Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Mar 2017
Markaziy bank va O’zbekiston banklar Assotsiatsiyasi banklararo chakana to’lov tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatishda “so’m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim o’zgarish va qo’shimchalar kiritdi.

Ushbu o’zgarish va qo’shimchalar mamlakatimiz Prezidentining “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori doirasida qabul qilindi. Joriy yilning 15 martidan kuchga kiradigan tarif rejasiga ko’ra, юridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to’lov terminallari uchun to’laydigan ijara haqi 50 foizga qisqartirilmoqda. Endilikda юridik shaxslarga o’zlari foydalanayotgan to’lov terminallari uchun ijara haqi 5 evrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 evrogacha etib belgilandi.

Ilgari tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag’idagi qoldiq mablag’larga hisoblanadigan foizlar Respublika Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo’lmagan miqdorda belgilangan edi. Yangi tartibga ko’ra, plastik kartochkadagi qoldiq mablag’larni kapitallashtirish tijorat banklari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari ko’rib borilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli iste’mol kreditlari berishni (overdraft) yo’lga qo’yish bo’yicha tartib ishlab chiqilmoqda. Bu sira kreditlarga foiz stavkalarini har bir tijorat banki o’zining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.
Tijorat banklari savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yo’naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag’batlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 169
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7790.20 +7.15
EUR
EVRO
8888.62 -114.03
RUB
Rossiya rubli
115.07 -7.89
GBP
Angliya funt sterlingi
9945.75 -176.11
14.08.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech