Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
So‘mdagi muddatli depozitlarning foiz stavkalari sezilarli pasaydi
30 Nov 2022

So‘mdagi muddatli depozitlarning foiz stavkalari sezilarli pasaydi

    Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari 20,7%ni, yuridik shaxslarniki esa 16,7%ni tashkil etgan.

    Markaziy bank joriy yilning noyabr holatiga milliy valyutadagi bank depozitlarining foiz stavkalari bo‘yicha statistikani taqdim etdi.

     Unga ko‘ra, bir yilgacha bo‘lgan jami muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari oktabr oyiga nisbatan sezilarli pasayib, 18,2%ni tashkil etdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 15,2%ni tashkil etgandi.

Shuningdek, bir yildan yuqori bo‘lgan jami muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalarida yil boshiga (18,4) hamda o‘tgan oktabr holatiga (18,7%) nisbatan o‘sish qayd etildi — 19,3%.

   O‘tgan yilning mos davrida bir yildan yuqori bo‘lgan muddatli depozitlarning tortilgan foiz stavkasi 17,6%ni tashkil etgan.

   Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 20,7%ni, yuridik shaxslarniki esa 16,7%ni tashkil etgan.

   Yuridik shaxslarning depozitlarida foiz stavkalari o‘tgan oyga nisbatan 0,4%ga oshgan (16,3%) bo‘lsa, jismoniy shaxslarda 0,1%ga ortgan (20,6%).

   Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalarida ham oldingi ko‘rsatkichga nisbatan o‘zgarish bor.

   Xususan, bir yilgacha bo‘lgan jami muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi o‘tgan oyga bisbatan 0,1%ga pasayib, 3,7%ni tashkil etgan bo‘lsa, bir yildan yuqori muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 0,1%ga ko‘tarilib, 3,8%ni tashkil etgan.

    Jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari yuridik shaxslarniki (3,3%)ga nisbatan yuqori — 3,9%.



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 87
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech