Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — PMTIРас

Tahlil natijalariga ko‘ra, mart oyida xonadonlar uchun ijara narxlari fevral oyiga nisbatan 2%ga pasaygan.Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — PMTI
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Toshkent shahrida mart oyida xonadonlar uchun ijara narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.
Ma’lumki, o‘tgan yili xonadonlar uchun ijara narxlari o‘sa boshlangan va oktabr oyiga kelib, o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, so‘ngra pasaya boshlagandi.
OLX.uz ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, o‘shanda shahar bo‘yicha o‘rtacha ta’mirlangan xonadon uchun ijara narxi $526ga chiqqandi.
Joriy yilning mart oyida ijara uchun o‘rtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2%ga pasaygan va $411ni tashkil etgan.
O‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi $340dan (Sergeli), $460gacha (Yakkasaroy) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha $411ni tashkil etgan.
3 xonali uylar uchun esa narxlar $380dan (Sergeli) $600gacha (Mirobod) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o’rtacha $480 AQSh dollarini tashkil etgan.
Ta’mirlangan 1 xonali uy uchun o‘rtacha ijara narxi $320, 4 xonali uy uchun $600, 5 xonali uy uchun esa $660ni tashkil etgan.
https://www.spot.uz/oz/2023/03/31/mart-ijara-narxlari/