“Universalbank”
34%
50 mlngacha
3 yil
“Ziraat Bank Uzbekistan”
23,5%
150 mlngacha
1 yil
24,5%
2 yil
25,5%
3 yil

https://www.spot.uz/oz/2022/09/17/consumer-credits/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 119
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech