Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin
18 Oct 2021

Tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin

   Prezident 14 oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzolandi.

   Hujjat bilan Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

   Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i mustasno). Bu Soliq kodeksning 99-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishda o‘z aksini topgan.

  Shuningdek, 100-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.

  Bundan tashqari, soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Bu boradagi o‘zgartishlar esa kodeksning 378-moddasiga kiritildi. Eslatib o‘tamiz, ilgari ushbu imtiyoz faqat OTMlar bo‘yicha tatbiq etilgan.

https://review.uz/uz/post/tadbirkorlar-aylanmadan-olinadigan-soliqlarni-bolib-bolib-tolashlari-mumki...

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 60
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech