Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari davom etmoqda.
5 Aug 2021
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari davom etmoqda.
   Stansiya joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

   Maʼlumki, Prezidentimizning “Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 13 maydagi qaroriga asosan Fransiyaning “Total Eren S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

   Hozirda kirish yo‘llarini qurish, yer maydonini tekislash va to‘siqlar bilan o‘rab chiqish ishlari yakunlangan. Shuningdek, respublikaga loyiha doirasida ishlatiladigan uskunalar olib kelinmoqda. Ayni damga qadar 50 ta konteyner olib kelingan va 200 dan ortiq ishchilar jalb qilingan.

   Mazkur investitsiya loyihasi doirasida barpo etilayotgan elektr stansiyasining umumiy yer maydoni 353 gektarni, loyihaning umumiy qiymati esa 100 million AQSH dollarini tashkil etadi va investor (Fransiyaning “Total Eren SA”) tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi.

https://uzdaily.uz/ru/post/62728



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 38
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech