Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Jun 2016
Toshkentda bo'lib o'tadigan SHHTga a'zo-davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi yig'ilishi arafasida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Milliy bank hamkorligida O'zbekistonda “UnionPay» xalqaro kartalari ekvayringi loyihasini ochilishiga bag`ishlangan anjuman bo'lib o'tdi.

O'zbekiston banklar Assotsiatsiyasida o'tkazilgan tadbirda China UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidagi UnionPay International delegatsiyasi, O'zbekiston Markaziy banki, O`zbekiston banklari Assotsiyatsiyasi, Yagona umumrespublika protsessing markazi, tijorat banklari, turistik kompaniya va agentliklari vakillari ishtirok etdi. Tadbirninig bosh mavzusi sifatida, “UnionPay” kartalariga “Uzkart” Banklararo to'lov tizimi terminallari tarmog'ida hizmat ko`rsatish masalasi bo`ldi.

Tadbir davomida loyihani amalga oshirilishi 190 mingdan ziyod savdo va hizmat ko`rsatish shahobchalaridan iborat bo`lgan “Uzkard” chakana to`lov tizimining keng tarmog`ida UnionPay kartalarini ishlatish imkonoyatini yaratilgani alohida ta`kidlandi. Shu bilan bir qatorda loyiha tadqimoti davomida "Uzcard" bazasida protsessing markazi uchun zamonaviy va ushbu sohaning talablariga to`liq javob beradigan texnologik platforma tashkil qilinganligiga alohida e`tibor qaratildi. Protsessing tizimi PCI-DSS sertifikatini qo'lga kiritgan bo`lib, u kelgusida boshqa halqaro to'lov tizimlariga integratsiyalashish imkonini beradi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, hozirda respublikamiz tijorat banklari tomonidan 17 mln. dan ziyod plastik kartalar muomalaga chiqrailgan bo`lib shundan 9,5 mln. onlayn rejimida faoliyat ko`rsatadigan plastik kartalarni tashkil etadi.

Marosimda O'zbekistonning bir qator banklari hozirgi vaqtning o`zida “UnionPay International” xalqaro to'lov tizimining a'zosi ekanligi va ushbu loyihani joriy etilishi "Uzcard" chakana to`lov tizimi va “UnionPay International” o`rtasida o`zaro hamkorlik va faoliyat yuritish bo`yicha muhim strategik qadam ekanligiga alohida urg`u berildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 45
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
7997.95 -27.88
EUR
Yevro
9396.79 -200.50
RUB
Rossiya rubli
128.37 -1.26
GBP
Angliya funt sterlingi
10743.65 -141.78
22.05.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech