“Texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi. ”

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.“Texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi. ”
Unda bugungi kunda klaster, fermer va dehqonlarning 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talabi mavjudligi qayd etildi.
Shu bois, 1 apreldan:
- mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);
- import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi, ular bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib (9 oy davomida) to‘lashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);
- texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida mutasaddilarga dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
83