Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Toshkentda SHHT II Iqtisodiy forumi boʻlib oʻtadi
12 Aug 2022

Toshkentda SHHT II Iqtisodiy forumi boʻlib oʻtadi

    Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining oʻzaro hamkorligini oʻrnatishga xizmat qilishi kutilmoqda.

   16-17 avgust kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) II Iqtisodiy forum oʻtkaziladi. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

   Taʼkidlanishicha, tadbirning asosiy maqsadi tomonlarning eʼtiborini oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollariga qaratish, SHHT makonidagi aloqalarni kengaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

   Forum doirasida yalpi majlis, panel munozaralari, ikki tomonlama uchrashuvlar, B2B muzokaralar oʻtkaziladi. Uning kun tartibi raqamli iqtisodiyot, "yashil" texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy, sanoat hamkorligini kengaytirish va oʻzaro munosabatlarning boshqa ustuvor yoʻnalishlarining salohiyatini ochib berishga qaratilgan.

   SHHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining oʻzaro hamkorligini oʻrnatish hamda SHHT makoni hududlariga investorlarni jalb qilish uchun samarali platformaga aylanishi kutilmoqda.

   Birinchi bunday forum 2021 yilning iyun oyida Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan edi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 87
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech