Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Jun 2016
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-sonli «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag’batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, YAgona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) tomonidan POS-terminallar va infokiosklar uchun to’lovlar ijrosini tezlashtirish imkonini beruvchi yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. SHuni ta’kidlash lozimki, shu kunga qadar mamlakatimizda POS-terminallar va infokiosklar uchun xorijiy kompaniyalarda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot ishlatilib, bu esa o’z navbatida katta moddiy xarajatlarni talab qilar edi. Maxalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturiy ta’minot PCI-DSS xavfsizlik standarti talablariga javob beradi.

Ushbu dasturiy ta’minot «O’zkart» Banklararo to’lov tizimi (BTT) ishtirokchilari bo’lgan banklar uchun to’lovlarni amalga oshirishni tezlashtirish, yangi bank xizmatlarini joriy etish va to’lov tizimi doriasida xavfsizlik darajasini oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda YAUPM tomonidan yangi dasturiy ta’minotni savdo va xizmat ko’rsatish korxonalarida, shuningdek, Toshkent shaxridagi naqd pul berish nuqtalari va kommunal to’lovlarni qabul qilish kassalarida sinov ishlari muvaffaqiyatli o’tkazildi, hamda «O’zkart» BTT bank-ishtirokchilari tomonidan uni amaliyotda qo’llash ishlari boshlandi

Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha savdo va xizmat ko’rsatish korxonalariga POS-terminallarni yangi dasturiy ta’minotga o’zgartirish va undan foydalanishni tavsiya qiladi va bu «O’zkart» BTT bank-ishtirokchilaridan xech qanday xarajatlarni talab qilmaydi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 7
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
8182.73 -5.60
EUR
Yevro
10158.86 +101.13
RUB
Rossiya rubli
145.10 +4.14
GBP
Angliya funt sterlingi
11482.01 +132.98
20.02.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech